Kontent qismiga oʻtish

Shanxay hamkorlik tashkiloti

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Shanxay Hamkorlik Tashkilotidan yoʻnaltirildi)
Shanxay Hamkorlik Tashkiloti,
xitoycha: 上海合作组织
ruscha: Шанхайская организация сотрудничества

Davlat rahbarlari hujjatlarni imzolash jarayoni

  Aʼzolar
  Kuzatuvchilar
  Muloqat boʻyicha hamkorlar
Turi Xalqaro tashkilot
Ishga tushgan sanasi 15-iyun 2001-yil[1]
Joylashuvi Pekin, XXR Xitoy
Asoschi(lar)i Qozogʻiston,
Xitoy,
Qirgʻiziston,
Rossiya,
Tojikiston,
Oʻzbekiston
Bosh kotib QozogʻistonNurlan Yermekbayev[2]
Ijrochi kotib Xitoy Zhang Ming
Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qoʻmitasi direktori Oʻzbekiston Ruslan Mirzayev[3]
Aʼzolari

10 aʼzo davlatlar[4]



2 ta kuzatuvchi davlat



6 muloqat boʻyicha hamkorlar


Til(lar)i Rus, Xitoy
Vebsayti www.sectsco.org
Shanghai Cooperation Organization after 2022 Samarkand Summit.png

Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) — mintaqaviy xavfsizlik va iqtisodiy hamkorlik tashkiloti. Xitoyning Shanxay shahrida 6 mamlakat — Qozogʻiston, Xitoy, Qirgʻiziston, Rossiya, Tojikiston, Oʻzbekiston davlat rahbarlari uchrashuvida tuzilgan (15-iyun 2001-yil). SHHTning vujudga kelish tarixi „Shanxay beshligi“ deb atalgan uyushma faoliyati bilan bogʻliqdir. Dastlab Qozogʻiston, Xitoy, Qirgʻiziston, Rossiya, Tojikiston davlatlari rahbarlari („Shanxay beshligi“) uchrashuvi boʻlib oʻtgan. Unda chegaradosh mamlakatlar oʻrtasidagi ishonchni mustahkamlash (1996) va qoʻshma chegarada qurolli kuchlar va qurolyarogʻlarni qisqartirish (1997) toʻgʻrisida 2 ta bitim imzolangan edi. 1998-yildan „beshlik“ mamlakatlarining oʻzaro hamkorligi sobiq Sovet Ittifoqi — Xitoy chegarasi boʻylab harbiy-siyosiy vaziyatni barqarorlashtirish masalalaridan mintaqaviy xavfsizlik va koʻp tomonlama iqtisodiy hamkorlikni taʼminlash choralariga oʻtishga qaratildi. SHHTning Dushanbe (2000) sammitida Oʻzbekiston Respublikasi birinchi marta kuzatuvchi sifatida qatnashdi. Ana shu sammitda „beshlik“ negizida koʻp tarmoqli tashkilot tuzish toʻgʻrisida taklif ilgari surildi. SHHT taʼsischilaridan biri sifatida ishtirok etish haqidagi qarorni Oʻzbekiston oʻz milliy manfaatlaridan kelib chiqib, Markaziy Osiyo mintaqasidagi harbiy-siyosiy vaziyatni hisobga olgan holda qabul qildi. Shanxay sammitida (2001-yil iyun) yangi tashkilotning maqsad va prinsiplarini eʼlon qilgan Deklaratsiya, shuningdek, Terrorizm, ayirmachilik va ekstremizmga qarshi kurash toʻgʻrisidagi konvensiya qabul qilindi. Tashkilotning Sankt-Peterburgda boʻlgan 2-sammitida (2002-yil iyun) ustav hujjati — SHHT Xartiyasiga imzo chekildi. SHHT ning oliy organi Davlat boshliqlari kengashidir. Tashkilot strukturasi Hukumat boshliqlari (bosh vazirlar) kengashi, Tashqi ishlar vazirlari kengashi, Tarmoq vazirliklari va idoralari rahbarlari kengashi, Milliy muvofiqlashtiruvchilar kengashi va doimiy ishlovchi Kotibiyat (Pekin shahrida joylashgan) hamda Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (MATT; Toshkent shahrida joylashgan)dan iborat.

Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi 1-yanvar 2004-yildan faoliyat koʻrsata boshladi. Mazkur tuzilma zimmasiga axborot almashish, chegara va bojxona qoʻmitalarining, maxsus xizmatlarning hamkorligini muvofiqlashtirish, shu orqali terrorchilikning oldini olish vazifasi yuklangan. Shu maqsadda tuzilma tarkibida kengash va ijroqoʻm faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. Kengashga 6 davlat maxsus xizmatlari rahbarlarining vakillari kiritilgan. Ijroqoʻmda esa oʻzaro tasdiqlangan lavozim oʻrinlariga muvofiq SHHTga aʼzo davlatlardan vakillar ishlaydi. SHHTga aʼzo davlatlar rahbarlari kengashining 2004-yil 17-iyunda Toshkentda boʻlgan majlisida Tashkilotning shakllanish davri yakunlanganligi qayd etildi. Majlis yakunlari boʻyicha Toshkent deklaratsiyasi, SHHTning vakolatlari va immunitetlari toʻgʻrisidagi konvensiya, Narkotik vositalar va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashda hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim, tashkilot va uning organlari faoliyatiga doir hujjatlar imzolandi. Oʻzbekiston Respublikasining Tashkilotga aʼzo davlatlar Xavfsizlik kengashlari kotiblarining tegishli milliy mahkamalarning yangi tahdid va xurujlarga qarshi turishdagi hamkorligini mustahkamlash maqsadiga qaratilgan doimiy uchrashuvlarini oʻtkazib turish haqidagi tashabbusi qoʻllab-quvvatlandi.

SHHT aʼzo mamlakatlarni xavfsizlik orqali hamkorlik sari boshlaydigan tashkilotdir. Iqtisodiy hamkorlik borasida oldinda transport infratuzilmasini rivojlantirish, tabiiy, mineral xom ashyo zaxiralarini oʻzlashtirish, suv energetika zaxiralaridan unumli foydalanish, ekologiyaga oid va boshqa masalalar bor.

Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar:

ShHT ijroiy kotiblari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
SanaDavlatIsm
12012Rossiya bayrogʻi Rossiya Dmitriy Mezentsev
22021—2022-yillarOʻzbekiston bayrogʻi OʻzbekistonVladimir Norov

Tashkilot faoliyati 1996-yilda Rossiya va Xitoy davlatlari oʻrtasidagi ikki tomonlama hamkorlikdan boshlangan. Shu yili SHHT aʼzoligiga Tojikiston, Qirgʻiziston, Qozogʻiston va 2001-yilda Oʻzbekiston kelib qoʻshilgan.

SHHTning boshqa sobiq SSSR hududi joylashgan hududiy tashkilotlardan farqi ushbu tashkilotga MDH davlatlaridan tashqari unga Xitoy, Hindiston va Pokiston ham qoʻshilgan.

Eron islom respublikasi endi toʻlaqonli aʼzo.

Kuzatuvchi davlatlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shanxay hamkorlik tashkilotining kuzatuvchi davlatlariga Moʻgʻuliston, Afgʻoniston, kiradi.

ShHT aʼzo-davlatlari boshliqlarining uchrashuvlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
SanaOʻtkazilgan joyiDavlatYigʻilishlar
126-27-aprel 1996ShanxayXitoy bayrogʻi Xitoy
224-25-aprel 1997MoskvaRossiya bayrogʻi Rossiya
33-4-iyul 1998AlmatiQozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston
425-26-avgust 1999BishkekQirgʻiziston bayrogʻi Qirgʻiziston
54-5-iyun 2000DushanbeTojikiston bayrogʻi Tojikiston
614-15-iyun 2001ShanxayXitoy bayrogʻi Xitoy
77-iyun 2002Sankt-PeterburgRossiya bayrogʻi Rossiya
828-29-may 2003MoskvaRossiya bayrogʻi Rossiya
917-iyun 2004ToshkentOʻzbekiston bayrogʻi OʻzbekistonToshkent sammiti
105-iyul 2005Nur-SultonQozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston
1114-15-iyun 2006ShanxayXitoy bayrogʻi Xitoy
1216-avgust 2007BishkekQirgʻiziston bayrogʻi Qirgʻiziston
1328-avgust 2008DushanbeTojikiston bayrogʻi Tojikiston
1415-16-iyun 2009YekaterinburgRossiya bayrogʻi Rossiya
1510-11-iyun 2010ToshkentOʻzbekiston bayrogʻi OʻzbekistonToshkent sammiti
1614-15-iyun 2011OstonaQozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston
176-7-iyun 2012PekinXitoy bayrogʻi XitoyPekin sammiti
1813-14-sentyabr 2013BishkekQirgʻiziston bayrogʻi Qirgʻiziston
1911-12-sentyabr 2014DushanbeTojikiston bayrogʻi Tojikiston Dushanbe sammiti
209-10-iyul 2015UfaRossiya bayrogʻi Rossiya
2123-24-iyun 2016ToshkentOʻzbekiston bayrogʻi OʻzbekistonToshkent sammiti
228-9-iyun 2017OstonaQozogʻiston bayrogʻi QozogʻistonOstona sammiti
239-10-iyun 2018SindaoXitoy bayrogʻi Xitoy
2413-14-iyun 2019BishkekQirgʻiziston bayrogʻi Qirgʻiziston
2510-noyabr 2020SochiRossiya bayrogʻi Rossiya
2616-17-sentyabr 2021DushanbeTojikiston bayrogʻi Tojikiston
271516-sentyabr 2022SamarqandOʻzbekiston bayrogʻi OʻzbekistonSamarqand sammiti
284 iyul 2023Nyu-DehliHindiston bayrogʻi Hindiston
293-4 iyul 2024OstonaQozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston
302025Xitoy bayrogʻi Xitoy

Tashkiliy tuzilmasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kun.uz