Kontent qismiga oʻtish

Katta oʻyin (siyosat)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Katta oʻyin (rus. Большая игра, ing. The Great Game) - 1813-1907-yillarda Britaniya Imperiyasi va Rossiya Imperiyasi oʻrtasida Markaziy Osiyoni egallab olish uchun geosiyosiy raqobat.

Katta oʻyin davridagi «Meni doʻstlarimdan qutqaring» nomli karikatura (Afgʻon amiri Shir-Ali Rossiya (ayiq) va Britaniya (sher) orasida).
1911-yil karikaturasi: Britaniya (sher) va Rossiya (ayiq), Forslar (mushuk) orasida.

«Katta oʻyin» termini ilik bor Britaniya maxsus xizmatlari ofitseri Artur Konnoli (Artur Konnoli 1842-yilning 17-iyun kuni Buxoroda qatl etilgan) tomonidan aytilgan. Ushbu terminning keng koʻlamda ishlatilishida Ingliz yozuvchisi Redyarda Kiplingning hissasi katta, u «Kim» nomli romanida ushbu terminni keng tarzda qoʻllagan.

Ekspansiya sabablari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rossiya Imperiyasi Markaziy Osiyoni egallab olib uning xalqlarini qaram qilish, qazilma va yer boyliklarini oʻzlashtirish, Markaziy Osiyo paxtasiga ega boʻlish va oʻz pozitsiyasini mustahkamlashga qaratgan edi.

Britaniya Imperiyasi birinchi navbatda Hindistonni qoʻldan chiqarmaslik uchun Markaziy Osiyoni egallashi zarur edi, chunki Rossiya Imperiyasi Hindistonga qanchalik hududi boʻyicha yaqinlashsa Hindlar yurti ham ruslar qoʻliga qaram boʻlishi ehtimoli yuqori boʻlar edi.

Voqealar xronologiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 1838-yilning dekabr oyida Britaniya armiyasining 30 ming askari Afgʻoniston hududiga bostirib kirib Qobul taxtiga Britaniya Toji nomzodi shoh Shoʻjani qoʻyishdi. Oʻshanda Britaniya okkupatsiyasi uch yil davom etdi.
  • 1841-yilning noyabr oyida shoh Shoʻja taxtdan agʻdarildi. Britaniyalik agent Aleksandr Byorns olomon tomonidan shafqatsizlarcha oʻldirildi, qolgan inglizlar mamlakatdan quvib chiqarildi.
  • 1854-1880-yillarda Rossiya Imperiyasi Oʻrta Osiyoni egallab olganidan keyin, qarama-qarshilik yanada kuchaydi. Britaniya Bosh Vaziri Benjamin Dizraeli Qirolicha Viktoriyaga xat yuborib Rus armiyasini Kaspiy dengizigacha quvib yuborib oʻz pozitsiyasini mustahkamlamoqchi ekanini aytdi.
  • 1978-yilning yozida Rus Imperatori Aleksandr II Turkistondagi 20 ming askarni Afgʻonistonning Balx, Bamian va Qobulga yurish uchun safarbar etdi. Ittifoq tuzish uchun general Nikolay Stoletov Afgʻoniston Amiri Shir-Ali huzuriga keldi. Oʻshanda ular Kashmir va Chitralga yurish boshlanishi kerak edi, ammo ushbu yuish amalga oshmadi.
  • Afgʻon Amiri Shir-Alining Ruslarga boʻlgan sodiqligi Britaniya Bosh Vaziri Dizraelini 2-Ingliz-Afgʻon urushini boshlashga undadi. 1879-yilning yanvarida 39 ming askardan iborat Britaniya armiyasi Qandahorga kirishdi. Afgʻon Amiri Britaniyaliklar bilan kelishuv tuzishiga toʻgʻri keldi. Shundan soʻng 100 ming askardan iborat Afgʻon baynalminalchilari Inglizlarni Qobulda qamal qilishdi. 1880-yilda Benjamin Dizraeli omadsizlikdan soʻng Parlament saylovlarida magʻlubiyatga uchradi. Dizraeli oʻrniga kelgan Vilyam Gladston Britaniya armiyasini Afgʻoniston hududidan olib chiqdi va Amir bilan ittifoq tuzdi.
  • 1885-yilda Rus-Ingliz dushmanligi eng kuchli pallaga keldi va oʻsha yil «Afgʻon Inqirozi» deb nom oldi. General Aleksandr Komarov Rus armiyasini Marv tomonga boshlab bordi va Panjde tomonga yaqinlashib bordi. Oʻz navbatida Britaniya tomoni Afgʻon Amiridan ruslarni janubdan quvib chiqarishni talab qildi. 1885-yilning 18-mart kuni boʻlib oʻtgan «Koʻshk jangi»dan soʻng ikki tomon oʻrtasida muzokaralar boshlandi, keyinroq Rossiya Imperiyasi va Afgʻoniston oʻrtasida davlat chegarasi qisman aniqlab olindi.
  • 1890-1894-yillarda Rossiya va Britaniya Imperiyalari oʻrtasida Pomir ustidan nazorat qilish uchun kurash boshlandi. 1891-yilda Britaniya armiyasi Pokiston shimolida joylashgan Gilgit yaqiniga kirib borishdi va Pokiston shimolini boʻysundirishdi. Rus armiyasi tomonidan oʻtkazilgan ekspeditsiyadan soʻng Rus-Ingliz kelishuvi boʻlib oʻtdi. Kelishuvga binoan Pomirning bir qismi Afgʻoniston hududiga oʻtdi, yana bir qismi Rossiya Imperiyasidagi Buxoro amirligiga oʻtdi.
  • Qolgan yillarda Britaniya armiyasi asosan Markaziya Osiyoning sharqiy qismlariga yurishlarni amalga oshirdi. 1907-yilda Rus-Ingliz konvensiyasi tuzildi.