Aholi zichligi
Aholi zichligi birlik maydon yoki hajmdagi aholi miqdoridir. Muhim geografik tushunchalardan biri.[1] Har qanday tirik organizmlar uchun tushunilishi ham mumkin, biroq aholi zichligi deganda asosan faqat odamlar joylashuvi nazarda tutiladi.
Aholi zichligi — muayyan hududda aholining joylashuv darajasi. Mam-lakat yoki biror hudud (viloyat, tu-man) aholi sonini shu joy maydoniga (odatda 1 km² ga) taqsimlash bilan hisoblab chiqariladi. Odam yashaydigan quruqlikda oʻrtacha Aholi zichligi 1 km² ga qariyb 39 kishiga toʻgʻri keladi (1990-yillar boshi), mas, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Niderlandiya, Belgiyada 300 dan ziyod, Monakoda 15539,5 kishi, Avstraliyada Aholi zichligi juda past — 1 km² ga 2,3 kishi, Mongoliyada — 1,4 kishi (1992). Choʻl va baland togʻlarda 0,01 dan 1 kishigacha. Rossiya Federatsiyasi da A.3.1 km² ga 8,7 kishi (1990). Oʻzbekistonda A. Z. bir km² ga 54,7 kishi toʻgʻri keladi (1998). Umuman olganda dunyoning aholi zich yashaydigan rayonlarda, qariyb 7% maydonini egallagan quruqlikning odam yashaydigan qismi (oykumena)da Yer kurrasidagi jami aholining 70% ga qadar aholisi mujassamlashgan.[2]
Jahon aholisi 7 milliarddan oshiq,[3] Yerning jami maydoni (suv va quruqlik bilan birga) — 510 million kvadrat kilometr.[4] Demak, butunjahon aholi zichligi 7 milliard ÷ 510 million = 13,7 kishi/km2. Agar faqat quruqlik hisobga olinsa (150 million km2), unda butunjahon aholi zichligi — 46,6 kishi/km2 (117.2 per sq. mile). Bunda Antarktida ham hisobga olingan; Antarktidasiz hisoblansa, koʻrsatkich yana oshadi — 50 kishi/km2.[1] Yer yuzining yarmidan ortigʻi (choʻl, togʻ va hk) odamlar yashashi uchun juda noqulay boʻlgani va odamlar asosan suv havzalari yonida yashagani uchun, bu raqamlardan amaliy naf yoʻq.
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ 1,0 1,1 Matt Rosenberg Population Density. Geography.about.com. March 2 2011. Retrieved on 2011-12-10.
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ U. S. & World Population Clocks. Census.gov. Retrieved on 2011-12-10.
- ↑ World Wayback Machine saytida arxivlandi (2010-01-05).. CIA World Handbook
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |