Bangladesh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bangladesh Xalq Respublikasi
Bangladesh davlat bayrogʻi   Bangladesh davlat gerbi
Bayroq Gerb
Shior: Yoʻq
Madhiya: Amar Shonar Bangla
(My Golden Bengal)
Bangladesh Xaritasi
Poytaxt Dakka
Rasmiy til(lar) Bengal tili
Hukumat Parlamentlik Respublika
 •  Prezident   Zillur Rahman
 •  Bosh Vazir   Sheikh Hasina
Mustaqillik   Pokistondan
 •  Sana   16-dekabr 1971
Maydon  
 • Butun 144,000 km² (92-)
 • Suv (%) 7
Aholi  
 • 2011 roʻyxat 142 319 000 (9- oʻrin)
 • Zichlik 1099,3/km²
YaIM (XQT) 2010- yil roʻyxati
 • Butun AQSh$258,600 mil. (48-)
 • Jon boshiga AQSh$1,700
Pul birligi Taka (BDT)
Vaqt Mintaqasi (UTC+ 6)
 • Yoz (DST)
Qisqartma BG
Internet domen .bd
Telefon prefiksi +880

Bangladesh Xalq Respublikasi (Gono Projatontri Bangladesh) — Janubiy Osiyodagi davlat. Hind okeanining Bengaliya qo‘ltig‘i bo‘yida joylashgan. Ma’muriy jihatdan 4 viloyatga bo‘linadi, ular 19 okrug (distrikt)ni o‘z ichiga oladi. Maydoni 143,988 ming km2. Aholisi 142 319 000 kishi (2011). Poytaxti — Dakka shahri.

Davlat tuzumi[tahrir]

Bangladesh — unitar respublika. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdo‘stlik tarkibiga kiradi. 1972-yilgi konstitutsiyaga binoan davlat boshlig‘i — prezident. Bangladeshda bir palatali parlament — Milliy majlis ish olib boradi. Uning 330 deputati mamlakat prezidenti kabi 5 yil muddatga saylanadi. Ijrochi hokimiyatni prezident hukumat bilan birgalikda boshqaradi.

Tabiati[tahrir]

Bengal yoʻlbarsi

Mamlakat Gang, Brahmaputra o‘rtacha harorat 26 °C. Eng iliq oy aprelda harorat 33° dan 36° gacha bo‘ladi. Dunyodagi eng nam iqlimlardan biri shu yerda. Mamlakatning ko‘p qismiga yiliga o‘rta hisobda 1525 mm gacha yog‘in yog‘sa, ayrim tog‘ oldi hududlariga 5080 mm gacha yog‘adi. Musson davri (iyun—sentyabr) eng seryog‘in paytdir. Daryolarda timsoh, toshbaqa, baliqdar bor. Bangladesh hududining 15 % ga yaqini doimo yashil o‘rmonlar bilan qoplangan. Ularda bambuk va rotang daraxtlari (palmaning bir turi) ko‘p. Madxupur va Sundarban changalzorlarida yo‘lbars va mushuksimonlarning boshqa turlari, tog‘li joylarda fil, qoplon va karkidonlar uchraydi.

Aholisi[tahrir]

Aholisining 98% bengallar. Biharlar, santallar, munda, oraon, chakma, marma, kxas qabilar ham yashaydi. Rasmiy tili — bengal va ingliz tillari. Aholining 85% musulmon. Bangladesh tug‘ilish va aholining zichligi jihatidan dunyoda eng yuqori o‘rinlardan birida turadi. Shahar aholisi 24% ni tashkil etadi. Eng katta shaharlari: Dakka, Chittagong.

Tarixi[tahrir]

Bangladesh xaritasi

Bangladesh hududi (sobiq Sharqiy Bengaliya) da dastlabki davlat miloddan avvalgi 7 — 6- asrlarda paydo bo‘lgan. Vanga davlati (keyinchalik Bangla; davlatning hozirgi nomi ham shundan kelib chiqqan) shularning biri bo‘lgan. Miloddan avvalgi 4-asrdan milodiy 5-asrgacha Bangladesh hududi turli g‘ind saltanatlari tarkibida bo‘ldi[1]. 6-asrda u G‘arbiy Bengaliya bilan yagona Bengaliya davlati bo‘lib shakllandi. 13-asr boshlarida Dexli sultonligining musulmon sultonlari uni bosib olishdi. Shu tufayli bu yerda musulmon dini tarqaldi (ilgari hindu dini ustun edi). 16-asrda boburiylardan Akbarshohni Hindistonga qo‘shib oldi[2]. 18-asr boshlarida Bangladesh hududi mustaqil bo‘ldi, 1757-yildan inglizlar qo‘liga o‘tdi, so‘ngra Angliyaning Hindiston mustamlakasi tarkibidagi Sharqiy Bengaliya viloyatiga aylandi. 1947-yil Hindiston mustaqillikka erishgach, bu yerda ikki davlat — Pokiston va Hindiston vujudga kelishi munosabati bilan Sharqiy Bengaliya Assom okrugiga qo‘shilib[3], Pokistonning yangi viloyati sifatida „Sharqiy Pokiston“ nomini oldi. Biroq G‘arbiy Pokiston bilan bo‘lgan iqtisodiy va siyosiy ziddiyatlar 1971-yilda Bangladeshning mustaqil deb eʼlon qilinishiga olib keddi. 1974-yildan Bangladesh — BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 26-mart — Mustaqillik kuni. O‘zbekiston Respublikasi bilan diplomatik munosabatlarni 1992-yil oktyabrda o‘rnatgan[4].

Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari[tahrir]

Bangladesh ishchi-dehqon xalq ligasi; Xalq ligasi; Bangladesh millatchi partiyasi; Milliy xalq partiyasi; Milliy partiya. Milliy ishchi ligasi kasaba uyushmasi birlashmasi; Ishchi va xizmatchilarning birlashgan kengashi; Bangladesh kasaba uyushmalari markazi.

Xo‘jaligi[tahrir]

Bengal dehqonlari sholi maydonida.

Bangladesh — agrar mamlakat. Mehnatga layoqatli aholining 80% qishloq xo'jaligi bilan mashg‘ul. Ishlanadigan yerning 50% dan yiliga 2 — 3 marta hosil olinadi. Ammo qishloq xo'jaligi mamlakat aholisining oziq-ovqatga bo‘lgan ehtiyojini qondirolmaydi. Doimiy bo‘lib turadigan tabiiy ofatlar, ayniqsa suv toshqinlari qishloq xo'jaligi ishlarini qiyinlashtiradi. Asosiy ekinlari sholi (ishlanadigan yerning 90%ga ekiladi), jut, choy (umumiy maydoni 47 ming ga), bug‘doy, shakarqamish, dukkakli ekinlar, moyli ekinlar (raps, kunjut, xantal, arahis va boshqalar) ham yetishtiriladi. Chorvachilik kam rivojlangan. Qoramol (asosan ulov uchun), echki, qo‘y, parranda boqiladi. Baliq ovlanadi. Sanoat mamlakat ehtiyojining juda oz qismini qondiradi. Asosan qihsloq xo'jaligi xom ashyosini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Asosiy tarmoqlari — to‘qimachilik (ayniqsa, jut va ip gazlama), oziq-ovqat (qand-shakar, yog‘, tamaki, sholi, choy). Jundan mahsulot ishlab chiqarishda Hindistondan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Qog‘oz, kimyo, neft mahsulotlari, sement, mashinasozlik va sanoatning boshqa tarmoqlari korxonalari bor. Energetika mamlakat ehtiyojini qondirmaydi. Bir yilda 8,1 mlrd. kVt-s elektr energiya hosil qilinadi[5].

Transporti[tahrir]

Fregat VMS Bangladesh.

Yuklarning ko‘pi suv yo‘llari orqali tashiladi. Temir yoʻlining uzunligi 2,7 ming km, avtomobil yo‘llari uzunligi 193 ming km. Eng katta dengiz portlari — Chittagong va Chalna. Chetga jun, teri mahsulotlari, choy, baliq chiqaradi. Xalqaro aeroporti — Dakka shahrida. 1988-yil va 1991-yildagi suv toshqinlari transport va kommunikatsiya tizimiga katta ziyon yetkazgan. Tashqi savdodagi asosiy mijozlari — AQSh, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Xitoy. Pul birligi — taka[6].

Maorifi[tahrir]

Ilmiy va madaniy-ma’rifiy muassasalari. Bangladesh aholisining 75% dan ko‘prog‘i savodsiz. Bolalarning 60%ga yaqini boshlang‘ich maktabga qatnaydi. Dunyoviy maktablardan tashqari diniy maktablar ham bor. Texnika kollejlariga o‘quvchilar kamroq kiradilar. Bangladeshda 6 universitet (eng kattalari Dakka va Rajshaxi shaharlarida), bir qancha institutlar, jumladan politexnika, to‘qimachilik institutlari, qishloq xo'jalik akademiyasi bor. Bengaliya akademiyasi, atom energiyasi, qishloq xo'jalik va o‘rmonchilik, iqtisodiyot, tibbiyot, huquq va xalqaro munosabatlar i. t. muassasalarida tadqiqot ishlari olib boriladi. Dakkada markaziy ommaviy va universitett kutubxonalari, 2 muzey mavjud.

Matbuoti[tahrir]

Radioeshittirishi, teleko‘rsatuvi. Bangladeshdagi yirik gazetalar — "Ozodi" (bengal tilidagi kundalik gaz., 1960-yilda tashkil etilgan), "Bangladesh-observer" ("Bangladesh sharhlovchisi", 1949), "Bangladesh tayme" ("Bangladesh vaqti", 1949), "Doynik Bangla" ("Kundalik Bengaliya", 1964). Davlat axborot agentligi — "Bangladesh Sangbad Sangasta" 1972-yil va xususiy agentlik — "Istern nyus Eyjensi" 1970-yilda tuzilgan. Bangladesh radioeshittirishi va teleko‘rsatuvi davlat qaramog‘ida.

Adabiyoti[tahrir]

Bangladesh adabiyoti bengal tilida bengal adabiyoti an’analari asosida rivojlanmoqda. 10 — 12-asrlarda tuzilgan diniy mazmundagi madhiyalar to‘plami — "Chorjapod" bengal tilidagi ilk yozma yodgorlik hisoblanadi. 16— 17-asrlarda she’riyat gullab yashnadi. O‘rta asrlarda turli ilohlarga bag‘ishlangan rivoyat, dostonlar katta ahamiyat kasb etdi. Musulmon shoirlardan Davlat Qozi va Sayid Alaol birinchi bor dunyoviy mavzularga murojaat qildilar hamda Bengaliyadagi hindu va musulmon madaniyatini bir-biriga birlashtirdilar. Musulmon adiblar arab va fors she’riyati uslublari, o‘xshatmalaridan, musulmon an’analariga aloqador ohang va voqealardan barakali foydalandilar. Bu yo‘nalish 17-asrda vujudga keddi va 19 — 20-asrlarda Mir Musharraf Husayn, Koykobod, Nazrul Islom, Abdul Fazl, Abdul Qodir kabi yozuvchilar uni yuksak cho‘qqiga ko‘tarishdi. Fylom Mustafo, Ravshan Yazdoni, Jasimuddin kabi shoirlar, jamoat arbobi va shoira Begum Sufiya Kamol 20-asr Bangladesh adabiyotining eng mashhur vakillaridir. Shoirlardan Shamsur Rahmon, Hasan Hafizur Rahmon va boshqalarlar ijtimoiy mavzularda qalam tebratdilar. 19 — 20-asr bengal adabiyotining yirik namoyandasi P. Tagordir. Uning ijodi butun Hindiston adabiyotiga ta’sir o‘tkazgan. Sh. Chottopaddhayya (1876 www.ziyouz.com kutubxonasi 83—1938), B. Bondopadhayya (1896-1950) kabi yozuvchilar uning maktabidan yetishib chiqqanlar. Bangladesh mustaqillikka erishgandan so‘ng qisqa pesa va hikoyalar, vatanparvarlik va muhabbatni madh etuvchi she’rlar yetakchi janr bo‘lib qoldi. Ijtimoiy masalalar, fuqarolik jamiyati, insonparvarlik mavzularida nasriy asarlar yuzaga keldi.

Me’morligi va san’ati[tahrir]

Bangladesh hududida 7—12-asrlarga mansub shahar va ibodatxonalarning vayronalari, 12 — 13-asrlarda bino qilingan masjid, Madrasa va maqbaralar saqlanib qolgan. 16— 17-asrlar me’morligi islom uslubi qoidalariga moslangan. Ingliz mustamlaka hukmronligi davrida an’anaviy uslubdagi binolar (Dakkadagi "Yudduzli masjid", 18- asr) bilan bir qatorda ingliz neoklassikasi uslubidagi yangi imoratlar (Dakkadagi bank binosi, 19- a.) paydo bo‘ldi. Shaharlarda zamonaviy uslubdagi jamoat, uy-joy, sanoat binolari qad ko‘tardi. B.da qadimdan bezakli amaliy san’at (to‘quvchilik, kashtachilik, yog‘och va fil suyagi o‘ymakorligi) rivojlangan. Tasviriy san’atda ilg‘or yo‘nalish davom etmoqda. Kino san’ati 1959 y.dan rivojlana boshladi ("Shunday kun kelar" filmi, rej. J. Kardar).[7]

Manbalar[tahrir]

  1. Наводнение в Бангладеш 1974 год
  2. Baxter, pp.30-32
  3. LaPorte, R (1972). "Pakistan in 1971: The Disintegration of a Nation". Asian Survey 12 (2): 97–108. doi:10.1525/as.1972.12.2.01p0190a. 
  4. Eaton, R (1996). The Rise of Islam and the Bengal Frontier. University of California Press. ISBN 0-520-20507-3. OCLC 26634922 76881262. 
  5. »Reproductive Health and Rights is Fundamental for Sound Economic Development and Poverty Alleviation, " United Nations Population Fund. Retrieved July 17, 2007
  6. India quietly ringing Bangladesh with barbed-wire, cutting off former neighbors, by Tim Sullivan, Associated Press, June 25, 2007
  7. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil