Ittifoq davlati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
belaruscha: Саюзная дзяржава
ruscha: Союзное государство
Location of Ittifoq davlati
Poytaxt Minsk,  Belarus
Moskva,  Rossiya
Eng katta shahar Moskva, Sankt-Peterburg, Minsk
Rasmiy til(lar) rus tili, belarus tili
Yetakchilar
• Davlat kotibi
 Rossiya
Dmitriy Mezensev
• Oliy Davlat kengashi raisi
 Belarus
Aleksandr Lukashenko
• Vazirlar Kengashi Raisi
 Rossiya
Mixail Mishustin
Maydon
• Butun
17 332 791 km² km2
Aholi
• 2021-yilgi roʻyxat
155 520 660 (9-oʻrin)
• Zichlik 8,97/km2
Pul birligi Belarus: belarus rubli (BYN)
Rossiya: rossiya rubli (RUB)
Telefon prefiksi +7 (Rossiya)
+375 (Belarus)


Ittifoq davlati (belaruscha: Саюзная дзяржава, ruscha: Союзное государство) - bosqichma-bosqich tashkil etilgan yagona siyosiy, iqtisodiy, harbiy, bojxona, valyuta, huquqiy, gumanitar, bozor va madaniy makonga ega boʻlgan Rossiya va Belarusiyaning millatlararo tuzilmasi.

Shuningdek, matbuotda "Rossiya va Belarus ittifoqi", "Rossiya va Belarus ittifoqi davlati", "Belarus va Rossiya ittifoqi", "Belarus va Rossiya ittifoqi davlati" nomlari mavjud. Umumiy bayram - Belarus va Rossiya xalqlarining birligi kuni (1997-yil 2-apreldan beri nishonlanadi).

Ittifoq davlatining tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rossiya Prezidenti Boris Yeltsin va Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Kremlning katta saroyida Belarus va Rossiyaning ittifoqini tuzilishi boʻyicha shartnoma imzolash vaqtida. Moskva, Rossiya

1990-yillarning oʻrtalarida Belarus Respublikasi va Rossiya Federatsiyasining yaqinlashishi birinchi navbatda Sovet davridagi iqtisodiy aloqalarni tiklashdan iborat edi, oʻsha paytda BSSRning yirik eksportga yoʻnaltirilgan korxonalari mahsulotlarni yigʻish bilan shugʻullangan. Butun SSSRda ishlab chiqarilgan komponentlar nafaqat Rossiya, balkim Belarus sanoati uchun butlovchi qismlar va xom ashyo manbai ham asosiy bozoe boʻlgan edi[1]. Rossiya bilan yaqinlashish shiori 1994-yil iyul oyida boʻlib oʻtgan prezidentlik saylovlari kampaniyasi paytida Aleksandr Lukashenko tomonidan ilgari surilgan edi. Davlat rahbari boʻlgach, u bu mavzudan Rossiyadan siyosiy va iqtisodiy imtiyozlarni olish uchun foydalangan. Shu bilan birga 1990-yillarda ittifoq davlatining shakllanishiga har ikki davlat ichida sodir boʻlgan siyosiy va iqtisodiy jarayonlar toʻsqinlik qildi.

1995-yilning 6-yanvarida Bojxona ittifoqi toʻgʻrisidagi shartnoma, 1995-yil 21-fevralda 10 yil muddatga Doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va hamkorlik toʻgʻrisida shartnoma imzolandi. Integrasiya yoʻnalishi 1995-yildan keyin boshlandi. 1990-yillarning ikkinchi yarmida davlatlararo hujjatlar imzolanib bordi[2]:

  • 1996-yil - "Belarus va Rossiya hamjamiyatini tashkil etish toʻgʻrisida shartnoma";
  • 1997-yil - "Belarus va Rossiya Ittifoqi toʻgʻrisidagi shartnoma";
  • 1998-yil - "Ittifoq davlatini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnoma".

Dastlabki "Belarus va Rossiya hamjamiyatini yaratish toʻgʻrisidagi shartnoma" (1996-yil 2-aprel) xalqaro xarakterga va "amorf mazmun"ga ega boʻldi[3]. Bir necha yil oʻtgach, Hamjamiyat integratsiya birlashmasiga - Belarus va Rossiya Ittifoqiga aylantirildi[4]. "Belarus va Rossiya Ittifoqi toʻgʻrisidagi shartnoma" (1997-yil 2-aprel) va Ittifoq ustavi (1997-yil 23-may) [5] imzolandi. 1998-yil 8-oktyabrdan 1999-yil 1-yanvargacha boʻlgan davrda jamoat tashkilotlari ishtirokida tuzatilgan Ittifoq davlatini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnoma loyihasi nashr etildi[6].

Asosiy qadam Ittifoq davlatini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomaning imzolanishi (1999-yil 8-dekabr) [1] boʻlib, u huquqiy va siyosiy asosga aylandi. Keyingi integratsiya [7] 2000-yilning 26-yanvarida Shartnoma ikki davlat parlamentlari tomonidan ratifikatsiya qilinganidan keyin kuchga kirdi.

2006-yil oxirida, Rossiyaning Belarus uchun gaz narxini keskin oshirganligi munosabati bilan, Prezident Lukashenko norozi boʻldi. 2007-yilning yanvar oyida u shunday dedi: "Bizdan Rossiyaga qoʻshilish talab qilinmoqda... Men Belarusimning suvereniteti va mustaqilligini koʻmmoqchi emasman..."[1].

Biroq, 2007 va 2008 yillar oraligʻida integratsiya jarayoni faollashdi. Rossiya va Belarus prezidentlari Konstitutsiyaviy qonunning ekspertlar tomonidan tayyorlangan versiyalarini, Ittifoq vakolatlarini topshirish va Ittifoqning milliy oliy organlarini shakllantirishni, shuningdek, Ittifoq Prezidenti saylovini koʻrib chiqdilar[8]. 2008-yil may oyidan 2012-yil iyuligacha Vladimir Putin Ittifoq davlati Vazirlar Kengashining rahbari etdi[9].

Biroq yuzaga kelgan iqtisodiy va siyosiy qarama-qarshiliklar tufayli ikki davlatning integratsiyalashuvi jarayoni sekin kechdi va 2010 yilda Rossiya va Belarus oʻrtasidagi munosabatlardagi jiddiy murakkabliklar va davlat rahbarlari oʻrtasidagi kelishmovchiliklar tufayli integratsiya amalda toʻxtadi. 2011-yilgacha loyiha ikkala davlatning strategik manfaatlaridagi farq tufayli jimgina "oʻlib ketdi" va faqat 2011-yilda mamlakatlar oʻrtasidagi munosabatlarning iliqlashishi Ittifoq gʻoyasini asta-sekin avvalgi darajasiga qaytardi[10].

2019-yil 3-sentabrda Belarus hukumati integratsiya bo‘yicha harakatlar dasturi loyihasini tasdiqlash uchun Prezident Aleksandr Lukashenkoga taqdim etdi. Unda “ikki davlat – bir bozor” tamoyilini amalga oshirishni nazarda tutuvchi konsepsiya mavjud qilindi. Oʻsha yilning 6-sentabrida Belarus va Rossiya bosh vazirlari Sergey Rumas va Dmitriy Medvedev ikki davlat integratsiyasi dasturini qoʻllashdi. Yoʻl xaritalari roʻyxati tasdiqlandi - roʻyxatga 31ta xaritalar kiritildi, ammo ularning mazmuni oshkor etilmagan edi[11]. 2019-yil 8-noyabrga qadar Belarus va Rossiya hukumatlari ikki davlatning iqtisodiy integratsiyasi doirasida ishlab chiqilgan 31ta yoʻl xaritasidan 16tasi boʻyicha kelishib oldilar[12]. 7-dekabr kuni Sochida davlat rahbarlarining navbatdagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi, natijada 8ta xarita yoʻli kelishib olinmadi[13]. 7-8 dekabr kunlari Minskda Rossiya bilan chuqur integratsiyaga qarshi koʻchalarda namoyishlari boʻlib oʻtdi[14]. 20 dekabr kuni Sankt-Peterburgda boʻlib oʻtgan uchrashuvda elektr energetikasi va bojxona xizmatlari oʻrtasidagi hamkorlik masalalari boʻyicha hujjatlar loyihalari kelishib olindi, biroq yana 3 ta savol bloklanib qoldi[15].

2021-yilning 10-sentabrda Minsk shahrida Rossiya va Belarus ittifoqdosh davlati Vazirlar kengashining yig‘ilishida Rossiya va Belarus Bosh vazirlari Mixail Mishustin va Roman Golovchenko 28ta ittifoq dasturini imzoladilar va “Ushbu tashkilot qoidalarini amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari boʻlib qoldi. 2021-2023 yillarga moʻljallangan Ittifoq davlatini barpo etish toʻgʻrisidagi shartnoma tuzildi»[16][17].

2021-yil 5-noyabrda Rossiya va Belarus prezidentlari Vladimir Putin va Aleksandr Lukashenko Ittifoqning soliq va kreditlash masalalarida integratsiyalashuv, shuningdek, neft, gazning yagona bozorlarini yaratish bo‘yicha 28ta dasturni tasdiqlovchi farmonini imzoladilar[18].

[[File:Belarusian involvement in the 2022 Russian invasion of Ukraine.png|thumb|Belarus va Rossiyaning Ukrainaga bosqini 2022-yil 24-fevralda Rossiya rasman Ukrainaga bostirib kirishni boshladi. Belarus Rossiya armiyasi uchun oʻz hududini taqdim etdi, bu mamlakat hukumati tomonidan tasdiqlangan. Allied Resolve 2022 qoʻshma harbiy mashqlari qoʻshinlarni toʻplash uchun bahona sifatida ishlatilgan edi deb aytadilar gʻarbiy matbuotlar. Rossiya Federatsiyasining rasmiy aytishicha, u Ukrainada denatsifikatsiya va demilitarizatsiya maxsus harbiy operatsiyasini oʻtkazmoqda.

Ittifoq davlatiga qoʻshilish tashabbuslari boʻyicha tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

Supranational PostSoviet Bodies-ru.svg

2001-yilda Moldova prezidenti Vladimir Voronin Moldovaning Ittifoqqa qoʻshilish rejalarini eʼlon qildi, ammo 2001-2002 yillarda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan koʻplab uchrashuvlardan soʻng bu masala hal etilmadi.

1999-yilda Yugoslaviya prezidenti Slobodan Miloshevich oʻz mamlakatining Ittifoq davlatiga kuzatuvchi sifatida qoʻshilishini istashini eʻlon qildi[19].. Ammo uni keyinchalik Gaagada sudlashadi va keyinchalik Serbiya ittifoqda boʻlmaydi.

Qirgʻizistonda muxolifat 2007-yil iyun oyida Ittifoq davlatiga qoʻshilish boʻyicha referendum oʻtkazishga harakat qildi[20].

2008-yil 17-oktabrda Abxaziya va Janubiy Osetiya parlamentlari Ittifoq Davlati Parlament Assambleyasida doimiy kuzatuvchilar maqomini oldi[21]. 2022-yilda Janubiy Osetiya Rossiyaning subyekti boʻlishi boʻyicha referendum tashkil etishini maʼlum qildi[22].

Ittifoq davlatiga aʼzo mamlakatlar fuqarolari uchun huquqlarning tengligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Belarus Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi fuqarolarining teng huquqliligi to'g'risidagi normalar:

  • Taʼlim, ilmiy daraja va unvonlar toʻgʻrisidagi hujjatlarni oʻzaro tan olish va tenglashtirish toʻgʻrisidagi shartnoma (1996-yil 27-fevral);
  • Belarus va Rossiya hamjamiyatining Oliy Davlat Kengashining "Fuqarolarning ishga joylashish, mehnatga haq toʻlash va boshqa ijtimoiy va mehnat kafolatlarini taʻminlashdagi teng huquqlari toʻgʻrisida"gi qarori (1996-yil 22-iyun);
  • “Fuqarolarning teng huquqlari to‘g‘risida”gi shartnoma (1998-yil 25-dekabr);
  • Yagona namunadagi migratsiya kartasidan foydalanish toʻgʻrisidagi shartnoma (2004-yil 5-oktabr);
  • Rossiya Federatsiyasi va Belarus Respublikasi fuqarolarining Ittifoq davlatiga aʼzo davlatlar hududlarida harakatlanish erkinligi, yashash joyi va yashash joyini tanlashda teng huquqlarini ta'minlash toʻgʻrisidagi bitim (2006-yil 24-yanvar);
  • Ijtimoiy taʼminot sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim (2006-yil 24-yanvar);
  • Rossiya Federatsiyasi Hukumati va Belarus Respublikasi Hukumati oʻrtasidagi daromad va mol-mulk soligʻiga nisbatan ikki tomonlama soliqqa tortishning oldini olish va soliq toʻlashdan boʻyin tovlashning oldini olish toʻgʻrisidagi Bitimga Protokol (2006-yil 24-yanvar);
  • Rossiya Federatsiyasi fuqarolariga Belarus Respublikasining sogʻliqni saqlash muassasalarida va Belarus Respublikasi fuqarolariga Rossiya Federatsiyasining sogʻliqni saqlash muassasalarida tibbiy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi shartnoma (2006-yil 24-yanvar)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Кизима С.А. „Союзное государство в контексте Таможенного союза и ЕЭП“.
  2. Куракина 2007, pp. 10, 18.
  3. Куракина 2007, p. 18.
  4. Куракина 2007, pp. 18–19.
  5. Куракина 2007, p. 19.
  6. Куракина 2007, pp. 20–21.
  7. Kurakina 2007, p. 21.
  8. „Москва и Минск обсудят три плана объединения. На повестке - возможность Путина возглавить Союзное государство“. NEWSru.com (11-dekabr 2007-yil). Qaraldi: 24-iyun 2020-yil.
  9. „В. Путин стал главой совета министров Союзного государства Белоруссии и РФ:: Политика:: Top.rbc.ru“ (deadlink). 28-may 2008-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 27-may 2008-yil.
  10. „Союз Белоруссии и России: цель или средство?“. ИноСМИ.Ru (9-may 2011-yil). Qaraldi: 24-iyun 2020-yil.
  11. „Медведев и Румас согласовали программу интеграции“ (ru). Sputnik Беларусь. Qaraldi: 9-yanvar 2020-yil.
  12. „Правительства Беларуси и России согласовали больше половины дорожных карт“ (ru). Sputnik Беларусь. Qaraldi: 9-yanvar 2020-yil.
  13. „Почему Беларусь и Россия не подписали дорожные карты интеграции“ (ru). eurasia.expert. Qaraldi: 9-yanvar 2020-yil.
  14. „«Есть подвижки по компенсации». Семашко поведал о переговорах Лукашенко и Путина в Сочи“ (ru) (deadlink). TUT.BY (8-dekabr 2019-yil). 26-dekabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 9-yanvar 2020-yil.
  15. „Россия и Беларусь пока не договорились по газу, нефти и налогам“ (ru) (deadlink). TUT.BY (20-dekabr 2019-yil). 21-dekabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 9-yanvar 2020-yil. „arxiv nusxasi“. 21-dekabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 25-may 2022-yil.
  16. Совместное заявление Председателя Правительства Российской Федерации и Премьер-министра Республики Беларусь о текущем развитии и дальнейших шагах по углублению интеграционных процессов в рамках Союзного государства. 10.09.2021
  17. Две страны — одна экономика. В каких сферах договорились интегрироваться Россия и Белоруссия // Коммерсантъ, 10.09.2021
  18. Интеграции открыли путь. Что означает подписание декрета Союзного государства для России и Белоруссии // Радио «Ъ FM», 05.11.2021
  19. ISBN 5–17–003500–4
  20. Би-би-си | Россия | Оппозиция Киргизии хочет союза с Москвой
  21. „Сухуми и Цхинвали получили статус наблюдателей при ПСС РФ и Белоруссии“. РИА Новости (17-oktabr 2008-yil). 13-fevral 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 14-avgust 2010-yil.
  22. ushbu manbani yozning 2022 yangilash kerak, sababi referendum yozda moljalangan