Shoʻro

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shoʻro (arab. — maslahat, kengash) —Qurʼonning 42-surasi nomi. 53 oyatdan iborat. Makkada nozil boʻlgan. Bu surada musulmonlar dunyoviy va diniy ishlarni oʻzaro maslahat va kengash asosida amalga oshirishlari maqsadga sazovor ekanligi aytilgan. 1917-yilda Turkiston taraqqiyparvarlari (jadidlari) va ulamolari tuzgan tashkilotlar nomida ham “Sho’ro” soʻzi uchraydi: "Shoʻroi islomiya", "Shoʻroi ulamo".