Afgʻon urushi (1979—1989)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Afgʻon urushi (1979—1989)
Mortar attack on Shigal Tarna garrison, Kunar Province, 87.jpg
Sanalar 1979-1989-yillar
Urush yeri Afgʻoniston
Natija
Tomonlar
SSSR bayrogʻi SSSR , Afgʻoniston bayrogʻi Afgʻoniston Sunni Mujahideen:

Supported by:
Andoza:Pak[1]
AQSH bayrogʻi AQSH [2][3][4][5]
 United Kingdom[4][6][7]
 China[8]
 Saudi Arabia[3][4][9][10]---- Shia Mujahedeen:

Supported by:
Eron bayrogʻi Eron [1]

Qoʻmondonlar
Andoza:Country data Soviet Union Leonid Brezhnev
Andoza:Country data Soviet Union Yuri Andropov
Andoza:Country data Soviet Union Konstantin Chernenko
Andoza:Country data Soviet Union Mikhail Gorbachev
Andoza:Country data Soviet Union Dmitriy Ustinov
Andoza:Country data Soviet Union Sergei Sokolov
Andoza:Country data Soviet Union Dmitriy Yazov
Andoza:Country data Soviet Union Valentin Varennikov
Andoza:Country data Soviet Union Igor Rodionov
Andoza:Country data Soviet Union Boris Gromov
Andoza:Afg Babrak Karmal
Afgʻoniston bayrogʻi Afgʻoniston Mohammad Najibullah
Andoza:Afg Abdul Rashid Dostum
Andoza:Afg Abdul Qadir Dagarwal
Andoza:Afg Shahnawaz Tanai
Andoza:Afg Mohammed Rafie
Ahmad Shah Massoud
Abdul Haq
Abdullah Azzam
Ismail Khan
Gulbuddin Hekmatyar
Jalaluddin Haqqani
Mullah Naqib
Abdul Rahim Wardak
Fazal Haq Mujahid
Burhanuddin Rabbani

Muhammad Asif Muhsini
Assef Kandahari
Sayeed Ali Begeshti
Mosbah Sade

Qurbonlar
14,453* 9,500 killed in combat[11]
  • 4,000 died from wounds[11]
  • 1,000 died from disease and accidents[11]

53,753 Wounded[11]

265 Missing[12]

18,000 killed[13]

Afgʻon urushi 1979-yil 25-dekabr-1989-yil 15-fevral oraligʻida boʻlib oʻtgan.

Mujohidlar islom bayrogʻi ostida goʻyoki kofirlarga qarshi kurashayapmiz deb islomiy shiorlarni bayroq qilgan boʻlsalar-da, ular AQSh va Buyuk Britaniyadan qurol-yarogʻ olishgan. Mujohidlarning spetsnazlari AQSh va Buyuk Britaniya harbiylari ustozligida Pokiston va Shotlandiyadagi maxfiy lagerlarda harbiy amaliyotni oʻtashgan. Ularga sovet harbiy kolonnalariga hujum qilish, harbiy bazalarni portlatish, samolyot va vertolyotlarni urib tushirish oʻrgatilgan hamda Amerika-Angliya razvedkasining sovet armiyasi harakati, joylashuvi, planlari haqidagi maʼlumotlari mujohidlarga etkazib turilgan, mina, granatomyot, raketalar bilan taʼminlangan. 1983-yil 5-mayda Moskvaning tazyiqi ostida AQSh davlat departamenti mujohidlarning homiysi ekanini rasmiy ravishda tan oldi.

Sovet-Afgʻon urushi davrida mujohidlar biror marta ham yirik harbiy operatsiya oʻtkazolmadi, hech qaysi shaharni bosib ololmadi. Ular kichik toʻdalarga boʻlinib, pistirma qoʻyish, qoʻporuvchilik qilish kabi usullar bilan jang olib borishgan. Sovet armiyasi Afgʻonistonni tark etgach, mujohidlar ancha erkin harakat qilishga oʻtishdi. Ular 1989-yilning oʻzida 250 marta SSSR chegarachilariga qurolli hujum uyushtirishdi. Pokiston va Shotlandiyada harbiy tayyorgarlikdan oʻtgan mujohid-diversantlar kechasi chegaradan yashirincha SSSRga oʻtib, yoʻllarni minalashtirishdi. 1990-yilgacha 17 ta mina sapyorlar tomonidan zararsizlantirilgan. Bu minalar AQSh, Angliya va Italiyada ishlab chiqarilgan edi.

Afgʻon urushida Afgʻoniston hukumati va sovet armiyasiga qarshi urishayotgan mujohidlar „Afgʻoniston islom jamoati“ga birlashtirilgan edi. Jangarilar safida faqat afgʻonlar emas, Pokiston, Eron, Saudiya Arabistoni kabi mamlakatlardan kelgan jihodchi-jangarilar ham bor edi. Ular jami 250 mingta jangaridan iborat boʻlib, hech qachon ikki mingtadan koʻpi bir joyga toʻplanmagan, doimo togʻlarda guruh-guruh boʻlib, tarqoq yurishgan. Ularga koʻplab xalqaro islomiy tashkilotlar ham moddiy yordam berib turishgan. Ularning orasida eng katta kuchga ega tashkilot, bu Pokistondagi „Maktab al-xidamat“ tashkiloti edi. Bu tashkilot AQShdan millionlab dollar mablagʻ va qurol-yarogʻ olib turardi. „Maktab al-xidamat“ning rahbarlari Abdulla Aʼzam va Usama ben Laden edi. Afgʻoniston urushida arab jangarilari katta rol oʻynadi. Ularning koʻpchiligi Usama ben Ladenga boʻysunardi.

Sovet armiyasidan soʻng[tahrir]

Sovet armiyasi ketgach, Usama Ben Laden yangi tashkilot tuzib, uni „Al-Qoida“ deb atadi. 1989 yilda Abdulla Aʼzam oʻldirilgach, „Maktab al-xidamat“ning koʻplab jangarilari ham „Al-Qoida“ tarkibiga oʻtib ketdi va shu tariqa Peshovarda yirik terrorchilik tashkiloti yuzaga keldi. Ular endi oʻz homiysiga, yaʼni AQShga qarshi kurasha boshladilar. 1998 yilda Keniya va Tanzaniyada AQSh elchixonalari portlatib yuborilgach, „Al-Qoida“ dunyodagi nomer-1 terrorchi tashkilot deb eʼlon qilindi. Keyinchalik „Al-Qoida“ kamikadzelari 2001 yil 11 sentyabrda Nyu-Yorkdagi osmonoʻpar egizak binolarni „Boing“ samolyotlari vositasida kunpayakun etishdi… Shu tariqa Afgʻon urushi millionlab odamlarning yostigʻini quritgan, yirik terrorchilik tashkilotlariga doya boʻlgan urush boʻlib tarixda qoldi. Xorij ommaviy-axborot vositalari „musulmon“, „islom“ soʻzlarini „terror“ soʻzi bilan shu qadar koʻp tilga olishdiki, dunyoning koʻplab mamlakatlarida musulmonlarga munosabat keskin oʻzgardi. Albatta, bunda „Al-Qoida“ kabi terrorchilik tashkilotlari bilan birga xorij OAVining „xizmat“lari katta.

Halok boʻlganlar[tahrir]

1988-yil Afgʻoniston prezidenti Najibullo bergan statistikaga koʻra urushda 243 ming 900 nafar odam vafot etgan. Shundan 35 ming 700 nafari ayol, 20 ming 700 nafari yosh bola. Qolganlari harbiy xizmatchilar va fuqaro erkaklar. 77 ming kishi esa yaralangan yoki nogiron boʻlgan.

AQSh manbalarida esa Sovet-Afgʻon urushida bir million odam halok boʻlgani keltiradi. Ahmad Shoh Masʼud esa bir yarim million odam halok boʻlgani, besh million odam mamlakatdan qochib chiqib ketgani haqida maʼlumot bergan. Biroq hozirda Afgʻoniston hukumati oʻn yillik urushda 330 ming afgʻon halok boʻlganini aytmoqda.

Oʻn yillik urushda sobiq Ittifoq armiyasidan 14 ming 427 askar va ofitserlar, KGBning 576 ta xodimi, ichki ishlar Vazirligining 28 xodimi, oʻsha paytda SSSR chegarasida turgan 514 ta chegarachi halok boʻldi. 416 ming kishi esa kasallik (kontuziya, asab va b.) orttirib olishdi.

Afgʻon urushida ishtirok etgan sovet armiyasi 650 ming harbiy xizmatchidan iborat edi. Eng koʻp halok boʻlish 1984 yilga toʻgʻri keldi. Oʻsha yilning oʻzida sovet armiyasidan 2 ming 343 ta askar va ofitserlar oʻldirildi. Sovet armiyasidan jami 417 ta harbiy xizmatchi asirga tushdi yoki bedarak yoʻqoldi. Shundan 130 tasi urush vaqtida asirlikdan ozod qilindi. Asirlarni ozod qilishda AQSh ham ishtirok etdi. Taxminan 30 kishi asirlikdan keyin SSSRga qaytmay, Yevropa va Amerikada yashashga qaror qildi. Shulardan uch kishi keyinchalik vataniga qaytdi. Sovet-Afgʻon urushida jami 1066 oʻzbek halok boʻldi. Shuningdek, ruslardan 6888 ta, ukrainlardan 2378 ta, beloruslardan 723 ta, tatarlardan 442 ta, qozoqlardan 362 ta, turkmanlardan 263 ta, tojiklardan 236 ta, qirgʻizlardan 102 ta, qoraqalpoqlardan 5 ta, chechenlardan 35 ta, yahudiylardan 7 ta, ozarbayjonlardan 195 ta, armanlardan 95 ta va boshqa millat vakillaridan yuzlab yigitlar hayotdan bevaqt koʻz yumishdi. Shulardan 8655 tasi 20 yoshda, 3557 tasi 25 yoshgacha, qolganlari esa 25 yoshdan kattalar edi. Urushda sovet armiyasining yuqori lavozimdagi beshta generali oʻldi: uchtasining vertolyotini mujohidlar urib tushirishgan boʻlsa, biri sirli ravishda toʻsatdan vafot etdi, yana biri ogʻir xastalikka uchrab, Kobul shifoxonasida hayotdan koʻz yumdi. Mujohidlarga qarshi urushda SSSR Afgʻoniston hukumatiga har yili 800 million dollar berib turgan. Shu bilan birga mujohidlarga qarshi kurashayotgan Afgʻonistondagi oʻz armiyasi uchun SSSR har yili 3 milliard dollar sarflagan.

Qurol-aslahalar[tahrir]

Urushda Afgʻonistonning 362 ta tanki, 804 ta bronatransportyori, 120 ta samolyoti, 169 ta vertolyoti mujohidlar tomonidan yoʻq qilindi. Shuningdek, mujohidlar SSSRning 147 tankini, 1 ming 314 ta bronamashinasi (BTR, BMP va h.)ni, 510 ta injenerlik mashinasini, 11 ming 369 ta yuk va benzovoz mashinalarini, 433 ta artilleriya texnikasini, 118 ta samolyotini, 333 ta vertolyotini yakson etishdi.

Manbalar[tahrir]

  1. 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 Goodson, P. L. Afghanistanʼs Endless War: State Failure, Regional Politics, and the Rise of …. pp. 147, 165. [1]
  2. Cite error: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named Oily
  3. 3,0 3,1 Cite error: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named Brzezinski
  4. 4,0 4,1 4,2 Cite error: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named Wilson
  5. "Reagan Doctrine, 1985," United States State Department. State.gov. Asl nusxadan arxivlandi (2007-05-10). 2011-02-20.
  6. Interview with Dr. Zbigniew Brzezinski — (June 13, 1997). Part 2. Episode 17. Good Guys, Bad Guys. June 13, 1997.
  7. Corera, Gordon (2011). MI6: Life and Death in the British Secret Service. London: Phoenix. ISBN 978-0753828335. 
  8. Shichor. pp157-158
  9. Crile, George (2003). Charlie Wilson's War: The Extraordinary Story of the Largest Covert Operation in History. Atlantic Monthly Press. ISBN 0-87113-854-9. 
  10. Saudi Arabia and the Future of Afghanistan
  11. 11,0 11,1 11,2 11,3 Cite error: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named vfw.org
  12. Associated Press (October 15, 2012). Russia asks Afghanistan for help with over 200 Soviet troops missing since war in 1980s. 10 July 2013.
  13. David C. Isby (1986-06-15). Russia's War in Afghanistan. Books.google.es. ISBN 9780850456912. February 15, 2012 da qaraldi.