Yunonlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yunonlar (oʻzlarini hellenes deb ataydilar) — xalq, Yunoninstan va Kiprning asosiy aholisi. Umumiy soni 12,5 mln. kishi (1990-y.lar oʻrtalari). Jumladan Yunoninstanda 9,7 mln. kishi, Kiprda 570 ming kishi, AKShda 550 ming kishi, Olmoniyada 300 ming kishi, Kanadada 150 ming kishi, RFda 92 ming kishi va b. Yunon (yangi yunon) tilida soʻzlashadi. Dindorlari — asosan pravoslavlar. Yevropeoid irqiga mansub.

G. koʻp ayerlik tarixga ega xalq (q. Yunoniston). Qad. yunon elati mil. av. 2-ming yillikning boshlarida Bolqon ya. o.ga qad. grek qabilalari — axeylar va ioniylar, mil. av. 12-a.da esa — doriylar koʻchib kelib, mahalliy tub aholi (pelasglar va b.) b-n qoʻshilib ketishi natijasida shakllana boshlagan. Yunon kolonizatsiyasi davrida (mil. av. 8—6-a.lar) ular oʻzlarini "ellinlar" deb atay boshlaganlar. Oʻrta asrlarda ellinlar negizida va valaxlar, slavyanlar (6—7-a.lar), albanlar (13—15-a.lar) ishtirokida yangi yunon xalqi shakllandi. G. dehqonchilikda asosan uzum, tamaki, zaytun, sitrus mevalari, gʻallachilik, togʻlik tumanlarda chorvachilik, dengiz boʻylarida baliqchilik b-n shugʻullanadilar. Kustar hunarmandchilik (gilam toʻqish, zardoʻzlik, yogʻoch oʻymakorligi, kulolchilik) rivojlangan. G.ning katta qismi sanoat, savdo va transportda band. G.ning tarixi, iqtisodi va madaniyati haqida Yunoninstan maqolasiga qarang.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil