2005
Navigatsiya qismiga oʻtish
Qidirish qismiga oʻtish
2005-yil — "Sihat-salomatlik yili" Xitoy taqvimida xoʻroz yili.
Mingyilliklar: | 3chi mingyillik |
---|---|
Asrlar: | |
Oʻn yilliklar: | |
Yillar: |
Oʻzbekiston[tahrir | manbasini tahrirlash]
- 17–20-yanvar — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga saylovlar boʻlib oʻtdi.
- 25-yanvar — "Sihat-salomatlik yili" davlat dasturi toʻgʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.
- Mart — Toshkent viloyatida "Bursel—Toshkent tekstil" qoʻshma korxonasi ishga tushirildi.
- 12–13-may — Andijon shahrida bir guruh aqidaparast va ekstremistlar tomonidan qurolli ekstremistik xurujlar sodir etildi.
- May — "Toshguzar—Boysun—Qumqoʻrgon" temir yoʻl magistralining ikkinchi bosqichi — "Qumqoʻrgʻon—Boysun" yoʻnalishi ishga tushirildi.
- May — Chirchiq shahrida "Barkamol avlod" sport oʻyinlari boʻlib oʻtdi. May. Oʻzbekiston Pochta va telekommunikatsiyalar agentligi Oʻzbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligiga aylantirildi.
- 29-iyul — 1– va 2-ToshTI negizida Toshkent tibbiyot akademiyasi tashkil etildi.
- 1-avgust — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasida oʻlim jazosini bekor qilish toʻgʻrisida"gi farmoni eʼlon qilindi.
- 30-avgust — Toshkent shahrining Eski shahar hududida Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi qayta ochildi. Oʻzbek liboslari galereyasi, Bolalar ijodiyoti uyi foydalanishga topshirildi.
- Avgust — Toshkentdagi Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida "Il"ning yangi avlodi — "Ilyushin Il—76 TD90 VD" samolyoti chiqarila boshlandi.
- 1-sentabr — Mustaqillik maydonidagi Ezgulik arkasi qurib bitkazildi.
- 5-sentabr — Toshkent — Buxoro yoʻnalishida tezyurar yoʻlovchi tashuvchi elektr-poyezdi qatnay boshladi.
- 9-sentabr — Oʻzbekiston Respublikasi bilan XXR oʻrtasida "Doʻstlik va hamkorlikning sherikchilik munosabatlari toʻgʻrisida"gi Shartnoma (Pekin, 2005-yil 25-may) ratifikatsiya qilindi.
- 11–12-sentabr — Oʻzbekiston Tuproqshunoslar va agrokimyogarlar jamiyatining 4-qurultoyi boʻlib oʻtdi.
- 5–6-noyabr — Toshkentning "Oʻzbekiston" sport majmuasida badiiy gimnastika boʻyicha jahon kubogi bosqichi — "Sharq goʻzali—2005" xalqaro turniri boʻlib oʻtdi.
- 9-noyabr — "Margʻilon shahrining 2000-yilligini nishonlash toʻgʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.
- 14-noyabr — Moskva shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasida Ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisidagi shartnomani imzoladilar.
- 26–27-noyabr — Toshkent shahridagi "Oʻzbekiston" sport majmuasida kurash boʻyicha 5-jahon chempionati boʻlib oʻtdi.
- 29-noyabr — Toshkent shahrida Kurash xalqaro assotsiatsiyasining 6-kongressi boʻlib oʻtdi.
- Noyabr — Moʻynoq tumanida yangi "Sharqiy Berdaq" gaz koni ochildi.
- Noyabr — Fargʻona shahri aeroportidan "Fargʻona — Moskva — Fargʻona" yoʻnalishi boʻyicha samolyotlar qatnovi yoʻlga qoʻyildi.
- Noyabr — Toshkent shahrida "Yugnakiy" yoshlar sport majmuasi ochildi.
- 28-dekabr — Toshkentning Mustaqillik maydonida Baxtiyor ona haykali ochildi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 3-fevraldagi qarori bilan Mustaqillik obidasi va Baxtiyor ona haykali Mustaqillik va ezgulik monumenti deb nomlandi).
Voqealar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- mart — Qirg'izistonda «lola inkilobi». Prezident Asqar Akaev iste’foga chikdi. Keyinchalik Qurmanbek Bakiev Qirg'iz Respublikasi prezidenti etib saylandi.
- may — Eronda saylov boʻlib, unda Maxmud Ahmadiy Najot prezident etib saylandi.
- 29-sentabr — Ostona shahrida Butunjahon qozoqlarining III qurultoyi oʻtkazildi.
- 6–7-oktabr — Markaziy Osiyo Hamkorligi tashkiloti - MOHT Evroosiyo Iqtisodiy hamjamiyati xalqaro tashkilotiga Sankt-Peterburgdagi yig'ilishda qoʻshildi.
- noyabr — GFR tarixida birinchi ayol kishi Angela Markel kansler etib saylandi.
- 4-dekabr — Nursulton Nazarboev Qozogʻiston Respublikasi prezidenti etib qayta saylandi.
- Evo Morales Boliviyada bo'lgan prezident saylovlarida g'olib chiqdi.
- Daniel Ortega Nikaraguada boʻlgan prezident saylovlarida g'olib boʻldi.
Tugʻilganlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Shuningdek qarang: Turkum:2005-yilda tugʻilganlar
![]() |
Vafot etganlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Shuningdek qarang: Turkum:2005-yilda vafot etganlar
![]() |
Nobel mukofoti laureatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Fizika — Roy J. Glauber, John L. Hall va Theodor W. Hänsch
- Kimyo — Robert Grubbs, Richard Schrock va Yves Chauvin
- Fiziologiya va tibbiyot — Robin Warren va Barry Marshall
- Iqtisodiyot — Robert Aumann va Thomas Schelling
- Adabiyot — Harold Pinter
- Tinchlik — Mohamed El Baradei
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |