22-noyabr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

22-noyabrGrigoriy taqvimida yilning 326- (kabisa yilida 327-) kuni. Yil yakuniga 39 kun qoladi.


Noyabr
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
  1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30        
2016-yil

Bayramlar[tahrir]

Sh. qarang: Turkum:22-noyabr bayramlari

- Virjiniya orollarida Shiyponlar kuni;

- Ozarbayjonda Adliya idoralari xodimlari kuni;

- Albaniyada Alifbo kuni;

- Livanda Mustaqillik kuni;

- Kosta Rikada O’qituvchilar kuni.


Voqealar[tahrir]

Sh. qarang: Turkum:22-noyabr voqealari

- 1574-yil – Chilidagi Xuan Fernandes orollari kashf etildi;

- 1908-yil – Manastir Kongressi alban alifbosini tasdiqladi;

- 1917-yil – Kanadada Milliy xokkey ligasi tashkil etildi;

- 1917-yil – Leninning «Rossiya va Sharqning barcha musulmon mehnatkashlariga» deb nomlangan murojaatnomasi e'lon qilindi;

- 1936-yil – SSSRda abortga ruxsat berildi

- 1940-yil – Ikkinchi jahon urushi: Gretsiya armiyasi Albaniyada qarshi hujumga o’tdi va Koritsa shahrini egalladi;

- 1942-yil – Ikkinchi jahon urushi: Stalingrad jangida nemislarning 6-armiyasi qurshovda qoldi;

- 1943-yil – Ikkinchi jahon urushi: AQSH prezidenti Ruzvelt, Britaniya bosh vaziri Uinston Cherchil va Xitoy rahbari Chyang Kay Shek Qohira konferensiyasida uchrashdi;

- 1943-yil – Livan Fransiyadan mustaqillikni qo’lga kiritdi;

- 1946-yil – Angliyada sharikli ruchkalar ilk bor sotuvga chiqdi;

- 1956-yil – Melburn shahrida XVI Olimpiya o’yinlari boshlandi;

- 1963-yil – AQSH prezidenti Jon Kennedi Texasda suiqasd qurboni bo’ldi;

- 1967-yil – BMT Xavfsizlik Kengashi Arab-Isroil mojarosiga oid 242-sonli rezolyutsiyani qabul qildi;

- 1974-yil – Falastin Ozodlik Harakati BMTda kuzatuvchi maqomini qo’lga kiritdi;

- 1975-yil – Xuan Karlos I Ispaniya qiroli deb e’lon qilindi;

- 1989-yil – Livan prezidenti Rene Mo’vad Bayrutda suiqasd qurboni bo’ldi;

- 1990-yil – Britaniya bosh vaziri Margaret Tetcher iste’foga chiqdi;

- 1993-yil – Armanistonda milliy valyuta – dram muomalaga kiritildi;

- 2004-yil – Ukrainada Zarg’aldoq inqilobi boshlandi;

- 2005-yil – Angela Merkel Germaniya tarixidagi ilk ayol kansler bo’ldi;

- 2008-yil – Mars sayyorasida muzlagan suv parchasi topildi;

- 2012-yil – Isroil va Falastin o’rtasidagi 8 kunlik urushdan so’ng, Isroil va Hamas o’t ochishni to’xtatish bo’yicha kelishuviga erishildi;

- 2015-yil Myanmaning Kachin viloyatidagi nefrit konida tuproq ko’chishi oqibatida 116 kishi halok bo’ldi va 100 ga yaqin kishi bedarak ketdi.


Tavalludlar[tahrir]

Sh. qarang: Turkum:22-noyabrda tugʻilganlar

- 1787-yil – daniyaliik tilshunos olim Rasmus Rask tug’ildi;

- 1819-yil – ingliz shoiri Jorj Eliot tug’ildi;

- 1877-yil – Barselona futbol jamoasi asoschisi Joan Gamper tug’ildi;

- 1881-yil – Usmonli Turk davlati harbiy generali va siyosatchi, “Yosh turklar” harakatining faol ishtirokchilaridan biri, Buxoro amirligi tomonida turib sovet bosqinchilariga qarshi kurashgan lashkarboshi Anvar Posho tavallud topdi;

- 1890-yil – Fransiyaning 18-prezidenti Sharl de Goll tug’ilgan;

- 1896-yil – O’zbekiston xalq shoiri Nikolay Semyonovich Tixonov tug’ilgan;

- 1911-yl – O’zbekiston xalq artisti Asror Jo’rayev tavallud topgan;


Vafot etganlar[tahrir]

Sh. qarang: Turkum:22-noyabrda vafot etganlar

- 1617-yil – Usmonli Turk davlati rahbari Sulton Ahmad I vafot etgan;

- 1916-yil – amerikalik yozuvchi Jek London vafot etgan;

- 1948-yil – turk generali Faxri Posho vafot etdi;

- 1963-yil – AQSHning 35-prezidenti Jon Kennedi suiqasd qurboni bo’ldi;

- 1989-yil – Livan prezidenti Rene Mo’vad Bayrutda suiqasd qurboni bo’ldi;

- 2015-yil – Janubiy Koreyaning 7-prezidenti Kim Yong Sam vafot etdi;


Havolalar[tahrir]