Sharqiy Timor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Flag of East Timor.svg

Sharqiy Timor (Timor-Leste) - Osiyo davlatlaridan biri. Janubiy Sharqiy Osiyodagi davlat. Maydoni 14,8 ming km². Aholisi 952,6 ming kishi (2002). Poytaxti Dili shahri. Tetum, mambai, papuas va boshqalar xalqlar yashaydi. Rasmiy til – portugal tili. Dindorlarning aksariyati musulmon va katoliklar; aholining bir qismi anʼanaviy dinlarga eʼtiqod qiladi.

Tabiati[tahrir]

Sharqiy Timor Timor o.ning shimoli-sharqida joylashgan. Relyefi, asosan, togʻli, eng baland joyi 2960 m; balchiqli vulkanlar bor. Iqlimi subekvatorial, mussonli. Sohilda temperatura yil davomida 25°–27°. Yillik yogʻin 500 mm atrofida (may – noyabr quruq mavsum).

Tarixi[tahrir]

Sharqiy Timor Portugaliyaning sobiq mustamlakasi. 1974 yil Portugaliya Sharqiy Timor aholisining oʻz huquqini oʻzi belgilash va mustaqillik huquqini tan oldi. 1975 yil noyabrda Sharqiy Timor mustaqilligi uchun inqilobiy front Sharqiy Timor mustaqilligini eʼlon qildi, ammo Indoneziya tarafdori boʻlgan guruxlar Sharqiy Timorni Indoneziyaga qoʻshilganligini bildirdi. Indoneziya oʻz qoʻshinlarini Sharqiy Timorga olib kirdi va unga provinniya maqomini berdi. 1999 yilda oʻtkazilgan referendumda Sharqiy Timor aholisining aksariyati mustaqil davlat qurish tarafdori ekanligini bildirdi. 25 yil davom etgan kurashdan soʻng Sharqiy Timor 2002 yil 20 mayda mustaqillikka erishdi va Shanana Gujmau uning birinchi prezidenti etib saylandi. 2002 yildan BMT aʼzosi. Xoʻjaligi. Iqtisodiyotining asosi – qishloq xoʻjaligi Eksport uchun kofe, kauchukli daraxt, kokos palmasi oʻstiriladi. Ichki ehtiyoj uchun sholi, makkajoʻxori, shakarqamish, taro, yams, supurgi ekiladi. Echki, yilqi, buyvol boqiladi. Dengizdan baliq ovlanadi. 1980-yillarning boshigacha sandal daraxti yogʻochini chetga olib chiqib ketish katta daromad keltirgan, keyinchalik uni kesish cheklandi. Qishloq xoʻjaligi xom ashyolarini qayta ishlovchi korxonalar bor. Pul birligi – timor eskudosi, rupiya.