Arabiston dengizi
Arabiston dengizi – Hind okeanining shimolidagi chekka dengiz. Hindiston va Arabiston yarim orollari oraligʻida joylashgan. Maydoni 4832 ming km². Oʻrtacha chuq. 2734 m. Eng chuqur joyi 5803 m. Yirik qoʻltiqlari – Adan va Ummon. Hind daryosi quyiladi. Iqlimi tropik mussonli. Dengiz yuzasidagi suv temperaturasi fevralda shimolda 22° dan janubida 27° gacha, avgustda 24 – 27°. Shoʻrlik darajasi 35,8 – 36,5‰. Oqimlar qishda soat mili harakati boʻyicha, yozda gʻarbdan sharqqa yoʻnaladi. Arabiston dengizida dyugan, uchar baliqlar, tunes, seld va boshqa koʻp tarqalgan. Asosiy portlari: Bombay, Ka-rochi, Adan, Kolombo.
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
|
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |