Boʻstonliq tumani

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Boʻstonliqdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Boʻstonliq tumani
tuman
Tarkibida Toshkent viloyati
Maʼmuriy markazi Gʻazalkent
Asos solingan sanasi 19 aprel 1955 yil
Rasmiy tillar Oʻzbek
Aholi 160000
Maydoni 4, 94 ming kv. km km²
Balandligi
dengiz sathidan
 Baland choʻqqisi
 Oʻrtacha balandligi


 Adelunga choʻqqisi m
 4301 metr m
Soat mintaqasi UTC+5
Avtomobil raqami kodi 10-19
Chorvoq

41°34′N 69°46′E / 41.57°N 69.77°E / 41.57; 69.77 Boʻstonliq Toshkent viloyatidagi bir tumandir. Tuman markazi — Gʻazalkent shahri.[1] Boʻstonliq tumani Tyan-Shan tarmoqlarida togʻli joylarda joylashgan. Tuman 1963-yili uning hududida Chorvoq GES qurilishi boshlanishi bilan rivojlana ketdi. Hozirda Boʻstonliq tumani hududida Chimyon, Chorvoq, Burchmulla, Xumson kabi sanatoriy va oromgohlar joylashgan.

Boʻstonliq tumani — Toshkent viloyati tarkibidagi tuman. 1955 yil 19 aprelda tashkil etilgan (1962 yil 24 dekabr da Yuqori Chirchiq tumaniga qoʻshib yuborilgan, 1968 yil 25 dekabr da qayta tuzilgan). B. t. shimolida Qozogʻiston Respublikasining Janubiy Qozogʻiston viloyati, sharqda Qirgʻiziston Respublika sining Talas viloyati, janubi-sharda Oʻzbekiston Respublikasi Namangan viloyatining Pop tumani, shimoli-gʻarbda Toshkent viloyatining Qibray, janubida Yuqori Chirchiq, Parkent, Ohangaron tumanlari bilan chegaradosh. Maydon 4,93 ming km2. Aholisi 142,9 ming kishi (2000). B. t.da tumanga boʻysunuvchi 1 shahar (Gʻazalkent), 18 qishloq fuqarolari yigʻini (Bogʻiston, Boʻstonliq, Dumaloq, Jahonobod, Ozodbosh, Pargos, Sijjak, Soyliq, Toshpoʻlat Dadaboyev, Ugom, Xumson, Chimboyliq, Chimyon, Yangiovul, Qoramanas, Qoʻshqoʻrgʻon, Gʻalaba, Hondayliq) bor. Markazi — Gʻazalkent shahri (Toshkent sh.gacha 58 km).

Tabiati. B. t. hududi Tyanshan togʻ tizimidagi Ugom, Piskom, qisman Qorjontov (shimoli-sharqsa), Chatqol (janubi-gʻarbda) tizmalari oraligʻida joylashgan. Togʻ oldi va togʻ etaklarining bal. 600–800 m. Eng baland nuqtasi 4291 m (Beshtor togʻi). Yiliga 500 – 600 mm, ayrim joylarda 1000 mm gacha yogʻin tushadi. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —9°, —15°, iyulniki 17°— 21°. Daryo va soylari Chirchiq daryosining irmoqlari boʻlib, ularning eng muhimlari Piskom, Ugom, Koʻksuv, ChatKol, Oqtosh, Chimyon va b. Yangikanal, Xodolak, Kemir, Ters va b. kanallar kurilgan. Piskom va Chatqol daryolari qoʻshilgan joyda Chorvoq suv ombori va gidrouzeli (toʻgʻoni) barpo etilgan. Daryo vodiylari oʻzlashtirilgan. Balandlik zonalari boʻyicha boʻz tuproq, togʻ jigarrang tuproq va baland togʻ ochqoʻngʻir oʻtloqidasht tuproqlarida dasht oʻtlari, siyrak daraxtli archa oʻrmonlari, oʻtloqidasht va dasht oʻsimliklari oʻsadi. Tumandagi oʻrmonzorlarning aksari qismi oʻrmon xoʻjaligi tomonidan barpo qilingan. Bahor oylarida turli oʻtoʻlanlar, lola, chuchmoma, boychechak atrofni gilamdek qoplab ajib bir manzara hosil qiladi. Yovvoyi hayvonlardan qobon, ayiq, boʻri, tulki, boʻrsiq, qushlardan qorayaloq, zagʻizgʻon, kaklik, oʻrdak yashaydi. Marmar, granit, qurilish materiallari xom ashyolari bor.

Aholisining asosiy qismini oʻzbeklar tashkil qiladi; qozoq, tojik, rus, ukrain va b. millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2 ga 28 kishi. Sugʻoriladigan yerlarda aholi zichroq yashaydi. Shahar aholisining salmogʻi 30,9 %. B. t. hududida Oʻzbekistonda eng yirik rekreatsiya (dam olish) zonasi tashkil etilgan (Chorvoq—Chimyon, Pargos— Oqgosh). Tumanda "Oqgosh" (bal. 1140 m), "Xumson" (1150 m), "Tovoqsoy" (800 m) va b. sanatoriylar, "Kristall" pansionata, "Chimyon" rekreatsiya kompleksi, koʻplab dam olish zonalari, bolalar oromgohlari bor.

Chirchiq daryosi vohasida juda kadimdan odamlar yashab kelgan. Piskom, Ugom va b. dare boʻylaridagi gʻorlarda tosh qurollar, qoyatosh rasmlari topilgan. Tumanda sayyoxlar diqqatini jalb qiluvchi 180 dan ortiq shunday makonlar mavjud.

Xoʻjaligi.B. t. sanoatmahsuloti ishlab chiqarish hajmi boʻyicha Toshkent viloyatida Qibray tumanidan keyin 2oʻrinni egallaydi. Uning iktisodiy geografik oʻrni (Toshkent sh.ga yaqinligi) xoʻjaligining rivojlanishiga imkon berdi, tuman xoʻjaligi majmui asosan poytaxt ehtiyojlariga xizmat qiladi. B. t. hududida 3 yirik GES (Chorvoq, Xoʻjakent, Gʻazalkent), oyna, marmar, meva konserva, sutyogʻ, vino, pilla urugʻi zavodlari, qurilish materiallari, yirik panelli uysozlik kombinati, yoʻlqurilish va sozlash, ekspluatatsiya qilish korxonalari, qurilish tashkilotlari, avtobazalar bor. Sanoat korxonalari asosan Gʻazalkent sh.da joylashgan. Gʻazalkent toshni qayta ishlash kombinatida Arkutsoy marmar koni asosida marmar bloklar va maydalangan marmar tosh ishlab chiqariladi. "Farhod" va "Agat" kichik korxonalari ishlab turibdi.

Qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoqlari — sutgoʻsht chorvachiligi, sabzavotchilik, bogʻdorchilik, tokchilik, pillachilik va b. Tuman umumiy yer fondi 479,3 ming ga, shu jumladan sugʻoriladigan yerlar 14,9 ming ga. Qishloq xoʻjaligi korxonalari va tashkilotlari yerlari umumiy maydon 140,6 ming ga, shundan ekinzorlar 11,9 ming ga (shu jumladan sugʻoriladigani 6,1 ming ga), bogʻ va tokzorlar 7 ming ga, pichanzor va yaylovlar 64,6 ming ga. Jami tomorqa yerlar, bogdorchilik, sabzavotchilik uyushmalarining yerlari 2,5 ming ga (shu jumladan sugʻoriladigani 2 ming ga). B.t.da 19 shirkat xoʻjaligi (shu jumladan 6 ta sabzavot, 13 ta sutsabzavot yetishtiriladigan shirkat xoʻjaligi). 3 ta qishloq xoʻjalik shirkati korxonasi (boʻrdoqichilik, naslchilik parranda reproduktori va ipakchilik xoʻjaligi) bor. Umumiy ekin maydon (tomorqa yerlari bilan birga) 15,1 ming ga, shundan sugʻorma dehqonchilik yerlari 8,8 ming ga, lalmikor dehqonchilik yerlari 6,3 ming ga. Ekin maydonlarining asosiy qismi gʻalla, sabzavot, kartoshka yemxashak ekinlari bilan band. Chorvachilikda qoʻychilik, parrandachilik, yilqichilik ham mavjud. Pilla yetishtiriladi. 25,1 mingqoramol, shundan 13,2 ming sigir, 67,8 ming qoʻy va echki, 18 ming parranda boqiladi (2001). Oʻrmonzor maydon 28 ming ga ni tashkil etadi. "Oʻzbaliq" korporatsiyasiga kiradigan "Xonbaliq" xoʻjaligi bor.

B. t. viloyatning boshqa tumanlari bilan avtomobil va temir yoʻl transporti orqali bogʻlangan. Toshkent—Chorvoq elektrlashtirilgan temir yoʻl tumanni respublika poytaxti bilan bogʻlaydi. Kattik qoplamali avtomobil yoʻllari tuman xoʻjaliklari, dam olish maskanlarini birlashtiradi, ularni respublikaning boshqa tumanlari bilan bogʻlaydi.

2000/2001 oʻquv yilida 55 umumiy taʼlim maktablarida 30,2 ming oʻquvchi, kasbhunar kollejida 850 dan ziyod oʻquvchi oʻqidi. Ommaviy kutubxona, klub muassasasi bor. 27 maktabgacha yoshdagi bolalar muassasalarida 3,9 mingdan ortiq bola tarbiyalandi. 2 kasalxona, poliklinika, sil kasalliklari dispanseri, 6 qishloq vrachlik ambulatoriyasi, 18 akusherlik punkti mavjud. Oʻzbek tilida "Boʻstonliq ovozi", qozoq tilida "Boʻstonlik dovusi" tuman gaz. (1936 yildan) nashr etiladi, adadi 1675.

Adabiyotlar[tahrir]

  • Aminov M ., Boʻstonliq. T., 1985.


Manbalar[tahrir]