Livan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Livan Respublikasi
Republic of Lebanon
Livan davlat bayrogʻi   Livan davlat gerbi
Bayroq Gerb
Shior: Koullouna Lil Watan, Lil Oula wal'Allam
(Arabcha: Us all! For our Nation, for our Emblem and Glory!)
Madhiya: Koullouna Lilouataan Lil Oula Lil Alam
(All Of Us! For Our Country, For Our Flag and Glory)
Livan Xaritasi
Poytaxt Beyrut
Rasmiy til(lar)
Hukumat Semi-Prezidentlik Davlat
 •  Prezident   Michel Suleiman
 •  Bosh Vazir   Saad Hariri
Mustaqillik   Millatlar Ligasi mandatidagi Fransiya ma'muriyatidan
 •  Sana   22 noyabr 1943
Maydon  
 • Butun 10,400 km² (167-)
 • Suv (%)
Aholi  
 • 2002 roʻyxat 3,826,018 (125- oʻrin)
 • Zichlik 367/km²
YaIM (XQT) 2005- yil roʻyxati
 • Butun AQSh$20,420 mil. (113-)
 • Jon boshiga AQSh$5,337
Pul birligi Lebanese Pound (LBP)
Vaqt Mintaqasi (UTC)
 • Yoz (DST)
Qisqartma LE
Internet domen .lb
Telefon prefiksi +961

Livan (لبنان‎‎) (Livan Respublikasi) poytaxti — Bayrut shahri. BMT aʼzosi

Livan, Livan Respublikasi (الجمهورية اللبنانية, AlJumxzfiya al-Lubnoniya) — Gʻarbiy Osiyodagi davlat. Oʻrta dengizning sharqiy sohilida. Maydoni 10,45 ming km². Aholisi 3,6 mln. kishi (2001). Poytaxti — Bayrut shahri L. maʼmuriy jihatdan 6 muhofaza (viloyat)ga bulingan.

Davlat tuzumi[tahrir]

L. — parlamentli respublika. Amaddagi konstitutsiyasi 1926 yil 23 mayda kuchga kirgan, keyinchalik unga tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident (1998 yil dan Emil Laxud). Deputatlar palatasi (parlament) tomonidan 6 yilga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — 128 deputatdan iborat Deputatlar palatasi. Ijroiya hokimiyatni prezident va u tayinlaydigan hukumat (Vazirlar Kengashi) amalga oshiradi.

Tabiati[tahrir]

Qirgʻoqlarining kupi past. Sohili tekislik. Sharqida Livan tizmasi mamlakatning katta qismini egallagan (balandligi 3088 m gacha). Togʻlar, asosan, ohaktosh, qumtosh va boshqalardan tuzilgan. Temir rudasi va qoʻngʻir koʻmir konlari bor.

Iklimi subtropik, yozi quruq, qishi sernam. Sohilida yanv. ning oʻrtacha temperaturasi 13°, iyulniki 28°. Yillik yogʻin sohilda 750–1000 mm, togʻlarda 1000 mm dan koʻp. Daryolari qisqa, yozda koʻpincha qurib qoladi. Yirik daryosi AlLitoni. Sohilida qoʻngʻir tuproq, togʻ yon bagʻirlarida boʻz-qoʻngʻir, yuqorirogʻida qoʻngʻir toshloq tuproqlar tarqalgan. Oʻsimliklarining aksari butalar. Livan tizmasining yon bagʻirlarida eman, chinor, zarang , halab qaragʻayi oʻrmonlari bor. Hayvonlardan sirtlon, chiyaboʻri, gʻizol, har xil ke-miruvchilar va parrandalar yashaydi.

Aholisining 90% dan ortigʻi arablar, shuningdek, armanlar, kurdlar, cherkaslar, turklar va boshqa yashaydi. Rasmiy tili — arab tili. Aqolining 60% musulmon (sunniy, shia, druz), qolgan qismi xristianlar (maroniy, pravoslav, katolik). Aholining 83,7% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Bayrut, Tripoli, Sayda va Zahla.

Tarixi[tahrir]

L. hududida odam quyi va yuqori paleolit davridan, oʻtroq xalq miloddan avvalgi 5-ming yillikdan yashaydi; 3— 2 ming yilliklarda qad. L. hududida finikiyaliklarning shahar-davlatlari Bibl (Jubayl), Tir (Sur), Sidon (Sayda), Berit (Bayrut) va boshqa vujudga keldi. Ular miloddan avvalgi 8—4-asrlarda Ossuriya, Bobil, Axomaniylar davlati va makedoniyalik Aleksandr qoʻl ostida boʻlib keldi. Miloddan avvalgi 2-asrdan L. hududi Salavkiylar saltanati tarkibida va miloddan avvalgi 64-yildan Rim xukmronligida boʻldi. Milodiy 4—6-asrlarda L. Vizantiya imperiyasi tarkibiga kirdi. 7-asr boshida L.ni sosoniylar, keyinroq arablar egalladi. 7—11-asrlarda L. bir necha sulola qoʻl ostida boʻldi.

L. 11-asr oxirida salibchilar, 13-asrdan 16-asr boshlarigacha Misr mamluklari hukmronligida boʻldi. 1516 yil L. Hududi Usmonli turk saltanati tarkibiga kirdi. 17-asrda amir Faxriddin II butun L. ni birlashtirdi. 1697 yildan L. Shihablar sulolasi qoʻl ostiga utdi. 18-asr oxiri, 19-asr boshlarida hukmronlik qilgan amir Bashir II Shihab L.ni markazlashtirish siyosatini qoʻlladi. U mamlakatni Turkiya hukmronligidan ozod qilish niyatida Misr hukmdori Muhammad Ali bilan ittifoqtuzdi. 1861 yil iyunda xalqaro komissiya (Fransiya, Buyuk Britaniya, Avstriya, Prussiya, Rossiya, Turkiya) ishlab chiqqan nizomga muvofiq, mamlakat rasman L. nomini oldi. 19-asrning 50—70-yillarida L. arab maʼrifatchilik harakati markazlaridan biriga aylandi.

19-asr oxiri va 20-asr boshlarida L. Gʻarbiy Yevropa davlatlarining yarim mus-tamlakasiga aylandi; 1918 yil okt.da Angliya va Fransiya qoʻshinlari L.ni bosib oldi. 1922 yil L.ga Fransiya man-dati Millatlar Ligasi tomonidan tasdiqlandi. 1926 yil mayda qabul qilingan konstitutsiyaga muvofiq, L. respublika deb eʼlon qilindi. Biroq Fransiya uning tashqi aloqalari va mudofaasi ustidan nazoratni oʻz qoʻlida saqlab qoldi.

1936 yilnoyab.da milliy ozodlik harakati tazyiqi ostida Fransiya hukumati bilan L. oʻrtasida L.ga 3 yildan keyin mustaqillik berish toʻgʻrisida shartnoma tuzildi. Shartnomaga binoan, Fransiya L. hududida oʻz qurolli kuchlarini saqlash, L. tashqi siyosati va ichki ishlariga aralashish huquqiga ega boʻldi, fransuz reaksiyasining aralashuvi bilan L. ga mustaqillik berish haqidagi shartnoma tasdiqlanmay qoldi.

2-jahon urushi boshida Fransiya taslim boʻlgach, 1940 yil L. Italiya bilan Germaniyaning Yaqin Sharqdagi tayanch nuqtasiga aylandi. 1941 yil 8 iyunda "Ozod Fransiya" harakati va ingliz qoʻshinlari Suriya va L.ga bostirib kirdi. Fransiya qoʻshinlarining bosh qoʻmondoni general Katru Fransiya mandatini bekor qildi, 26 noyabrda u L. milliy ozodlik harakati talabiga javoban L. ga mustaqillik berish haqidagi bayonotni tasdikladi. BiroqL. 1943 yil 22 noyabrdagina haqiqiy mustaqillikka erisha oldi. 1945 i. L. Arab davlatlari Ligasi tuzilishida ishtirok etdi va shu yili BMTga aʼzo boʻldi.

2-jahon urushidan keyin ham Fransiya L.da oʻz hukmronligini saqlab qolishga urinib, bir qancha tadbirlar koʻrdi, biroq L. hukumati bu mavzuda muzokara oʻtkazishdan bosh tortdi. Buyuk Britaniya va Fransiya oʻz qoʻshinlarini 1946 yil 31 dek.da L. hududidan olib chiqib ketishga majbur boʻldi.

L. hukumati 1967 yil iyunda Isroil tajovuziga duchor bulgan Misr va boshqa arab davlatlariga oʻz xayrixoxligini bildirdi va Yaqin Sharkdagi siyosiy ziddiyatlarni tinch yul bilan hal qilish toʻgʻrisidagi BMTning 1967 yil 22 noyabr rezolyusiyasini maʼqulladi. 1968 yildan L. hududida Falastin qarshilik harakati yuzaga keldi. Oʻsha yili L.ga qarshi Isroil tajovuzi boshlandi. Natijada L., ayniqsa, uning jan. hududlari qattiq zararlandi. 1970 i. 17 avg .da parlament S. Franjyeni prezidentlikka sayladi. Soyib Salom hukumat rahbari boʻldi. L.ning yangi hukumati betaraflik siyosatini ilgari surdi va milliy iqtisodiyotni mustahkamlashga, mehnatkashlarning turmush darajasini yaxshilashga vaʼda berdi, biroq vaʼdani bajarish oʻrniga demokratik huquq va erkinliklarni cheklashga harakat qildi; bu hol ish tashlash va namoyishlar boshlanishiga sabab boʻldi (1972 yil oxiri — 1973 i. boshlari). 1975 yil apr.dan L.da keskin siyosiy tanglik vujudga keldi. 1975—76 yil L.dagi xristian va musulmon qoʻshinlari oʻrtasida qurollir mojaro boshlandi. Oʻng xristian kuchlar L.da turgan Falastin qarshilik harakati askarlari bilan, soʻngra musulmonlar bilan qurolli toʻqnashuv chiqardilar. Mamlakat ikkiga boʻlinib qoldi. Arablararo kuchlar (salkam 35 ming askar) L.ga kiritilgandan keyin urush harakatlari toʻxtadi. 1978 yil Isroil qoʻshinlari L.ga bostirib kirdi. BMT Xavfsizlik Kengashining 425-qaroriga binoan, BMT Muvaqqat kuchlari mamlakat jan.ga ki-ritildi. Isroilning 1982 yil tajovuzi natijasida L. hududining anchagina qismi 1985 yil gacha egallab turildi. Isroil L. jan.da 10 km ga yaqin kenglikdagi "Xavfsizlik mintaqasi"ni ishgʻol qilib turdi. 1989 yilda mamlakatda yana qurolli mojaro chikdi. Arab mamlakatlari uchlar qoʻmitasi (Jazo-ir, Saudiya Arabistoni, Marokash)ning faol ishtirokida va xalqaro kuchlarning madadi bilan L. milliy inoklik hartiyasi ishlab chiqildi. Toif bitimi deb atalgan bu hujjatda dav-lat boshqaruv idoralarini shakllantirishning diniy belgilaridan asta-sekin voz kechish koʻzda tutilgan. Shu asosda 1992 va 1996 yillarda parlament saylovi oʻtkazildi. Tashki siyosatda L. ijobiy betaraflik, bloklarga qoʻshil-maslik siyosatiga amal qiladi. L. OʻzR suverenitetini 1991 yil 30 dek.da tan oldi va 1998 yil 22 okt.da diplomatiya munosabatlari oʻrnatdi. Milliy bayrami — 22 noyabr — Mustaqillik kuni (1943).

Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. Arab sotsialistik uygʻonish partiyasi, 1950 yilda umumarab Baas partiyasining boʻlimi sifatida tuzilgan; Kataib (yoki L. falanglari) partiyasi, 1936 yilda asos solingan; Taraqqiyparvar sotsialistik partiya, 1949 yilda tuzilgan; Milliy blok, 1943 yilda tuzilgan; Milliy liberal partiya (Erkin vatanparvarlar partiyasi), 1958 yilda asos solingan; L. kommunistik partiyasi, 1924 yilda tuzilgan. L. mehnatkashlari umumiy konfederatsiyasi, 1958 yilda asos solingan.

Xoʻjaligi[tahrir]

L. — agrar-industrial mamlakat. L. iqtisodiyotining asosi bank-moliya faoliyati, savdo va sayyohliqsir. Yalpi ichki mahsulotda xizmat sohasi, savdo, moliya 50,3%, sanoat va qurilish 17,8%, qishloq xoʻjaligi 9,8% ni tashkil etadi.

Sanoat i, asosan, toʻqimachilik, oziqovqat, kimyo va farmatsevtika, yogʻochsozlik, neftni qayta ishlash korxonalaridan iborat. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. L.da xunar-mandchilik korxonalari, Tripoli va Saydada neftni qayta ishlash z-dlari mavjud. Sement, metallurgiya, metallni qayta ishlash va kimyo sanoati korxonalari, ip gazlama k-ti, kand-shakar z-di bor. Yiliga oʻrtacha 4,7 mlrd. kVt-soat elektr energiya hosil qilinadi.

Qishloq xoʻjaligida mehnatga layoqatli aholining 30% band boʻlib, milliy daromadning 10% hosil qilinadi. Bugʻdoy, arpa, tamaki ekiladi, banan, sitrus, zaytun, sabzavot, olma va boshqa mevalar yetishtiriladi. Qoramol, echki, qoʻy, parranda boqiladi, baliq ovlanadi.

Transporti[tahrir]

Avtomobil transporti yetakchi oʻrinda. Avtomobil yoʻllari uz. —7,4 ming km; temir yoʻl uz. — 417 km. L. hududidan Saudiya Arabistoni va Iroqdan keluvchi neft quvurlari oʻtgan. Dengiz savdo flotining tonna-ji 438 ming t dedveyt. Dengiz portlari: Bayrut, Tripoli, Sayda, Juniya. Bayrutda aeroport bor.

L. chetga sitrus mevalar, gazlama, qogʻoz, metall buyumlar chiqaradi; chetdan mashina va uskunalar, yogoch-taxta, oziqovqat, xom ashyo keltiradi. Savdo-sotikdagi asosiy mijozlari: Saudiya Arabistoni va boshqa arab mamlakatlari, Gʻarbiy Yevropa mamlakatlari, AQSH. Pul birligi — L. funti.

Tibbiy xizmati[tahrir]

Vrachlar L.dagi Amerika unti tibbiyot fanlar fti tarkibidagi Oliy tibbiyot maktabi va Fransiya universitetining tibbiyot f-tida tayyorlanadi. L.da tibbiy xizmat tizimi asosan xususiydir.

Maorifi, madaniy-maʼrifiy muassasalari. 1960 yildan davlatga karashli boshlangʻich maktablarda bepul oʻqitish joriy etilgan. Birok, oʻquv muassasalarining yarmidan koʻprogʻi xususiy. Maorif tizimi 5 yillik boshlangich, 4 yillik toʻliqsiz oʻrta va 3 yillik oʻrta maktablardan iborat. Hunar-texnika bilim yurtlari, ped. oʻquv muassasalari mavjud. Bayrutda 4 ta universitet: Livan unti (1953), Amerika unti (1866), Fransiya avliyo Iosif unti (1881), Arab unti (1960); Juniyada xususiy universitet (1950) bor. L. milliy ku-tubxonasi (1921), universitetlar huzurida yi-rik kutubxonalar, L. milliy muzeyi (1920), Nafis sanʼat muzeyi, Amerika unti muzeyi mavjud (hammasi Bayrutda).

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. L.da bir qancha gaz. va jur.lar nashr etiladi. Yiriklari: "AlAmal" ("Harakat", arab tilida chikadigan kundalik gaz., 1939 yildan), "AlAnba" ("Xabar", arab tilidagi haftalik gaz., 1953 yildan), "Al-Anvar" ("Hyp", arab tilidagi kundalik gaz., 1959 yildan), "Al-Bayroq" (arab tilidagi kundalik gaz., 1912 yildan), "Ad-Diyor" ("Vatan", arab tilidagi haftalik gaz., 1941 yildan), "An-Nahor" ("Kun", arab tilidagi kundalik gaz., 1933 yildan), "An-Nido" ("Chaqiriq", arab tilidagi kundalik gaz., 1959 yildan), "Oryan-jur" ("Sharq kuni", fransuz tilidagi kundalik gaz., 1971 yildan), "Revey" ("Uygʻonish", fransuz tilidagi kundalik gaz., 1908 yildan), "As-Sayyod" ("Ovchi", arab tilidagi haftalikjur., 1943 yildan), "At-Tariq" ("Yoʻl", arab tilidagi oylikjur., 1941 yildan), "Al-Us bua-al-Arabi" ("Arab haftasi", arab tilidagi haftalik jur., 1959 yildan), "Ash-Shaab" ("Xalq", arab tilidagi kundalik gaz, 1961 yildan). Milliy axborot agentligi L. hukumat axborot mahkamasi boʻlib, 1962 yilda tashkil etilgan. L. radioeshittirish xizmati hukumat qaramogʻida, 1937 yilda asos solingan. L. telekoʻrsatuv kompaniyasi tijorat telekompaniyasidir (1959).

Adabiyoti[tahrir]

7-asrdan L. adabiyoti umumarab adabiyoti bilan birga rivojlandi. Turklar hukmronligi davrida madaniyat, xususan, adabiyot turgʻunlikda boʻldi. 19-asrda L.da Misr, Suriya va boshqa arab mamlakatlaridagi singari maʼrifatchilik gʻoyalari keng yoyildi, publitsistika asosiy janr boʻldi, tarjimachilik rivojlandi (Iosif al-Yazijiy, Butrus al-Boʻstoniy va boshqalar). 19-asr 2-yarmi — 20-asr boshlarida L. adabiyotida maʼrifatparvarlik goyalari yanada kuchaydi. 1-jahon urushi arafasida L. adabiyoti taraqqiyotining yangi bosqichi boshlandi: xalqning orzu-umidlarini ifodalovchi va hayot kamchiliklarini tanqid qiluvchi oqim shakllandi. Umar Faxuri, Tavfiq Yusuf Avvod va boshqa yozuvchilar L. adabiyotida oʻzlarining haqqoniy asarlari bilan tanildilar.

2-jahon urushi yillari va urushdan keyingi davrda Umar Faxuri, Antuan Tobit va Rauf al-Huriy tomonidan tashkil etilgan "At-Tariq" jur.da L.ning taraqqiyparvar yozuvchilari faol qatnashdilar. L. adabiyoti va davriy matbuotida fashizmni, mustamla-kachilikni, ijtimoiy tengsizlikni fosh qilish yetakchi oʻrinni egalladi.

Yozuvchi va filolog Morun Abbudning "Kichik bahodirlar", "Qogʻozdagi siyoh" kabi hikoyalar toʻplamlari dehqonlar turmushiga va L. yoshlarining taqdiriga bagʻishlangan. Arab mamlakatlari ijtimoiy va siyosiy hayotining murakkab tomonlari bir qator qissa, novella, poema va boshqa larda oʻz aksini topgan. Keyingi yillarda L. adabiyotida yozuvchilarning yosh avlodi katta eʼtibor qozondi. Shoirlardan Al-Xuri, S. Akd, nasrchi S. Idris, L. Baalbeki mumtoz adabiyot anʼanalarini davom ettirdi.

Meʼmorligi[tahrir]

L.da miloddan avvalgi 5—4-ming y.liklarga mansub toshdan qurilgan mudofaa inshootlari, turar joylarning qoldiqlari topilgan. Mamlakatga arablar kelgach (7-asr), masjid, minora, Madrasa, karvonsaroylar kurila boshladi. 12-asrda salibchilar tomonidan Bofor qasri, monastirlar, cherkovlar bunyod etilgan. Usmonli turk saltanati hukmronligi davrida toʻrk meʼmorligi taʼsiri kuchaydi. L. mustaqillikka erishgach, shaharlar taʼmirlanib, koʻp qavatli turar joylar, kinoteatr, maktab, klinikalar qurildi. Mahalliy anʼanalar davom ettirildi, ravoqli, peshtoqli yirik bynolar qurishda koʻproq temirbetondan foydalanila boshladi.

Tasviriy sanʼati[tahrir]

Miloddan avvalgi 5—4-ming yilliklardan naqshin sopol idishlar, 3—2-ming yilliklardan Finikiya sanʼati asarlari — shoh Axiram tosh tobutidagi qabariq tasvir va yozuvlar, zargarlik buyumlari, qurol-yarogʻ saqlanib kalgan. Asrlar davomida binolarga oʻymakorlik va naqsh ishlangan. 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida H. Su-rurning hayotiy portret va natyurmortlari, X. Salibiyning koʻtarinki ruxdagi kartinalari mashhur boʻldi, ularning ijodi keyingi rassomlarga katta taʼsir koʻrsatdi. 30—40-yillarda realistik yoʻnalish yetakchi oʻrinni egalladi. 50—60-yillarda formalistik oqimlarning taʼsiri kuchli boʻldi (rassomlardan S.Baltekse, P.Kirakosyan, I.Shamut, haykaltarosh Yu.Xoayek va boshqa realistik anʼanalarni davom ettirdilar). Plakat, karikatura, kitob bezash taraqqiy etdi. Amaliy sanʼatda qadama naqsh, metall va yogʻoch buyumlarga sayq-al berish, kandakorlik, kashtadoʻzlik, gilam toʻqish va boshqa rivoj topgan.

Musiqasi — qad. boʻlib, johiliya davridan birmuncha murakkab cholgʻu kuylar va qoʻshiq turlari shakllangan. Ayniqsa, badaviylarning rechitatsiyali — shargi va dabka nomli jadal surʼatli raqs kuylari ommalashgan. Keyinchalik dialogli atoba, kasbiy yoʻnalishdagi maqam uslubiga mansub murakkab asarlar rivoj topdi. Bayrutda Milliy konservatoriya, uning huzurida kamer orkestr bor. 1956 yilda L. musiqachi yoshlar jamiyati tuzilgan. U boshlangʻich musiqiy taʼlim, konsertlar uyushtirish bilan shugʻullanadi. 1966 yil Bayrutda joylashgan Amerika unti tarkibidagi Oliy sanʼatshunoslik maktabi huzurida musiqashunoslik boʻlimi tashkil etilgan. L. xalq qoʻshiqlarining ommalashuvida ashulachi Feyruzning hissasi katta. 1966 yildan boshlab har yili oʻtkaziladigan Baʼlabakka festivallari L. musiqiy hayotida muhim ahamiyatga ega.

Teatri[tahrir]

Marosim, bayram va boshqalarda qadimdan turli tomoshalar koʻrsatilgan, lekin teatr truppalari 20-asrning 2-yarmidangina paydo boʻldi. Qiziqchi artist Shushu tashkil etgan Milliy teatrda Molyer, Shekspir, Gyote va boshqalarning asarlari qoʻyildi. Bayrutdagi L. drama teatrida jahon mumtoz adabiyoti namoyandalarining asarlari bilan bir qatorda mahalliy mualliflarning pyesalari ham sahnalashtirilgan. Pyesalar arab, fransuz va ingliz tillarida qoʻyiladi. L.dagi teatrlar xususiy boʻlib, davlatdan moddiy yordam olmaydi. Bayrutda 1965 yil ochilgan Milliy va Bayrut teatrlari, Baʼlabakka festivali teatri (1968) va boshqa teatrlar mavjud.

Kinosi[tahrir]

Birinchi badiiy film 1929 yil suratga olingan. "Baʼlabakka haro-balari ostida" nomli badiiy film, kinojur.lar va hujjatli filmlar 20-asrning 30-yillarida chet el firmalari buyurtmasi bilan suratga olingan. 60-yillarda "Baʼlabakka", "Niyer ist sa-und", "Alasriy" kinostudiyalari tashkil topdi. Keyingi yillarda "Salom, muhabbat!" (rej. M. Salmon), "Shayton arava" (rej. J. Kan), "Qayrilgan qanotlar" (rej. Yu. Maʼluf), "Gung va muhabbat" (rej. A. Bahriy) kabi filmlar tomoshabinlar diqqatiga sazovor boʻldi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil