2005

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(2005-yildan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

2005 yil — "Sihat-salomatlik yili" Xitoy taqvimida xoʻroz yili.

Mingyillik: 3chi mingyillik
Asr:
Oʻn yilliklar:
Yillar:

Oʻzbekiston[tahrir]

  • 25 yanvar — "Sihat-salomatlik yili" davlat dasturi toʻgʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.
  • 12–13 may — Andijon shahrida bir guruh aqidaparast va ekstremistlar tomonidan qurolli ekstremistik xurujlar sodir etildi.
  • May — "ToshguzarBoysun—Qumqoʻrgon" temir yoʻl magistralining ikkinchi bosqichi — "Qumqoʻrgʻon—Boysun" yoʻnalishi ishga tushirildi.
  • May — Chirchiq shahrida "Barkamol avlod" sport oʻyinlari boʻlib oʻtdi. May. Oʻzbekiston Pochta va telekommunikatsiyalar agentligi Oʻzbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligiga aylantirildi.
  • 29 iyul — 1– va 2-ToshTI negizida Toshkent tibbiyot akademiyasi tashkil etildi.
  • 1 avgust — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasida oʻlim jazosini bekor qilish toʻgʻrisida"gi farmoni eʼlon qilindi.
  • 30 avgust — Toshkent shahrining Eski shahar hududida Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi qayta ochildi. Oʻzbek liboslari galereyasi, Bolalar ijodiyoti uyi foydalanishga topshirildi.
  • Avgust — Toshkentdagi Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida "Il"ning yangi avlodi — "Ilyushin Il—76 TD90 VD" samolyoti chiqarila boshlandi.
  • 1 sentyabr — Mustaqillik maydonidagi Ezgulik arkasi qurib bitkazildi.
  • 5 sentyabr — Toshkent — Buxoro yoʻnalishida tezyurar yoʻlovchi tashuvchi elektr-poyezdi qatnay boshladi.
  • 9 sentyabr — Oʻzbekiston Respublikasi bilan XXR oʻrtasida "Doʻstlik va hamkorlikning sherikchilik munosabatlari toʻgʻrisida"gi Shartnoma (Pekin, 2005-yil 25-may) ratifikatsiya qilindi.
  • 11–12 sentyabr — Oʻzbekiston Tuproqshunoslar va agrokimyogarlar jamiyatining 4-qurultoyi boʻlib oʻtdi.
  • 5–6 noyabr — Toshkentning "Oʻzbekiston" sport majmuasida badiiy gimnastika boʻyicha jahon kubogi bosqichi — "Sharq goʻzali—2005" xalqaro turniri boʻlib oʻtdi.
  • 9 noyabr — "Margʻilon shahrining 2000 yilligini nishonlash toʻgʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.
  • 14 noyabrMoskva shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasida Ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisidagi shartnomani imzoladilar.
  • 26–27 noyabr — Toshkent shahridagi "Oʻzbekiston" sport majmuasida kurash boʻyicha 5-jahon chempionati boʻlib oʻtdi.
  • 29 noyabr — Toshkent shahrida Kurash xalqaro assotsiatsiyasining 6-kongressi boʻlib oʻtdi.
  • Noyabr — Toshkent shahrida "Yugnakiy" yoshlar sport majmuasi ochildi.
  • 28 dekabr — Toshkentning Mustaqillik maydonida Baxtiyor ona haykali ochildi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 3-fevraldagi qarori bilan Mustaqillik obidasi va Baxtiyor ona haykali Mustaqillik va ezgulik monumenti deb nomlandi).

Voqealar[tahrir]

Tugʻilganlar[tahrir]

Vafot etganlar[tahrir]

Nobel mukofoti laureatlari[tahrir]