Qutayba ibn Muslim
Qutayba ibn Muslim (668-715) - Ummaviylar sulolasiga oid arab xalifalari hukmronligi davrida Xuroson noibi.
Biografiyasi[tahrir]
Qutayba arablarning boxiliylar qabilasidan boʻlib, Arab xalifaligining bosqinchilik urushlarida ishtirok etgan. Oʻzining tashkilotchilik qobiliyati va harbiy mahorati sabab 704-yilda Xuroson noibi etib tayinlangan. U arablarning Oʻrta Osiyoga qarshi bosqinchilik urushlarining bosh tashkilotchisi boʻlib, ushbu harakatlarga boshchilik qilgan. Oʻzidan avvalgi noiblardan farqli oʻlaroq, Movaraunnahrni zabt etishda misli koʻrilmagan muvaffaqiyatlarga erishgan. 708-yilda Kesh, 709-yilda Buxoro, 712-yilda Xorazm va Samarqand,[1] 713-yilda esa Shosh (Toshkent) egallangan. [714|714-yilda]] Qutayba qoʻshinlari Fargʻona vodiysini bosib olishgan.
Oʻlimi[tahrir]
715-yilda xalifa Volid I vafot etdi. Qutayba ibn Muslim yangi xalifa - Sulaymonga boʻysunishdan bosh tortgan, shuning uchun ham oʻz yaqinlari tomonidan qoʻlga olinib, qatl qilingan.[2]
Oʻrta Osiyoda Qutayba ibn Muslimning bir necha qabrlari bor. Ulardan qay biri haqiqiy ekanligi noma'lum.
Havolalar[tahrir]
- ↑ История ат-Табари. Перевод с арабского В. И. Беляева, О. Г. Большакова, А. Б. Халидова Ташкент. Фан. 1987, с.126-145
- ↑ История ат-Табари. Перевод с арабского В. И. Беляева, О. Г. Большакова, А. Б. Халидова Ташкент. Фан. 1987,с.157-158
Adabiyotlar[tahrir]
История ат-Табари. Перевод с арабского В. И. Беляева, О. Г. Большакова, А. Б. Халидова Ташкент. Фан. 1987