Vollastonit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Vollastonit [ingliz kimyogari U. X. Vollaston (1766—1828) nomidan] — yuqori t-rada hosil boʻladigan metamorfik mineral. Kimyoviy formulasi Ca3(Si3O9). Triklin singoniyali. Koʻpincha yelpigʻich yoki uzunchoq va tola holidagi kristallar. Rangi oq, kulrang yoki qizgʻish tusli. Sadafsimon yaltiroq. Qattiqligi 4,5—5; s. of. 2,8—2,9. V. Markaziy Osiyodagi granit intruziyalarining ohaktoshlar bilan tutashgan joyida hosil boʻlgan. Tabiatda piroksen, granat, amfibol, kalsit va kvars bilan birga uchraydi. V. yuqori kuchlanishlarga bardosh bera oladigan elektr issiqlik izolyatorlari, koshinlar, gʻisht, mineral paxta, maxsus filtrlar i.ch.da qoʻllaniladi. Gʻarbiy Oʻzbekistonning ZirabuloqZiyovuddin, Nurota, Qoratepa hamda Chatqol, Hisor va Qurama togʻlarida koʻp uchraydi. Oʻzbekistonda V.ning 40 dan ortiq yirik konlari topilgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil