Osiyo
Maydoni | 44,579,000 km²[1] |
---|---|
Aholisi | 4,462,676,731 (2016) |
Aholi zichligi | 100/km2 |
Etnoxoronim | Osiyolik |
Davlatlar | 59 ta |
Vaqt mintaqalari | UTC+2dan UTC+12gacha |
Yuqori darajali internet domeni | .asia |
Yirik shaharlar | Tokyo, Jakarta, Dehli, Karachi, Seul, Shanxay, Manila, Mumbay, Beijing, Toshkent, Osaka, Dhaka, Bangkok, Chennay, Chittagong, Tehron, Dubay, Singapore |
Osiyo — Yer sharidagi eng yirik va eng aholisi koʻp qitʼa boʻlib, shimoliy va sharqiy yarimsharning barcha geografik mintaqalarini oʻz ichiga oladi. Malay arxipelagi qisman janubiy yarimsharga kirib borgan. Osiyoning materikdagi eng chekka nuqtalari shimolda Chelyuskin burni, janubda Piay burni, sharqda Dejnyov burni, gʻarbda Bobo burni hisoblanadi. Bugungi kunda ushbu qitʼada 4.5 milliard kishi yashaydi va bu koʻrsatkich Yer yuzidagi aholining 60 % ga teng.[2]
Osiyo shimoldan Shimoliy Muz okeani, sharqdan Tinch okean, janubdan Hind okeani, janubiy-gʻarbdan Atlantika okeani va bir nechta dengizlar (Oʻrta, Egey, Marmar, Qora, Azov) hamda Kaspiy dengizi bilan oʻralgan. Bering dengizi esa Osiyoni Amerikadan ajratib turadi. Suvaysh boʻyni Osiyoni Afrika bilan tutashtiradi. Yevropa bilan Osiyo chegarasi shartli ravishda Ural va Mugʻojar togʻlarining sharqiy etagidan, Emba daryosi, Kaspiy dengizi, Kuma va Manich daryolari boʻylab oʻtadi.
Osiyoning maydoni 44,5 million km², shundan 8 million km²i yarim orollar, 2 million km² dan ortigʻi orollardir. Osiyo dunyoda mutlaq balandliklari katta farq qiladigan qitʼadir. Dunyodagi eng baland choʻqqi (Himolay togʻlaridagi Jomolungma choʻqqisi, 8848 m), eng chuqur botiqlar, jumladan koʻl boʻlib qolgan botiqlar ham (eng chuqur joyi 1620 m boʻlgan Baykal koʻli, dengiz sathidan 392 m past boʻlgan Oʻlik dengizi), ochiq botiqlar ham (mutlaq belgisi 154 m boʻlgan Turfon soyligi) ushbu qitʼada joylashgan.
Tabiati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Orografiyasining asosiy xususiyatlari. Osiyo maydonining 3/4 qismi togʻlar va yassitogʻlardir. Eng baland togʻlar Markaziy va Oʻrta Osiyodadir. Tibet, Tyanshan, Pomir, Himolay, Hindukush, Qoraqurum va Oʻrta Osiyodagi bir qancha togʻ tizmalarining balandligi 7000 m dan oshadi. Kichik Oroldagi, Ar-maniston, Eron togʻliklari, Hin-dixitoy yarim orol, Yapon orollari va boshqa orollardagi togʻlar ham ancha baland. Keng Oʻrta Sibir yassi-togʻligi janubidan Oltoy, Gʻarbiy va Sharqiy Sayan togʻlari bilan oʻralgan; undan sharqda Baykal-boʻyi va Zabaykalye togʻlari, Stanovoy va Aldan togʻliklari joylashgan. Rossiya Federatsiyasining Shimoli-sharqida Yuqori Yana, Cherskiy tizmalari, Kolima togʻligi, Chukotka va Kamchatka togʻlari bor. Kamchatkada, Sha-rqiy Osiyo orollarida va Malay arxipela-gida soʻnmagan vulkanlar bor.
Osiyo maydonining 1/4 qismi tekisliklardan iborat. Eng yirik tekisliklari: Gʻarbiy Sibir, Turon, Buyuk Xitoy, Hind-Gang, Mesopotamiya. Togʻlar orasidagi balandroq tekisliklar — Qashqar, Jungʻoriya, Gobi, Saydam va Fargʻona vodiylari.
Relyefi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Togʻlar va tekisliklarning asosiy xususiyatlari mezozoy va alp togʻ burmalanishlarida tarkib topgan. Neogen va antropogen davrlardagi vertikal harakatlar Markaziy Osiyoda, ayniqsa, kuchli boʻlgan (Pomir, Tibet, Himolay togʻlari 4000 m dan koʻproq koʻtarilgan, materikning sharqiy chek-kasi 700 m gacha choʻkkan). Kopetdogʻ, Fargʻona tizmalari, Tyanshan, Hisor-Olay togʻlari ham anchagina koʻtarilgan. Eroziya taʼsirida koʻpgina qad. yassitogʻliklar juda oʻydimqir togʻli oʻlkalarga lanib qolgan. Oʻrta va Markaziy Osiyoda keng maydonlar lyoss bilan qoplangan.
Antropogen davrida shimoli-gʻarbiy Osiyoning 60° sharqidan shimoliy qismini yoppasiga bir necha bor muzlik bosgan va qaytgan. Oʻsha zamonlarda togʻlarni muz qoplagan. Qoraqurum, Pomir, Tyanshan, Hindukush, Himolay togʻlarida hozir ham muzliklar bor. 47° shahrik.gacha zamin qishin-yozin muzlab yotadi. Osiyo relyefining tarkib topishida vulkan hodisalari katta rol oʻynagan. Hindiston yarim orol va Oʻrta Sibir qad. vulkan jinslari (trapplar) yer yuzasiga chiqib yotadi. Sharqiy Osiyodagi qator orollarda, Kamchatka yarim orol, Filippin, Katta va Kichik Zond orollarida yosh vulkan relyefi shakllari va zamonaviy vulkanizm hodisalari uchraydi.
Geologik tuzilishi va foydali qazilmalari. Osiyo proterozoy erasining oxiridan buyen burmalanmagan bir qancha yirik tokembriy platformalaridan hamda bu platformalar orasida joylashgan va qisman dengiz tubiga kirib ketgan burmali keng oʻlkalardan iborat. To kembriy platformalarining eng yiriklari: shimolida Sibir platformasi, sharqda Xitoy-Koreya platformasi va Janubiy Xitoy platformasi, janubiy va janubi-gʻarbda Hindiston platformasi. Bular Osiyo materigining qad. qismlaridir. Platformalar yoki platformalarning ayrim qismlari orasida paleozoy, mezozoy va kaynozoy geosinklinallarida paydo boʻlgan burmali togʻ mintaqalari materiklarning ana shu qad. yadrolarini bir butun qilib birlashtirgan. Osiyo gʻarbiy qismining geologik tarixida Sharqiy Yevropa platformasi muhim rol oʻynagan — paleozoy oxirida shu platformaning sharqiy chekkasi boʻylab Ural va Markaziy Qozogʻiston burmali togʻlari koʻtarilgan, oqibatda Yevropa bilan Osiyo birbiriga qoʻshilib Yevrosiyo paydo boʻlgan.
Gersin burmali togʻlari Sharqiy Yevropa va Sibir platformalari orasida Shimoli-sharqiy va meridian yoʻnalishda (Taymir, Ural), Qozogʻiston, Salair va Janubiy Oltoyda shimoli-gʻarbiy yoʻnalishda, Tyanshan, Mon-goliyada, Xitoyning gʻarbiy qismlarida kenglik boʻylab (Kunlun, Nanshan), Dunbeyda shimoli-sharqiy yoʻnalishda choʻzilgan.
Alp burmalanishi Alp (AlpHimolay) burmali oblastini oʻz ichiga oladi. Bu yerda mezozoy erasida Te-tis geosinklinali 2 mustaqil materik — Angarida va Gondvanani bir-biridan ajratib turgan. Kavkaz, TurkmanistonXuroson, Paropamiz, Hindukush, Pomir, Hisor-Olay, Tavr, Zagros, Makron, Sulaymon, Himolay togʻlari alp burmalanishida paydo boʻlgan.
Osiyoning eng sharqiy chekkasi hozirgi zamon geosinklinal mintaqasidan iborat boʻlib, materikni Tinch okean qaʼridan ajratib turadi.
Neogen va antropogenda Osiyo materigida Yer pusti vertikal va gorizontal yoʻnalishda harakat qilgan. Baland togʻ-yaar 1-4 km va undan ham koʻproq koʻtarilgan (mas, Tibet, Pomir), togʻlar orasidagi botiklar va chekka dengizlar (Yapon, Oxota va boshqalar) esa hiyla choʻkkan.
Osiyo qitʼasi qiyosan yaqin geologik davrlarda shakllangan. Paleozoy boshlarida Sharqiy Yevropa, Sibir, Xitoy-Koreya va Janubiy Xitoy platformalari quruqlik boʻlgan yoki sayoz dengiz tubida yotgan. Hindiston platformasi va Arabiston yarim orol platformasi Gondvana materigining tarkibiy qismi boʻlib, ular Tetis geosinklinali parchalanib ketgandan soʻng Angaridaga qoʻshilib, Osiyo materigini hosil qilgan.
Osiyo foydali qazilmalari nihoyatda xilma-xil. Qozogʻiston (Qaragʻanda havzasi va boshqalar), Sibir (Kansk-Achinsk, Lena, Kuznetsk, Minusinsk, Tunguska havzalari), Uzok, Sharq (Saxalin orol, Primorye), Xitoy, Koreya, Hindis-ton, Oʻrta Osiyo, Vyetnam va Yaponiyada kumir konlari bor. Osiyodagi Zakavkazye, Gʻarbiy Sibir tekisligi, Turkmanis-ton, Mangʻishloq yarim orol, Kaspiy boʻyi payettekisligi, Saxalin, Fors qoʻltigʻi sohili — Saudiya Arabistoni, Kuvayt, Katar, Iroq, Eron, BAA neftga boy rayonlar; Xitoy (Gansu viloyati), Indoneziya (Sumatra orol), Xindiston, Bruney, Yaponiya (Xonsyu orol) va boshqa baʼzi mamlakatlarda ham neft qazib olinmokda. Yonuvchi gaz konlari Oʻzbekiston (Gazli, Buxoro depressiyasidagi boshqa konlar), Gʻarbiy Sibir tekisligi, Mangʻishloq yarim orol, Yaqin va Oʻrta Sharqning yuqorida tilga olingan mamlakatlarida joylashgan. Osh tuzi konlari Sibir platformasi, Pokiston, Eron, Kaspiy boʻyi payettekisligi, Oʻrta Osiyoda. Temir rudasi konlari — Oltoy landshafti.
Qozogʻiston, Sibir, Xitoy, Shimoliy Koreya, Hindistonda. Hindiston, Zakavkazyeda yirik marganets konlari bor. Xrom rudasi konlari — Krzogʻiston shimoli-garbi, Turkiya, Filippin, Eronda. Nikel — Norilskda, mis rudasi — Qozogʻiston (Jezqazgʻan, Qoʻngʻirot va boshqalar), Sibir shim., Yaponiyada; polimetall rudalari — Oʻrta Osiyo (Kr-ramozor, Qoratov va boshqalar), Rudali Oltoy, Yaponiya, Sharqiy Xitoy, Myanma, Vyetnamda. Boksit — Krzogʻiston, Krasnoyarsk oʻlkasi, Hindiston, Myanma, Indoneziyada; fosforit — Qozogʻiston; qalay — Sharqiy Sibir, Uzoq Sharqda. Oltin — Shim.Sharqiy Sibir, Aldan, Lena daryosi bosh tomoni, Amur-boʻyi, Qozogʻistonning shim., Oʻzbekiston, Koreya yarim orol, Yaponiyada va hokazo Olmos konlari Yakutiyaning gʻarbiy Femida ishga tushirilgan.
Iqlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Quruq maydonining kengligi, togʻ toʻsiqlari va berk botikdarning koʻpligi, quyosh radiatsiyasi, atmosferadagi harakatlar iqlimining xilma-xil boʻlishiga imkon bergan. Osiyoda barcha iqlim zonalari — tundra iqdimi zonasidan ekvatorial va janubiy tropik iqlim zonalarigacha uchraydi. Osiyo koʻp qismining iqlimi kontinental. Atlantika havosi Osiyoga yetganda kontinental havoga aylanadi. Tinch okeanning dengiz havosi Osiyoning sharqiy chekkasiga taʼsir etadi. Shimolidan Orolga Arktika havosi bemalol kirib keladi. Orol janubida tropik va ekvatorial havo massalari hukmron. Yozda suv yuzasiga nisbatan quruqdikning tezroq isishi va qishda kuchliroq sovishi atmosfera harakatlarida mavsumiy oʻzgarishlarga olib keladi. Quruqlikning qishda sovib ketishi Shimoliy va Markaziy Osiyoda koʻp oylar davomida ayozli antitsiklon turishiga sabab boʻladi. Eng past temperatura Shimoliy yarim sharning sovuqlik qutbi joylashgan Shimoli-sharqdadir (Verxoyansk, Oymyakon), bu yerda ayrim hollarda sovuq —70° ga yetadi, yanvarning oʻrtacha temperaturasi —50° dan ham past. Yezda Gʻarbiy, Oʻrta va Markaziy Osiyoda jazirama va quruq kon-tinental tropik havo tarkib topadi. Yezda butun Osiyo ustida, xususan, janubiy qismida bosim past boʻladi. Osiyo depressiyasi (past bosim) markazi Hindiston yarim orolning gʻarbiy qismidadir. Depressiyaning janubiy chetlari boʻylab, Osiyoga yozgi musson kirib kelib, Hindiston yarim orol, Himolay janubiy va Hindixitoy yarim orolda koʻplab yomgʻir yogʻishiga sabab boʻladi. Sharqiy Osiyo yozda Tinch okean qutb fronti taʼsirida turadi. Yozgi musson koʻplab yogin olib keladi. Kuzda sharqiy Osiyo qir-gʻoklari yaqinida qattiq dovul — tropik siklon (tayfun) turib, jala yogʻadi.
Sibirning koʻpgina qismida yanvarning oʻrtacha temperaturasi —20°, Verxoyanskda —50°, Tinch okeanning Shimoliy Osiyo qir-gʻoklari yaqinida esa —15°, —5°. Osiyo yanvar izotermasi Samarqand, Nankin va Tokiodan oʻtadi. Tropiklarda qishda temperatura 20°—25°. Iyulda Gʻarbiy Osiyo va Oʻrta Osiyo (oʻrtacha temperatura 30° va undan baland), Taklamakon va Tar choʻllari ayniqsa isib ketadi. 20° izoterma 55—60° shahrik. gacha yetib bo-radi. Shimoliy Osiyoda doimiy toʻng yer koʻp. Ekvatorial mintakada yiliga 2000 mm, Janubiy va Sharqiy Osiyoning dengiz so-hilidagi shamolga roʻpara yon bagʻirlarda 2000 — 3000 mm (baʼzi joylarda 8000-12000 mm) yogʻin yogʻadi. 1861-yil Che-rapunjida 22900 mm yogʻin yoqqan. Shar-qiy Sibirda 350 mm dan kam, Oʻrta, Markaziy va Gʻarbiy Osiyo choʻllarida 150- 200 mm, baʼzi joylarda 100 mm dan kam yogʻin yogʻadi.
Ichki suvlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Osiyo — azim daryolar oʻlkasi. Ob (Irtish bilan), Yenisey (Angara bilan), Lena (Aldan, Vilyuy bilan), Yana, Indigirka, Kolima Shimoliy Muz okeaniga, Anadir, Amur (Sungari, Ussuri bilan), Xuanxe, Yanszi, Sits-zyan, Mekong, Menam Tinch okeanga, Saluin, Iravadi, Brahmaputra, Gang, Hind, Shatt ul-Arab Hind okeaniga quyiladi. Osiyoda kichikroq daryolar Azov, Qora, Oʻrtadengizlargaquyiladi. Kura, Amudaryo, Sirdaryo, Ili daryolari Kaspiy, Orol dengizlari va Balxash koʻliga quyiladi. Berk havza daryolarining bir qismi koʻllarga quyiladi, bir qismi qum yoki shoʻrxoklarga singib ketadi yoki butunlay sugʻorishga sarf boʻladi (Tarim, Chuy, Hilmand).
Osiyoning eng yirik koʻllari Kaspiy va Orol dengizlaridir. Hozir Orol qurib, juda kichrayib qolgan. Baykal, Issiqkoʻl, Xubsugul koʻllari, Ulik dengiz, Van, Urmiya, Telets koʻllari tektonik botiqlardadir. Bir qancha koʻllar togʻlarning qulashidan (Sarez koʻli), karst nati-jasida (Gʻarbiy Tavr koʻllari) paydo boʻlgan, shuningdek, shoʻr koʻl koʻp (Kukunor, Tuz va boshqalar). Daryolarga GESlar qurilishi na-tijasida yirik suv omborlari vujudga kelgan: Bratsk (Angara), Krasnoyarsk (Yenisey), Novosibirsk (Ob), Buxtarma (Irtish), Farhod, Qayroqqum, Chordara (Sirdaryo) suv omborlari va hokazo Qurgʻoqchil oʻlkalarda yer osti suvlari katta ahamiyatga ega. Oʻrta, Markaziy va Gʻarbiy Osiyodagi vohalarda buloq, quduq va artezian suvlaridan keng foydalaniladi.
Osiyoning daryo va koʻllari muhim transport yoʻllaridir. Koʻpgina daryolar katta gidroenergiya zaxirasiga ega. Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston, Yaponiya, Koreya va Xitoyda energiyadan, ayniqsa, koʻp foydalaniladi.
Tuproqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Osiyoda Yer sharidagi barcha tuproq tiplari uchraydi. Shimolidan jan.ga tomon issiqlikning orta borishi va namlik rejimining oʻzgarishi bilan tuproqlar ham almashina boradi. Osiyoda podzol tuproq ayniqsa koʻp maydonni egallagan. Gʻarbiy, Markaziy va Oʻrta Osiyoda boʻz tuproklar, qoʻngʻir oʻrmon tuproklari eng koʻp maydonni egallagan. Subtropik togʻlarda va moʻʼta-dil mintaqaning janubiy qismi, sharqi va garbida togʻ oʻrmon koʻngʻir tuproklari, Tibet togʻligida baland choʻl tuproklari va togʻ oʻtloqi tuproklari asosiy tup-roqtiplaridir. Xitoyning chekka janubi-sharqida Yaponiya, Xindiston, Hindi-xitoy va Indoneziyada kizil tuproklar asosiy oʻrin tutadi. Vodiylar va deltalarda oʻtloq va allyuvial oʻtloqi tuproklar keng maydonni egallagan.
Oʻsimliklari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Osiyo ikki fitoge-ografik oblastga — Golarktika oblasti bilan Paleotropik oblastiga kiradi. Paleotropik flora doimiy issiq ikdim sharoitida rivojlangan boʻlib, turlarga nihoyatda boy. Golarktika flo-rasi muz bosishlar, togʻ koʻtarilishlari taʼsiridan ancha kamayib ketgan. Shimolidan janubga tomon iklimning uzgari-shi bilan oʻsimlik tiplari ham oʻzgara bo-radi — bu yerda tundradan tortib Janubiy yarim shardagi sernam ekvatorial urmonlar va savannalargacha uchraydi.
Chekka shimolida tundra zonasi joylashgan. Tundrada oʻrmon yoʻq. Tundra bugʻular yaylovi (lishaynikli tundra — qishki yaylov, oʻtli va butali tundra —yozgi yaylov) hisoblanadi. Tundradan janubida oʻrmonli tundra joylashgan; oʻrmonli tundrada tundra bilan birga siyrak pakana yel oʻsadigan oʻrmonli joylar ham uchraydi. Undan janubida oʻrmonlar zonasi joylashgan; urmonlar zonasi aksari tayga urmonlaridan iborat; mayda bargli va keng bargli oʻrmonlar (sharqda) kamroq maydonni egallagan. Sibirning janubi-gʻarbiy hududlarida, Zabaykalye va Mongoli-yaning shimoliy qismlarida, shuningdek, Xitoyning Shimoli-sharqida oʻrmonli dasht va dasht oʻsimliklari; Qozogʻistonning janubida, Oʻrta va Markaziy Osiyoda, shuningdek, Gʻarbiy Osiyo togʻliklarida va Arabiston yarim orolda chala choʻl va choʻl oʻsimliklari oʻsadi. Osiyoning gʻarbiy qismlarida Oʻrta dengiz tipidagi oʻsimliklar uchraydi. Sharqiy Osiyoning subtropiklarida doim yashil va aralash musson oʻrmonlari hamda savannalar tarqalgan, dengiz sohilidagi shamolga roʻpara yon bagʻirlarni doim yashil oʻrmonlar qoplab olgan. Togʻlarda oʻsimliklar balandlik mintaqalarini hosil qilgan, togʻ tundrasi, togʻ taygasi, togʻ oʻrmonlari, togʻ dashtlari va choʻllari, togʻ subtropik va tropik oʻsimliklari uchraydi.
Hayvonot dunyosi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Osiyo faunasi materik faunasidan iborat. Endemik hayvonlardan hind fili, ulkan panda, ikki oʻrkachli tuya, Tailand gʻorlarida juda kichik koʻrsichqon-uzuntumshuq, Yaponiyaning janubiy sohillari yaqinida changallari uz. 2 m li oʻrgimchak va boshqa bor. Koʻpgina hayvonlari Yevropa, Shimoliy Amerika va Afrika hayvonlariga oʻxshaydi. Arabiston yarim orolning janubi Afrika bilan birgalikda Efiopiya zoo-geofafik oblastiga kiradi. Fil, karkidon, bugʻu, tovuslar ana shu oblastga xos hayvonlardir. Kichik Zond orollari Avstraliya zoogeografik oblasti tarkibida. Janubiy Osiyoning boshqa rayonlari Hindiston-Malay oblastiga kiradi. Orolning qolgan qismi Golarktika oblastining Yevrosiyo qismiga — Palearktikaga mansub. Shimoliy soxillar, tundra, tayga, dasht, choʻl, togʻ choʻllari, Markaziy Osiyo togʻlari, Uzok, Sharkning keng bargli va subtropik oʻrmonlari, Janubiy Osiyo tropik oʻrmonlari zoogeofafik zonalari bor. Keng maydonlarda inson taʼsirida hayvonot dunyosi oʻzgarib, kamayib qolgan (Shar-kiy Xitoy, Hindiston, Yava orol, Gʻarbiy Sibirning jan.). Keyingi vaqtda amalga oshirilgan tadbirlar bir qancha noyob hayvonlar (sobol, saygʻoq, los va boshqalar)ni koʻpaytirish va areallarini tiklashga imkon berdi. Oʻrta Osiyoda asosan, choʻl hay-vonlari yashaydi. Bu yerda YUNESKOning „Kizil kitobi“ga yozilgan noyob xayvonlardan kulon, Buxoro bugʻusi — xongul, oq tirnoqli ayiq, menzbir sugʻuri qoʻrikdanadi.
Qadim zamonlarda os-suriylar, bobilliklar, hindlar, xitoylar, misrliklar va boshqa Osiyo geo-grafiyasidan ozmi-koʻpmi tasavvurga ega boʻlganlar. Qad. Misr, Yunoniston —Fors urushlari (miloddan avvalgi 477—449), M akedoniyal ik Aleksandr yurishlari (miloddan avvalgi 4-asr), Misrning Hindiston bilan dengiz or-qali savdo ^lishi, Xitoy elchisi Chjan Syanning Oʻrta Osiyoda boʻlishi (miloddan avvalgi 2-asr), Ipak yoʻlining ochilishi, rimliklarning harbiy yurishlari natijasida Osiyo toʻfisida maʼlumotlar toʻplandi. Oʻrta asrlarda Osiyo haqida oʻrta-osiyoliklar va arablar (Masʼudiy, Idrisiy, Beruniy, Mahmud Koshgʻariy, Muhammad Xo-razmiy, Ibn Bat-tuta va boshqalar), xitoylar (Syuan-Szan va boshqalar), yevropaliklar (salib yurishlari, Karpini, Rubruk) anchagina maʼlumotlar ber-dilar. Xususan, 10-asr oxirida yozilgan „Xudud ul olam“ asarida Osiyo geografiyasi oʻsha zamonga nisbatan ancha toʻgʻri bayon etilgan. 13-asr oxirida venetsiyalik Marko Polo Markaziy Osiyoni kesib oʻtdi va oʻz safarlari haqida asar yezdi. Shimoliy Muz okeanining Osiyo sohilini ruslar oʻrgandi. 1441—44 yillarda Abdurazzoq Samarqandiy Hirot shahridan Eron orqali Hindistonga sa-far qilgan va koʻrganlarini yozib qoldirgan. Rus savdogari Afanasiy Nikitin ham 1466—72 yillarda Erondan oʻtib, Hindistonga bordi. Portugallar dengiz orqali Hindistonga (1498, Vas-ko da Gama), Yaponiyaga (1542) bordilar, 1520-yil Makaoda oʻrnashib qoldilar. 1521-yil Magellan Filippin orollariga yetib bordi. Zahiriddin Boburning „Boburnoma“ asarida hozirgi Oʻzbekiston, Afgʻoniston va Hindiston geografiyasi batafsil va qiziqarli tasvirlangan. 1581—82 yillarda Yermak Sibirga yurish qildi. 1639-yil I. Moskvitin Oxota dengiziga, 1643-yil V. Poyarkov Amur daryosiga yetib bordi. 1649—52 yillarda Ye. Xabarov Amur boʻylab sayohat qildi. 1697—99 yillarda V. Atlasov Kamchatkani tadqiq qildi. 17-asrning 2-yarmida P. I. Godunov va S. U. Remezov Sibirning dastlabki haritalarini tuzdilar. 1768—74 yillarda Rossiya akademik ekspeditsiyasi Shimoliy Osiyo va Kavkazni oʻrgandi. Eversman (1820—25) va G. S. Karelin (1832—42) Oʻrta Osiyo tekisliklarini, A. F. Middendorf (1877—78) Fargʻona vodiysini oʻrgandi. 1848—63 yillarda A. I. Butakov Orol dengizi, Amudaryo va Sirdaryo haqida asar yozdi. 19-asr oʻrtalaridan turli ilmiy tashkilotlar va harbiy muassasalarda tadqiqot ishlari rivojlana boshladi. Osiyoning ayrim oʻlkalari haqida davriy nashrlar va monografiyalar soni koʻpaydi. Rossiya geografiya jamiyati to-monidan Sibir, Uzoq Sharq, Kavkaz, Markaziy Osiyo, Oʻrta Osiyoga koʻplab ekspeditsiyalar uyushtirildi va bu oʻlkalar tabiati ancha mukammal 19-asr oxiri va 20-asr I. V. Mushketov, L.S.Bergning Oʻrta Osiyo, V. A. Obruchevning Sibir, V. L. Komarovning Kamchatka, A. N. Krasnov va A. I. Voyeykovning Sharqiy va Janubiy Osiyoga doir tadqiqotlari muhim ahamiyatga ega.
20-asrda tadqiqotlar natijasida Osiyoda bir qancha muhim kashfiyotlar qilindi. Osiyoning Arktika kismi tabiati mukammal oʻrganildi (Arktikada bir qancha orollar kashf etildi, Shim.-Sharkiy Sibir, Pomirning orografik sxema-si yangidan tuzildi va hokazo).
Aholisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Osiyoda 4,54 mlrd. aholi yashaydi (2022), bu Yer shari aholisining 60,6 %ni tashkil etadi.
Antropologik tarkibi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gʻarbiy Osiyo, Jan., Sharqiy va Janubi-Sharqiy Osiyoning asosiy qismlarida insoniyat tarixining ilk davrlaridayoq odamlar yashagan, kuyi paleolit davrida Jan.-Gʻarbiy Oda ehtimol, hozirgi tipdagi odam (Homo Sapiens) tarkib topgan. Osiyoning katta qismida odamlar yuqori paleolit va mezolit davridan yashay boshlagan. Osiyodan odamlar Amerika, Avstraliya, Okeaniyaga oʻtgan. Osiyoda yevropoid, mongoloid, avstroloid irklari kelib chiqqan. Aholining koʻp qismi 55,4 % mongoloid irkining turli guruxlariga kiradi. Gʻarbiy Osiyo, Shimoliy Hindiston, Oʻrta Osiyo xalklari (tojiklar) yevropoid irqiga mansub. Bir kancha kam sonli xalkdar avstroloid irqi vakillaridir. Gʻarbiy Sibir past-tekisligi, Janubiy Ural, Oltoy, Qozogʻiston, Oʻrta Osiyo, Shimoliy Hindistondagi bir qancha xalklar (30 mln.ga yaqin) yevropoid-mongoloid aralash irkiga mansub.
Osiyo aholisining etnik tarkibi nihoyatda xilma-xil. Bu yerda koʻplab til oilalari va guruxlariga mansub bir necha yuz xalq yashaydi.
Aholisining joylashishi. Osiyoda aholi notekis joylashgan. 1 km² da aholining oʻrtacha zichligi 87 kishi. Yaponiya (1 km² da 336 kishi), Livan (430 kishi), Koreya Respublikasi (493 kishi), Shri Lanka (295 kishi), Hindistonda (314 kishi) aholi zich. Janubiy va Markaziy Xitoydagi sohillar va yirik daryolarning vodiylari, Yaponiyaning janubiy qismida, Gang daryosi boʻyida va Brahmaputra etaklarida, Hindiston yarim orolning sharqiy sohili, Mekong daryosi vodiysi, Yava orolda 1 km² ga 1000—1500 kishi, baʼzi joylarda undan ham koʻp kishi toʻgʻri keladi. Shu bilan bir qatorda Markaziy Osiyo, Shimoliy va Gʻarbiy Osiyoning koʻp joylarida aholi juda siyrak. Choʻllarda (Rub ul-Holiy, Dashti Kabir, Taklamakon, Gobi) va Tibet, Himolay, Hindukush togʻlarining baland joylarida aholi deyarli yashamaydi.
Demografik tarkibi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2000— 01 yillarda har 1000 kishi hisobidan tugʻilish 22, oʻlim 8, tabiiy oʻsish 14 nafarni tashkil qildi. Yevropada esa tabiiy koʻpayish —1 ga, Afrikada +24 ga, Amerikada +13 ga, Okeaniyada +11 ga, butun dunyo boʻyicha esa +13 ga teng. Osiyoda oʻrtacha umr uzunligi erkaklarniki 65 va ayollarniki 68 yosh. Lekin bolalar orasida oʻlim ancha yuqori: har 1000 ta bolaga 55 ta toʻgʻri keladi (qiyoslash uchun: Afrikada 88 ta, Amerikada 25 ta, Okeaniyada 28 ta, Yevropada 9 ta). Osiyoda 15 yoshgacha boʻlgan bolalar butun aholining 30 %ni, Yevropada 18 %ni, Amerikada 28 %ni, Afrikada 43 %ni tashkil etadi. 64 yoshdan katta kishilar Osiyoda 6 % boʻlgani holda Yevropada 15 %, Amerikada 8 %, Afrikada 3 %, Okeaniyada 10 %dir.
Siyosiy boʻlinishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ilk sivilizatsiya markazlari qadimda Osiyoda yuzaga kelgan. Bu yerda asrlar davomida buyuk davlatlar (Bobil, Shumer, Ossuriya, Harappa, Urartu va boshqalar) hamda saltanatlar (Boburiylar, Usmoniylar) yuzaga kelgan va parchalanib ketgan. 19-asrlarda Osiyo hududidagi bir qancha mamlakatlar yevropaliklarning mustamlakalari boʻlgan. Osiyo siyosiy xaritasida 20-asrda juda katta oʻzgarishlar roʻy berdi. Milliy ozodlik kurashi oqibatida Moʻgʻuliston (1921), Vyetnam (1945), Koreya (1948), shuningdek, Birlashgan Qirollikning sobiq mustamlakalari mustaqillikka erishdi (Hindiston, Pokiston, Bangladesh, Shri Lanka, Iordaniya, Maldiv orollari, Malayziya, Singapur, Yaman, Indoneziya, Suriya, Livan, Laos, Kambodja). Falastinning bir qismida Isroil davlati va Falastin muxtoriyati paydo boʻldi. 1971-yil Abu Dabi, Dubay, Sharja, Al Fujayra, Umm al-Kayvayn, Ajman amirliklarining birlashuvidan Birlashgan Arab Amirliklari davlati tuzildi. 1991-yilda Rossiya imperiyasining parchalanib ketishi oqibatida Oʻrta Osiyoda Oʻzbekiston, Turkmaniston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Qozogʻiston mustaqillikka erishdi. Osiyo hududining 1/4 qismidan koʻprogʻi, uning shimoliy qismi Rossiya Federatsiyasi tarkibida. 2000-yilda Sharqiy Timor davlati tashkil topdi.
Osiyo orol mamlakatlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ National Geographic Family Reference Atlas of the World. Washington, DC: National Geographic Society (U.S.), 2006 — 264-bet.
- ↑ „Population of Asia. 2019 demographics: density, ratios, growth rate, clock, rate of men to women.“. www.populationof.net. Qaraldi: 2-iyun 2019.
- ↑ Falastin mintaqalarining davlat sifatida shakllanishi hali oʻz nihoyasiga yetmagan.
Bibliografiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Lewis, Martin W.; Wigen, Kären. The myth of continents: a critique of metageography. Berkeley and Los Angeles: University of California Press, 1997. ISBN 978-0-520-20743-1.
- Ventris, Michael; Chadwick, John. Documents in Mycenaean Greek, 2-, Cambridge: University Press, 1973.
Oʻqish uchun
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Embree, Ainslie T., ed. Encyclopedia of Asian history (1988)
- Higham, Charles. Encyclopedia of Ancient Asian Civilizations. Facts on File library of world history. New York: Facts On File, 2004.
- Kamal, Niraj. „Arise Asia: Respond to White Peril“. New Delhi: Wordsmith, 2002, ISBN 978-81-87412-08-3
- Kapadia, Feroz, and Mandira Mukherjee. Encyclopaedia of Asian Culture and Society. New Delhi: Anmol Publications, 1999.
- Levinson, David, and Karen Christensen, eds. Encyclopedia of Modern Asia. (6 vol. Charles Scribner’s Sons, 2002).
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Osiyo haqida turkum mavjud |
- „Display Maps“. The Soil Maps of Asia. European Digital Archive of Soil Maps – EuDASM. 12-avgust 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-iyul 2011-yil.
- „Asia Maps“. Perry–Castañeda Library Map Collection. University of Texas Libraries. 18-iyul 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-iyul 2011-yil.
- „Asia“. Norman B. Leventhal Map Center at the Boston Public Library. 29-sentabr 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-iyul 2011-yil.(Wayback Machine saytida 2011-09-29 sanasida arxivlangan)
- Bowring, Philip (12-fevral 1987-yil). „What is Asia?“. Eastern Economic Review. 135-jild, № 7. 28-iyul 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 22-aprel 2009-yil.
{{cite magazine}}
: Andozada hech qanday qiymat berilmagan (boʻsh) nomaʼlum parametr mavjud:|seperator=
(yordam); More than one of|archivedate=
va|archive-date=
specified (yordam); More than one of|archiveurl=
va|archive-url=
specified (yordam)CS1 maint: date format () (Wayback Machine saytida 2011-07-28 sanasida arxivlangan)