Litiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Lítiy / Lithium (Li)
Atom raqami 3
Koʻrinishi Yumshoq oqish-kumush rang
metall
Atom xossasi
Atom massasi
(molyar massasi)
6,941 m. a. b. (g/mol)
Atom radiusi 155 pm
Ionlashish energiyasi
(birinchi elektron)
519,9(5,39) kJ/mol (eV)
Elektron konfiguratsiyasi [He] 2s1
Kimyoviy xossalari
Kovalentlik radiusi 163 pm
Ion radiusi 68 (+1e) pm
Elektrmanfiylik
(poling boʻyicha)
0,98
Elektrod potensiali -3,06 В
Oksidlanish darajasi 1
Termodinamik xossalari
Zichlik 0,534 g/sm³
Solishtirma issiqlik sigʻimi 3,489 J/(K·mol)
Issiqlik oʻtkazuvchanlik 84,8 Vt/(m·K)
Erish harorati 553,69 K
Erish issiqligi 2,89 kJ/mol
Qaynash harorati 1118,15 K
Qaynash issiqligi 148 kJ/mol
Molyar hajm 13,1 sm³/mol
Kristall panjarasi
Panjara tuzilishi kubik
hajm-markazlashgan
Panjara davri 3,490 Å
Panjara/atom nisbati n/a
Debye harorati 400,00 K
3
Litiy
Li
6,94
[Не]2s1

Litiy (lito... va lotincha: Lithium), LiMendeleyev davriy sistemasining 1 guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 3, atom massasi 6,941, ishqoriy metallarga mansub. Ikkita barqaror iztopi bor: 6Li (7,52%) va 7Li(92,48%). 1817-yilda shved kimyogari Litiy Arfvedson kashf qilgan. Litiy tabiatda keng tarqalgan. Yer poʻstining massa jihatdan 6,5-10~3% ni tashkil qiladi. 150 dan ortiq minerali maʼlum. Asosiy minerallari: spodumen LiAl[Si2O6], lepidolit K, 5A1, 5[SiAll0] (F2OH)2 va petalit (Li,Na)[Si4A10lo]. Litiy kumushdek oqmetall (havoda xiralashib, qoramtir parda bilan qrplanadi) yengil, yumshoq, choʻziluvchan, pichoq bilan kesiladi. Zichligi 533 kg/m³ , suyuqlanish temperaturasi 180,54°, qaynash temperaturasi 1340°. Brinell boʻyicha qattiqligi 7850Pa. Barcha birikmalarida Litiy bir valentli. Kislorod bilan bevosita reaksiyaga kirishganda yoki isitilganda (havorang alanga berib yonadi) litiy oksid hosil qiladi. Suv bilan birikkanda litiy ishqori LiOH hosil qilib vodorod ajratib chiqaradi. Mineral kislotalar bilan faol reaksiyaga kirishib, tuzlar beradi. Azot, vodorod, galogenlar, uglerod, kremniy, fosfor birikmalari va boshqa koʻpgina moddalar bilan reaksiyaga kirishadi. Metallorganik birikmalar hosil kila olish Litiyning muhim xususiyati. Shunga koʻra, organik sintezda koʻp qoʻllaniladi (qarang Litiyorganik birikmalar). Litiy olish uchun tarkibida 0,25—30% litiy oksid boʻlgan ruda boyitiladi. Natijada hosil boʻlgan mineral (spodumen, lepidolit, petalit) konsentratlaridan Litiy ajratib olinadi. Sanoatda Litiy metali litiy xlorid va kaliy xlorid aralashmasini elektroliz qilish yoʻli bilan olinadi. Hozirgi vaqtda Litiy metallotermik usul bilan ham olinmoqda. Metall Litiy quyma, donalar, sim, sterjen shaklida chiqarilib, vazelin yoki parafin qatlami ostida (germetik idishda) saqlanadi. Litiy yadro energiyasi ishlab chiqarishda, silikat sanoatida, kora va rangli metallurgiyada, kimyo, toʻqimachilik sanoatlarida va qishloq xoʻjaligida ishlatiladi.Litiyni 1818 -yilda Britaniyalik olim Gemfri Devid tomonidan metall xolida ajratib olingan[1]

Lítiy (Li) — unsurlar davriy jadvalining 3 unsuri, metall.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil