Dehli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dehli — Hindiston poytaxti va Dehli ittifoqdosh hududining maʼmuriy markazi. Aholisi 9,4 mln. kishi (1997). Hindistonning shim.-gʻarbida Jamna daryosi boʻyida, dengiz sathidan 216 m balandlikda joylashgan. D.da iyul oyining oʻrtacha t-rasi 31°, yanvar

niki 14,2°. Bir yilda oʻrtacha 660 mm yogʻin yogʻadi.

Hoz. D. qadimgi Indraprastxa (Indarpat) sh. yaqinida 8-a.ning 1-yarmida barpo etilgan. 1206 y.dan Dehli sultonligining , 1526 y.dan Boburiylar saltanatining poytaxti (D. shahrini poytaxt tutgan hukmdorlarning deyarli barchasi turkiylar boʻlgan). 1803 y.da D.ni inglizlar bosib oldi. 1857—59 y.larda shahar hind milliy qoʻzgʻolonining muhim markazlaridan biri boʻlgan. 1911 y.dan Britaniya Hindistonining poytaxti, oʻsha yildan D.ning jan.-gʻarbida Yangi shahar (Nyu-Deli) qurila boshladi. 1947 y.dan mustaqil Hindiston poytaxti, 1950 y.dan Hindiston Respublikasi poytaxti.

D. — mamlakatning yirik iqtisodiy va madaniy markazi. Hindiston shim. dagi muhim transport yoʻllari tuguni. Bu yerdan mamlakatning turli tomoniga va chet mamlakatlarga t. y., avtomobil va havo yoʻllari ketgan. D.da 3 ta aeroport mavjud. Shaharda poytaxt aholisi ehtiyoji uchun mahsulot ishlab chiqaradigan sanoat tarmoqlari: toʻqimachilik, tikuvchilik, trikotaj, koʻn poyabzal, oyna-keramika, kimyo-farmatsevtika, elektronika, metallsozlik va mashinasozlik koʻproq rivojlangan. D. qadimdan anʼana boʻlib kelayotgan badiiy hunarmandchilik (fil suyagi oʻy-makorligi, nafis zargarlik buyumlari, oltin va kumush buyumlar i. ch.) bilan ham mashhur.

D.ning eski qismi — Shohjahonobodda qad. meʼmoriy va sanʼat yod-gorliklaridan shahar devori (qisman) darvozalari b-n, Dehli jome masjidi, Laʼl-Qila (Qizil fort) saroy kompleksida Boburiylar davrining oq marmardan ishlangan saroylari (RangMahal, Devoni-Om, Devoni-Kxas, barchasi 1639—48 y.larda qurilgan), Marvarid masjid (1660) bor. Eski shahardan jan.ga tomon Feruzobod sh. vayronalari (1351—88), Kulon (1380) va Qilai-Koʻhna (1545) masjidlari bilan Purana-Qila saroy-qoʻrgʻon ansambli (1540), Humoyun maqbarasi (1565) va b. saqlangan. D.ning eski qismidan 20 km janubda 4 ta shaharqalʼa mavjud: Siri (1303 y.da qurila boshlagan), Jahonpanoh (14-a.), Toʻgʻloqobod (1325, Gʻiyosiddin maqbarasi) va Laʼl-Kot (12-a. oxiri). Laʼl-Kotda Temir ustun (415), Quvvat ul-Islom masjidi (1193 y.da qurila boshlagan), Qutb Minor minorasi, Eltutmish maqbarasi (1235 y.dan boshlab) mavjud. D.ning yangi qismi katta maydonlar, bogʻlar va ulardan boshlangan keng koʻchalardan iborat boʻlib, u yerda "Hindiston Darvozasi", markaziy hukumat qarorgohi, maʼmuriy idoralar, banklar va b. joylashgan. 2 ta universitet, koʻplab kollej va in-tlar, Sanʼat va b. akademiyalar, badiiy galereyalar, muzeylar, Mahatma Gandi va Javoharlal Neru memorial muzeylari, teatrlar, Milliy muzey, amfiteatr, rasadxona va b. bor. Koʻplab zamona-viy turar joy binolari qurilgan.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil