Iqtisodiyot

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Iqtisodiyot savdo, ishlab chiqarish va jamgʻarish bilan bogʻliq harakatlarni mavjud bozor sharoitida oʻrganadi

Iqtisodiyot — yunoncha "ekonom" va "oykos" soʻzlari birlashmasidan kelib chiqqan boʻlib, "ekonomika" qishloq xoʻjalik asoslari haqida fan degan maʼnoni anglatadi. "Ekonomika" soʻzi ommaviy oʻzbek lugʻatiga oʻtilganda "iqtisodiyot" atamasiga oʻzgaradi. Iqtisodiyot cheklanmagan ehtiyojlarni, cheklangan resurslardan samarali foydalanib boshqarishni oʻrganuvchi fan.

Taʼrif[tahrir]

  1. Kishilar tomonidan mehnatni qoʻllagan holda inson uchun zaruriy boʻlgan neʼmatlar, hayot sharoitlari va vositalarini yaratish orqali tirikchilikni taʼminlash, ehtiyojlarni qondirishda foydalaniladigan xoʻjalik vositalar, obyektlar, jarayonlar majmui. Ishlab chiqarish, ayriboshlash, taqsimot, isteʼmol sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni qamraydi;
  2. Muayyan mamlakatning milliy xalq xoʻjaligi yoki uning bir tarmogʻi (transport iqtisodiyoti, qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti va boshqalar;
  3. Xoʻjalikning u yoki bu tarmogʻini, mintaqa xoʻjaligini, ishlab chiqarishni tashkil etish usullari va shakllarini, shuningdek, ishlab chiqarishni boshqarishni oʻrganadigan iqtisodiyot fanlari (sanoat iqtisodiyoti, savdo iqtisodiyoti va boshqalar).[1]

Iqtisodiyot soʻzi maʼnolari[tahrir]

  1. Qandaydir xoʻjalik sohasining faoliyati, tashkiloti yoki strukturasi yo boʻlmasa umuman milliy iqtisodiyot.
  2. Ilmiy predmet — iqtisodiyot nazariyasi
  3. Xoʻjalik hayotining faoliyati, tashkiloti yoki strukturasi — jahon iqtisodiyoti, regional iqtisodiyot, dunyo mamlakatlari iqtisodiyoti
  4. Ishlab chiqarish munosabatlari majmui, jamiyatning asosiy ishlab chiqarish usuli. Asosiy va eng umumiy ijtimoiy-iqtisodiy tizimlari:
  5. Bozor iqtisodiyoti (kapitalizm kabi „oʻng“ iqtisodiy tizimlar asosi).
  6. Aralash iqtisodiyot („markazchilar“ tizimi).
  7. Loyihaviy iqtisodiyot (sotsializm kabi „soʻl“ oqimlar iqtisodiyoti).
  8. Anʼanaviy iqtisodiyot (eng qadimiy tizimlar).
  9. Partisipativ iqtisodiyot (yangi tizim).

Tarix[tahrir]

Qadimda Yunon filosoflaridan biri Ksenofont oʻzining ilmiy ishlaridan birini „Ekonomikos“ deb ataydi. Bu asar orqali mamlakatida roʻy berayotgan mahsulot almashinishi xamda ishchi xalqni qishloq hoʻjaligidan unumli foydalanib oʻzining moddiy ahvolini yaxshilashi borasida ilk marotiba soʻz yuritilgan. Keyinchalik bu sohalar borasida rivojlanish statistika oqimini keltirib chiqargan bir necha oqimlar vujudga keladi ulardan ayrimlari Oʻrta asrlarda vujudga kelib oʻzining yoʻnalishi bilan bir necha mamlakatlar aro yaxshigina shuhrat qozongan:

Asosiy maqola: Merkantilizm.

Merkantilizm — oqimidir bu yoʻnalish „merkante“ italyancha soʻzdan olingan boʻlib savdogar, xaridor maʼnosini anglatadi, XVI-asrning boshlarida paydo boʻlgan bu oqimning asoschilari taniqli italyan iqtisodchisi Tomas Men va fransuz iqtisodchisi Jan Batist Kolberg oʻzlarining ilmiy va amaliy ishlarida asos soluvchilar qatoridan joy olishdi.Merkantilizm tarafdorlari halq boyligining manbasi va mamlakat iqtisodiyotini rivojlanishi bu uning savdo bilan shugʻullanishi, eksport-importning izchilligidadir deb xisoblashishgan.

Asosiy maqola: Fiziokratizm.

Fiziokratizm — fransuzcha soʻzdan olingan boʻlib Hokimiyat tabiati maʼnosini beradi. Bu oliygohni asoschisi fransuz demokratisti Fransua Kenedir,Uning XVII-asrda Parijning kichik bir nashriyotida chop etilgan „Iqtisodiy jadvallar“ kitobi orqali ushbu Fiziokrat maqomida atalgan birinchi insonlardan biri sanaladi. Uning kitobida keltirilishcha halq boyligining manbasi va mamlakat iqtisodiyotini rivojlanishi bu aholining qishloqxoʻjalik mahsulotlarini ishlab chiqarishiga bogʻliq deb hisoblanilgan.

Asosiy maqola: Klassik iqtisodiyot.

Klassik iqtisodiyotchilar-bu oqim bizning zamonamizga oʻzaro bogʻlikligi bilan ajralib turadi. XVIII asrning ikkinchi yarmi XIX asrning boshlarida Adam Smith,William Petty,David Ricardo,Jean Baptist Sayning iqtisodiy ruknda ishlari ularni bevosita bu oqimni yaralishiga olib kelgan. Bu iqtisodchilarning fikricha xalq boyligining manbasi va mamlakat iqtisodiyotini rivojlanishi oʻzaro mahsulot ishlab chiqarish, raqobat faoliyatini kengaytirishi asosida yaratiladi deya xisoblashgan va oʻzlarining amaliy ishlarida buni yaqqol isbotlab berishgan. Iqtisodiyot hamisha jamiyat hayotining asosini tashkil etadi. Odam yashashi uchun oʻz ehtiyojlarini qondirishi kerak,Hamma ehtiyojlarni qondirish esa ishlab chiqarishni rivojlantirish bilan bogʻliq.Inson sanʼat, adabiyot bilan shugʻullanishdan oldin avval ovqatlanishi, kiyinishi va yashash joyiga ega boʻlishi kerak.buning uchun zarur mahsulotlar, kiyim-kechak va boshqa tovarlar ishlab chiqarishda yaratiladi. Shu tarzda kishilarning moddiy turmush darajasi, moddiy ehtiyojlarning qondirilishi iqtisodiyotning holatiga, iishlab chiqarishning rivojlanishiga tugʻridan-toʻgʻri va bevosita bogʻliqdir.

Ilmiy va amaliy iqtisodiyot[tahrir]

Iqtisodiyot ilmiy va amaliy iqtisodiyotga boʻlinadi.

Ilmiy iqtisodiyot-iqtisodiyot nazariyasi insonlar va jamiyatning koʻp maqsadlarda ishlatilishi mumkin boʻlgan noyob resurslardan foydalanish usulini qanday tanlshlarini oʻrganuvchi fan.

Amaliy iqtisodiyot-iqtisodiyot nazariyasi tomonidan ishlab chiqilgan qonuniyat, nazariya, takliflarni bevosita iqtisodiy tizimning alohida elementlari faoliyatiga tatbiq qilish imkoniyatlarini oʻrganadi.

Shuningdek qarang[tahrir]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar[tahrir]