Navoiy (shahar)
Navoiy | |
---|---|
Shahar | |
40°05′04″N 65°22′45″E / 40.08444°N 65.37917°E G OKoordinatalari: 40°05′04″N 65°22′45″E / 40.08444°N 65.37917°E G O | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Viloyat | Navoiy |
Hukumat | |
• Hokim | Muxiddin Bazarov[1] |
Asos solingan | 1958-yil 3-sentabr |
Maydon | 35 km2 (14 mi²) |
Markazi balandligi | 382 m |
Iqlim turi | keskin kontinental |
Aholisi (2019)[2] |
139 374 |
Zichligi | 3,980 kishi/km2 |
Milliy tarkib |
|
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +998-79 |
Pochta indeks(lar)i | 210100 |
Avtomobil kodi | 85 – 89 |
Navoiy Oʻzbekistonning Navoiy viloyatidagi shahardir. Bu shahar Navoiy viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazidir. Oʻzbekistonning janubi-gʻarbida, Zarafshon daryosi vodiysida, viloyatning sharqiy chekkasida, 347 m balandlikda joylashgan. Ushbu shaharda temir yoʻl stansiyasi avtotransport yoʻllarining muhim tuguni boʻlib, Toshkentdan 509 km uzoqlikda joylashgan. Aholisi — 136 374 ming kishi (2019).[1]
Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Navoiy shahri Alisher Navoiy sharafiga atab shunday nomlangan. Shaharning hozirgi hududi oldin choʻl boʻlgan. Shimolda qadimiy Karmana shahri joylashgan boʻlib, oʻtmishda Buxoro amirligining bekligi hisoblangan. Janubda Temir yoʻl stansiyasi va bir qishloq boʻlgan, hozirda bu joy Navoiy shahrining Vokzaloldi hududi deb ataladi. 1958-yilning sentabr oyida Navoiy shahri sanoatlashgan shahar sifatida tashkil topdi. Shu vaqtdan Navoiy viloyati tashkil topganga qadar Navoiy shahri Buxoro viloyati tarkibida boʻlib keldi.
Zarafshon daryosining yaqinligi, yirik qishloq xoʻjaligi hududning markazida joylashganligi, transport bilan yaxshi taʼminlanganligi shaharning tez oʻsish omili boʻldi. Navoiy Oʻrta Osiyoda yirik elektr energiya va kimyo sanoati markazi hisoblanadi. Navoiyda 21 ta yirik sanoat korxonasi mavjud. Viloyat sanoat korxonalari yalpi mahsulotining koʻp qismi Navoiyda ishlab chiqariladi. Shahar sanoat tarmoqlarida elektr quvvati, mineral oʻgʻitlar, ip hamda ipak gazlamalar ishlab chiqariladi. Navoiyazot ishlab chiqarish birlashmasi, elektr-kimyo zavodi, Navoiy kon-metallurgiya kombinati, un kombinati, non konbinatlari, Navoiy issiqlik elektr stansiyasi, Qizilqumsement korxonasi, paxta tozalash zavodi, mashinasozlik zavodi (NMZ), sut, pak qurti zavodlari, Sintepon korxonasi, oziq-ovqat va mahalliy sanoat muassasalari mavjuddir. Shaharda xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikda qurilgan 18 dan oshiq qoʻshma korxonalar faoliyat koʻrsatmoqda. Shulardan „Agama“, „Zerispark“ korxonalari samarali ishlamoqda. Shahar orqali Uchquduq, Buxoro, Nukus shaharlariga boruvchi temir yoʻl oʻtgan. Navoiyda 20 ga yaqin yoʻnalishda avtomobil transporti qatnaydi. Navoiy xalqaro aeroporti shaharni Toshkent orqali respublika viloyatlari va 20 dan oshiq xorijiy davlatlar bilan oʻzaro aloqalar oʻrnatishda xizmat qiladi. Sarmish darasi Navoiydan 45 kilometr uzoqlikda joylashgan hamda u „dunyodagi eng katta tosh devorlar galereyasi“ hisoblanadi.[3]
Geografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Hududi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Navoiyning hududi 35 km² dir.
Iqlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Navoiyning iqlimi keskin kontinental boʻlib, qishda havo ancha sovuq, yozda boʻlsa ancha issiqdir. Bahor va kuzda koʻp yomgʻir yogʻadi, ammo yozda yogʻingarchilik koʻp boʻlmaydi.
Navoiyda yozlar uzun boʻlib, odatda maydan sentabrgacha davom etadi. Yoz oylarida havo keskin isishi mumkin. Shaharda yoz oylarida juda oz yogʻingarchilik kuzatiladi, aynqisa iyundan sentabrgacha.
Navoiy (1981-2010) iqlimi | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Koʻrsatkich | Yan | Fev | Mart | Apr | May | Iyun | Iyul | Avg | Sen | Okt | Noy | Dek | |
Oʻrtacha maksimal, °C | 6,8 | 10,0 | 15,8 | 23,5 | 29,0 | 34,7 | 36,2 | 35,0 | 29,6 | 22,6 | 15,7 | 9,1 | |
Oʻrtacha minimal, °C | −1,2 | 0,3 | 4,7 | 10,5 | 14,7 | 18,7 | 20,4 | 18,2 | 12,6 | 7,2 | 3,7 | 0,3 | |
Yogʻingarchilik meʼyori, mm | 28,1 | 28,6 | 40,9 | 25,9 | 16,0 | 1,7 | 1,8 | 0,5 | 1,8 | 3,6 | 17,7 | 27,3 | |
Manba: Oʻzbekiston gidrometeorologiya xizmati[4] |
Maʼmuriyat[tahrir | manbasini tahrirlash]
Hokimlar roʻyxati[tahrir | manbasini tahrirlash]
No. | Hokim | Hukmronlik boshlanishi |
Hukmronlik tugashi |
Manba |
---|---|---|---|---|
1 | Bahodir Joʻrayev | 2013 | ||
2 | Neʼmatillo Axatov | 2013 | 2017 | [5] |
3 | Umarbek Xalilov | 2017 | 2020 | [6] |
4 | Muxiddin Bazarov | 2020 | hozirgacha | [1] |
Demografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Navoiy shahrida 139 374 nafar aholi istiqomat qiladi (2019). Bunda, oʻzbeklar — 113 300 (83,1%), tatarlar — 2 700 (2,0%), ruslar — 9 700 (7,1%), qoraqalpoqlar — 2 600 (1,9%), ozarbayjonlar — 1 900 (1,4%) va boshqa millat vakillari — 6 900 (4,5%) ni tashkil etadi.[1] Shuningdek, aholi zichligi — 3,980 har kvadrat kilometrga nafar kishi.
Yil | Aholi | ±% y.oʻ.s. |
---|---|---|
2001 | 138 082 | — |
2005 | 125 500 | −2.36% |
2007 | 125 800 | +0.12% |
2015 | 133 540 | +0.75% |
2016 | 133 526 | −0.01% |
2017 | 134 113 | +0.44% |
2018 | 135 548 | +1.07% |
2019 | 136 374 | +0.61% |
Manba: Aznations.com[2] va Navoi.gov.uz[7] |
Madaniyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Navoiy yirik ilm-maʼnaviyat va maʼrifat markazlaridan. Bu yerda 2 oliy oʻquv yurti (Navoiy davlat pedagogika instituti va Navoiy davlat konchilik instituti), 3 ta akademik litsey, 18 ta umumiy taʼlim maktabi, 1 ta muzey (Navoiy viloyat oʻlkashunoslik muzeyi, 3 madaniyat saroyi (Farhod madaniyat saroyi, Shirin madaniyat saroyi, Navroʻz madaniyat saroyi), madaniyat va istirohat bogʻlari, kutubxonalar, 3 stadion (Soʻgʻdiyona markaziy stadioni, Kimyogar markaziy stadioni, Yoshlar sport majmuasi markaziy stadioni), 3 suzish havzasi (Delfin, Suv sporti saroyi, Akvapark), kasalxonalar, poliklinikalar, shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish markazi, tibbiy dispanserlar faoliyat koʻrsatadi. 1958—1960-yillarda shahar yagona bosh plan asosida issiq iqlim, milliy anʼanalarni hisobga olgan holda qurilgan. Meʼmor va quruvchilardan bir guruhi davlat mukofotlariga sazovor boʻlishgan.
Shuningdek, 2001-yilda Alisher Navoiy tavalludining 560-yilligi munosabati bilan Navoiyda Alisher Navoiy istirohat bogʻi ochilib, u yerda Alisher Navoiy haykali oʻrnatilgan.[8]
Iqtisodi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Navoiy shahri Oʻzbekistonning eng sanoatlashgan shaharlaridan biridir. Shaharda Navoiy kon-metallurgiya kombinati, Navoiyazot, Qizilqumsement va boshqa sanoat ishlab chiqarish korxonalari faoliyat yuritadi.
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 „Navoiy shahar hokimligi“. Navoi.uz (28-avgust 2020).
- ↑ 2,0 2,1 „Population of Navoiy“. Aznations.com (28-avgust 2020).
- ↑ „Navoi“ (oʻzbek). samarkandtours.com. 21-may 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 27-fevral 2021. Wayback Machine saytida arxivlandi (2021-05-21).
- ↑ „Average monthly data about air temperature and precipitation in 13 regional centers of the Republic of Uzbekistan over period from 1981 to 2010“. Centre of Hydrometeorological Service of the Republic of Uzbekistan (Uzhydromet). 15-dekabr 2019da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 15-dekabr 2019.
- ↑ „Назначен новый хоким города Навои“ (deadlink). uz24.uz (4-dekabr 2013-yil). 28-iyul 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 28-iyul 2017-yil. Wayback Machine saytida arxivlandi (2017-07-28).
- ↑ „В Навои сменился хоким“. Газета.uz (10-aprel 2017-yil). Qaraldi: 28-iyul 2017-yil.
- ↑ Official Website of Navoiy Region, 2007-06-10da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-08-28
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() |
Vikiomborda Navoiy (shahar) haqida turkum mavjud |
- Rasmiy sayti (oʻzb.)
- Rasmiy sayti (rus.)
- Gov.uz
- NGMK.uz
|