Sovet Armiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qizil Armiya (ruschada: Krasnaya armiya, yoki toʻliq nomi Raboche-krestyanskaya Krasnaya Armiya, yaʼni „ Ishchi-dehqonlarning Qizil Armiyasi“) Oktyabr Revolyutsiyasidan keyin oʻzidan oldingi Chor Rossiyasining xududida Bolshevik hukumat tomonidan asos solingan harbiy qoʻshinlardir. Bu armiyaning birinchi va asosiy maqsadlaridan biri tashqi kuchlar (Fransiya, Buyuk Britaniya, Chexoslavakiya, AQSh, Yaponiya Imperiyasi)tomonidan qoʻllab quvvatlangan Oq Armiyani magʻlub qilish boʻlgan. „Qizil“ soʻzi inqilobga aloqadorlikni bildirish uchun berilgan.

Qizil armiya — sovet hokimiyati harbiy kuchlarining 1918—46 yillardagi rasmiy nomi. Dastlab Rossiya Ishchi Dehqon qizil armiyasi deb nomlangan. 1918-yil fevralida tashkil topgan. Rossiyadagi fuqarolar urushi davrida Qizil armiyaning soni keskin ravishda ortib, 1918-yil oxirida 3 mln. 1920-yil kuzida 5,5 mln. kishiga yetgan. Keyinchalik qizil askarlarning miqdori ancha kamaytirilsa ham u dunyodagi eng katta armiyalardan biri sifatida oʻz mavqeini saqlab qolgan. Ikkinchi jahon urushi davrida fashizmga qarshi kurashda Qizil armiya asosiy rol oʻynagan. 1946-yilda u sovet armiyasiga aylantirilgan.

Qizil armiya Turkiston mintaqasida shoʻrolar hokimiyatini zoʻravonlik bilan oʻrnatish va saqlab qolishda "faollik" koʻrsatgan. Qizil armiyaning Xivaga qilgan hujumi va Buxoro bosqini natijasida mintaqa toʻla ravishda sovetlashtirilgan. Turkistonda sovet rejimiga qarshi qurolli harakat ishtirokchilari Qizil armiya otryadlariga qarshi mardonavor kurashsalarda, 1935-yilda ular butunlay magʻlubiyatga uchrashgan.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Turkestan v nachale XX veka: k istorii istokov natsionalnoy nezavisimosti, T., 2000.

Ikkinchi Jahon Urushi tugagandan bir yildan keyin, yaʼni 1946-yilda, bu qoʻshinlar nomi Sovet Armiyasi (ruschada:Sovetskaya Armiya) deb oʻzgartiriladi va SSSR parchalanishiga qadar shu nom bilan yuritiladi.