Prezident

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Prezident (lot. "pre"(avval) va "sedere" (oʻtirmoq) oʻzb. "oldinda oʻtirgan") - biror tashkilot, kompaniya, kasaba uyushmasi, universitet yoki mamlakat rahbari lavozimidir. Ushbu soʻz etimologik tarixi jihatidan, biron bir yigʻilishda yoki tantanada eng oldinda oʻtirgan kishi maʼnosidan kelib chiqqan.

Prezident (lot. praesidens — oldinda oʻtiruvchi) — 1) hrz. koʻpchilik (respublika shaklida idora qilinadigan) mamlakatlarda saylab qoʻyiladigan davlat boshligʻi. BMT ga aʼzo boʻlib kirgan 189 mamlakatning 140 dan ortigida P. lavozimi joriy qilingan (2000). Bunday boshkaruv shakli ilk bor AQSH da 1787 yil vujudga kelgan. Oʻzbekiston tarixida birinchi P.lik lavozimi 1990 yil 24 martda taʼsis etildi. 1991 yil 29 dek.da esa alternativ asosda oʻtkazilgan umumxalq saylovida I.A. Karimov Oʻzbekiston Respublikasining P.i etib saylandi (q. Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti); 2) ayrim il-miy va jamoat tashkilotlarida, partiyalar, jamiyatlar, uyushmalar (shu jumladan, xalqaro uyushmalarda ham) ijrochi organ boshligi.[1]


Lekin hozirgi kunda koʻchilik davlatlarning boshliqlari lavozimi prezident deb ataladi.

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil