Butan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Ushbu maqola mamlakat haqidadir. Kimyoviy tushuncha haqida Butanlar sahifasiga qarang.
Butan Qirolligi
འབྲུག་རྒྱལ་ཁབ་
Druk Gyal Khap
Butan davlat bayrogʻi   Butan davlat gerbi
Bayroq Gerb
Shior: yoʻq
Madhiya: འབྲུག་ཙན་དན
(Druk tsendhen)
Butan Xaritasi
Poytaxt Thimphu
Rasmiy til(lar) Dzongkha tili
Hukumat Absolyut Rohiblik
 • Rohib Qirol Jigme Singye Wangchuck
 • Bosh Vazir Lyonpo Sangay Ngedup
Mustaqillik   Hindistondan
 • Sana 8-avgust 1949
Maydon  
 • Butun 38 394 km² (132-)
 • Suv (%) 1.1
Aholi  
 • 2012 roʻyxat 742 737 (161- oʻrin)
 • Zichlik 18/km²
YaIM (XQT) 2011- yil roʻyxati
 • Butun AQSh$4,287 mil. (154-)
 • Jon boshiga AQSh$6112
Pul birligi Ngultrum (BTN)
Vaqt Mintaqasi (UTC+6)
 • Yoz (DST) (UTC+6)
Qisqartma BT
Internet domen .bt
Telefon prefiksi +975


Butan podsholigi (Pendal Druk Shung) — Janubiy Osiyodagi, Himolay tog‘larining sharqiy qismidagi davlat. Maydoni 47 ming km2. Aholisi 742 737 kishi (20012). Poytaxti — Thimphu shahri. Maʼmuriy jihatdan 8 dzong (viloyat)ga bo‘lingan.

Davlat tuzumi[tahrir]

Butan — konstitutsiyali monarxiya. Davlat boshlig‘i — podsho. Podsho huzurida 9 maslahatchidan iborat kengash bor. Qonun chiqaruvchi organ — bir palatali Milliy Assambleya 150 aʼzodan iborat (105 nafari saylanadi, 10 nafari tayinlanadi, qolganlari — rasmiy kishilar, hukumat aʼzolari va podsho kengashining aʼzolari). Ijroiya hokimiyat podsho tomonidan Vazirlar Kengashi orqali amalga oshiriladi.

Hududiy boʻlinishi[tahrir]

Butan hududi 4 ta dzongdeyaga boʻlingan. Ular esa 20 ta dzongxaga boʻlingan[1], shularni quyidagi jadvaldan koʻrishingiz mumkin:

Butan hududiy bo'linishi

Tabiati[tahrir]

Butan hududi tog‘liqsan iborat. Eng baland cho‘qqisi — Jomolhari (7314 m). Iqlimi tog‘tropik, musson, sernam, tog‘larning yuqori qismida sovuq. Vodiylarda o‘rtacha tra yanvarda — 4,5 °C, iyulda 17 °C. Yiliga 1000–5000 mm yog‘in yog‘adi. 3500 m balandlikkacha o‘rmon, undan balandda subalp va alp o‘tloqpari. Daryolari — Sankosh, Amo, Kuru. JigmiDorji, Gaza, Manaz qo‘riqxonalari bor.

Aholisi[tahrir]

Aholisi asosan bxotiyalar; gurkhlar, nevarlar ham yashaydi. Aholining 13 % shaharlarda istiqomat qiladi. Rasmiy tili — bxotiya (dzongke, tibet tiliga yaqin). Asosiy dini — lama mazhabidagi budda dini. Butan 9-asr oxirlaridan Tibetga, 19-asrning 2-yarmidan 1947-yilgacha Angliyaga qaram bo‘lgan. 1949-yildagi shartnomaga ko‘ra, Butan tashqi siyosat sohasidagi ishlarini Hindiston hukumati bilan bamaslahat olib boradi. Milliy bayrami — 17-dekabr — podsho saylangan kun (1917).

Iqtisodi[tahrir]

Butan — agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligi ulushi 42,7 %, sanoat ulushi 9,6 %. Qishloq xoʻjaligida dehqonchilik yetakchi o‘rinda. Vodiylarida sholi, arpa, bugʻdoy, tariq, makkajo‘xori, janubida paxta ekiladi. Janubi-sharqida bog‘dorchilik taraqqiy etgan (mango, apelsin, pizang va boshqalar). Yaylovlarda quy, yilqi boqiladi. O‘rmonlarda qimmatbaho daraxtlar ko‘p; lok, mushk[2], mum tayyorlanadi. Yigiruv va to‘quv hunarmandchiligi, o‘ymakorlik qadimdan rasm bo‘lgan. Taxta tilish zavodi va meva konserva fabrikasi bor. 1,5 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. 1968-yildan aerodrom ishga tushgan. Asosiy transport vositasi otulov.[3]

Manbalar[tahrir]

  1. Districts of Bhutan
  2. Tandin pem & Jigme wangchuk. (October 14, 2011). Bhutan’s new Queen is home. Bhutan Observer. Asl nusxadan arxivlandi (2012-02-02). 2011-10-19.
  3. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil