Bojxona

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Bojxona — 1) boj undiradigan joy; 2) chegara orqali oʻtadigan jami yuklarni, jumladan, bagaj va pochta joʻnatmalarini nazorat qiladigan davlat muassasasi; oʻtkazilayogan yuklarni tekshirish, tartibga solish va rasmiylashtirish, ulardan boj va yigʻimlar undirish bilan shugʻullanadi. B. haqidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibqoidalarning buzilishini oldini olish, ularga nisbatan choralar koʻrish, surishtiruv va tezkor qidiruv ishlari olib borish, kontrabandaga qarshi kurashish ham B. vakolatiga kiradi. B.lar, odatda, dengiz va daryo portlarida, xalqaro aeroportlarda, temir yoʻl st-yalari, chegara punktlarida joylashadi. B. muassasalari tashqi savdoda mamlakat manfaati taʼminlanishini nazorat qiladi, qimmatbaho boyliklar (sanʼat asarlari, nodir metallar va boshqalar) ning mamlakat hududidan olib chiqib ketilishining oldini oladi.

Dastlabki B.lar savdogarlarga koʻrsatiladigan xizmatlar uchun boj undirish maqsadlarida tashkil etilgan. Qad. Xitoyda ipak qurtini tashqariga olib chiqmaslikni B. qatʼiy nazorat qilgan. Buyuk Britaniyada 1006 yildan boshlab orolga keltiriladigan har qanday yukdan "qirol haqi" undirilgan. Boltiq dengizini Jahon okeani bilan tutashtiradigan boʻgʻozdan oʻtganligi uchun olinadigan "zund boji" asrlar davomida Daniya qirolligi xazinasini boyitib kelgan. Savdo-sotiq erkinligi va xavfsizligini taʼminlashda B. muhim oʻrin tutgan, olib oʻtilayotgan tovarga maxsus belgi qoʻyilgan va bu tovardan boj olinganini ifoda etgan. Oʻrta asrlarda karvon yoʻllarida, maxsus joylar (koʻpriklar, dovonlar hamda shahar tashqarisi va boshqalar)da savdo karvonlaridan boj oluvchi B.lar boʻlgan.

Oʻrta Osiyo hududida B.lar uzoq tarixiy davrda shakllanib kelgan. Oʻzbekistonda birinchi PattaHisor B.si 19-asr ning oxirlarida Rossiya imperiyasi Oʻrta Osiyoni bosib olgandan keyin tashkil etilgan. Bu B. Afgʻoniston orqali oʻtadigan yuklarni nazorat qilgan. Sobiq Ittifoq vujudga kelgach, bu post Termiz B.siga aylantirildi. Keyinchalik havo yoʻllarining rivojlanishi bilan 1958 yilda Toshkent aeroportida Toshkent B. posti tashkil etildi va u Termiz B.ga boʻysundirildi. 1959 yil aprelda Toshkent B. posti B.ga aylantirildi. Oʻzbekiston B. tizimining keyingi rivoji natijasida 1984 yilda Toshkent B.si tarkibida boʻlgan Tuzel qoʻrgʻoni (aeroport) va Fargʻona B. postlari barpo etildi. 80- yillar oxiriga kelib, Oʻzbekistonning iqtisodiy aloqalari kengayishi bilan B. tizimini takomillashtirish zarurati tugʻildi. 1988 yil okt.da Toshkent B. si negizida Oʻzbekiston Respublikasi bojxonasi tuzildi. Bu B.lar respublika organlariga boʻysunmay sobiq Ittifoq B.si tarkibiga kirar edi.

Oʻzbekiston oʻz mustaqilligini qulga kiritgach, 1991 yil 24 okt.da Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona qoʻmitasi tuzildi. Tashki iktisodiy faoliyatni, B. ishini tartibga soluvchi qonunlar, meʼyoriy hujjatlar qabul qilindi, ular xalqaro huquq meʼyorlari bilan uygʻunlashtirildi. 1997 yil 8 iyulda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan Respublika B. xizmatiga huquqni himoya qilish organi maqomi berildi. 1997 yil 29 avg .da Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 9sessiyasida Oʻzbekiston Respublikasining "Boj tarifi toʻgʻrisida", "Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida"gi Qonunlari, 1997 yil 26 dek.da Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi qabul qilindi (qarang Bojxona kodeksi). Qoraqalpogʻiston Respublikasida, barcha viloyatlarda va Toshkent shahrida bojxona xizmati boshqarmalari, qoʻshni davlatlar bilan chegara hududlaridagi magistral yoʻllarda shu boshqarmalarga qarashli B. postlari faoliyat koʻrsatadi.

Respublikada B. organlarining asosiy vazifalari oʻz vakolati doirasida Oʻzbekistonning iqtisodiy xavfsizligini taʼminlash; Oʻzbekiston B. ishlariga oid qonunchilikning buzilmasligini nazorat qilish; UzRning xalqaro shartnomalardagi B. ishlariga oid bandlarning bajarilib borilishini taʼminlash; kontrabandaga qarshi kurash; B. statistikasi, shuningdek tashki iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasini yuritish; valyuta nazoratini amalga oshirish, strategik hamda respublika uchun muhim boshqa mahsulotlarni olib chiqib ketilmasligi ustidan nazorat yuritish va boshqalardan iborat. Oʻzbekiston hududida B.lar faoliyatini uyushtirish va unga rahbarlikni OʻzR Davlat bojxona qoʻmitasi olib boradi. Oʻzbekiston Respublikasi Jahon bojxona tashkilotiga aʼzo (1994).

Oʻtkir Komilov.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil