Toshkent tumani

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Toshkent tumani — Toshkent viloyatidagi tuman. 1975 yil 25 noyabrda tashkil qilingan. Shimolidan Qozogʻiston, sharqdan Qibray tumani, janubidan Toshkent shahri, gʻarbdan Zangiota tumani bilan chegaradosh. Maydoni 0,16 ming km². Aholisi 133,1 ming kishi (2004). Tumanda 1 shahar (Keles), 9 qishloq fuqarolari yigʻini (Guliston, Koʻkterak, Koʻksaroy, Masalboy, Choshtepa, Chuvalachi, Yunusobod, Qizgʻaldoq, Hasanboy) bor. Markazi – Keles shahri.[1]

Tabiati[tahrir]

Tuman hududi Chirchiq va Keles daryolari vodiysida joylashgan. Relyefi, asosan, pastbaland tekislikdan iborat. Iklimi kontinental. Yillik oʻrtacha temperatura 13,3°. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi –0,9°, –1,1°, eng past temperatura –29°. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 26,7°, eng yuqori temperatura 42°. Yillik yogʻin 370–390 mm, asosan, qishning 2yarmi va bahorda yogʻadi. Vegetatsiya davri 235 kun. Foydali qazilmalardan oʻtga chidamli gil, shagʻal, qum va issiq mineral suv buloqlari bor. Ekinlarni sugʻorishda Keles daryosi va Zaxariq hamda Boʻzsuv kanallaridan foydalaniladi.

Aholisi[tahrir]

Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, qozoq, rus, tatar, qirgʻiz, koreys, uygʻur va boshqa ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km² ga 832 kishi. Aholining 24,4% sanoat korxonalarida ishlaydi.

Iqtisodiyoti[tahrir]

Qishloq xoʻjaligi, asosan, chorvachilik, sabzavotchilik va bogʻdorchilik hamda tokchilik yaxshi rivojlangan. Pillachilik bilan ham shugʻullaniladi. Toshkent tumani sanoati qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Junni kanta ishlash fabrikasi (Keles), gʻisht zavodi, qurilish materiallari, oziq-ovqat ishlab chiqarish korxonalari va boshqa dan iborat.

Tumandagi jami korxonalarning yarmisini xususiy korxona va firmalar, masʼuliyati cheklangan jamiyatlar, qoʻshma va jamoa korxonalari va boshqa tashkil etadi. "KelesJun" fabrikasi, "ASTRA Fanlar akademiyasiRJM" korxonasi, "GANJBAYJON" – Oʻzbekiston Turkiya qoʻshma korxonalari, sutni qayta ishlash, Oʻzbekiston Chexiya nasos ishlab chiqarish, OʻzbekistonTurkiya mebel ishlab chiqarish korxonalari samarali faoliyat kursatmoqdalar. Ixtisoslashgan bozorlari bor.

Toshkent tumanida 12 shirkat, 72 fermer, 80 dehqon xoʻjaliklari mavjud. Qishloq xoʻjaligi yerlari umumiy ekin maydoni 6169 ga, shundan 2630 gektar yerga bugʻdoy, 1490 ga yerga kartoshka, sabzavot, 1814 gektar yerga ozuqa ekinlari ekiladi. 1206 ga yer tokzor, 90 ga yer oʻrmon va manzarali daraxtlar bilan band.

Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 13,3 ming qoramol, 5,2 ming qoʻy va echki boqiladi, 3 parrandachilik fermasi bor. Shreder nomidagi bogʻdorchilik, tokchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot instituti, oʻrmon xoʻjaligi ilmiy tadqiqot instituti tasarrufidagi tajriba ishlab chiqarish xoʻjaligida oʻrmon bilan qoplangan yerlar 86,14 ga. 22 xil koʻchat turlari yetishtiriladi. Tumanda 20 ta yoʻnalishda avtobus qatnaydi. Avtobus yoʻllari 146 km, ichki xoʻjalik yoʻllari 417 km, temir yoʻl esa 12 km. (Toshkent–Moskva temir yoʻl).

31 maktabda 31 ming oʻquvchi taʼlim oladi (2004). 35 kutubxona, 2 madaniyat uyi, 30 ta klub muassasasi, "Akvapark" bor. 3 stadion, suv havzasi, 3 tennis korti, 31 sport zali, 52 futbol, 45 basketbol, 25 qoʻl toʻpi, 36 futbol maydonlari mavjud. 4,6 ming bola sportning 15 turi bilan, 12,9 ming kishi ommaviy sport turi bilan shugʻullanadilar.

Toshkent tumanida 5 kasalxona (440 oʻrin), 12 kishloq vrachlik punkti, 5 poliklinika va boshqa tibbiy muassasalarda 276 vrach xizmat koʻrsatadi. Mustaqillik yillarida markaziy poliklinika, stomatologiya poliklinikasi, tuman markaziy tugʻruqxonasi (130 oʻrin) va yana bir qancha qishloq vrachlik punktlari qurilib, foydalanishga topshirildi. Tumandagi 60 maxallaning xar biri oʻz guzariga ega. "Alisher Navoiy", "Shamsiobod" va "Gʻishtkoʻprik" mahallalari Respublika miqyosidagi koʻrik tanlovi golibi hisoblanadi.

1977 yildan "Istiklol nuri" tuman gazetasi chop etiladi (adadi 6000 ga yaqin).

Manbalar[tahrir]

  1. Gʻulomov, Erkin. "Toshkent tumani" OʻzME. T-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil