Qoraboshboy jome masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Qoraboshboy jome masjidi
Qoraboshboy
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Shahar Angren
Yoʻnalishi sunniy
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Binokorlik 20212022
Soʻngi imom Imanov Ibrohim[1]
Minoralar soni 1
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Qoraboshboy jome masjidi – Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi jomeʼ-masjid boʻlib, Toshkent viloyati Angren shahrida joylashgan. Maskur masjid Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi va Toshkent viloyati Musulmonlar boshqarmasi tomonidan faoliyat yuritadi[1].

Joylashuvi va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qoraboshboy jome masjidi jome masjidi Toshkent viloyati, Angren shahri, Zarbuloq mahalla fuqarolar yigʻini, Oltinbel nomli koʻchada joylashgan[1][2]. Maskur masjiga har kunlik 5 mahal namoz ibodatlarini ado qilish uchun Angren sharining turli hudud va joylaridan musulmon insonlar, namozxonlar, ziyoratchilar tashrif buyurishadi. Masjid shahar markazidan chetroqda joylashganligi sababli binu muhitida tinchlik hukm suradi. Shuningdek, Angren shahrining turli hududlarida istiqomat qiluvchi aholilar, namozxonlar, shuningdek, yoʻlovchilar, mehmonlar va sayohatchilar Ramazon va Qurbon hayiti kabi yirik namozlarida va Juma namozlari vaqtlarida namoz ibodatini amalga oshirish uchun tashrif buyurishadi. Ushbu jome masjidda kunlik besh vaqt namoz oʻqilishi uchun zarur barcha shart-sharoitlar yaratilgan[3].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qoraboshboy jome masjidi tarixi XX-asrlarga borib taqaladi. Masjid binosining qurilishi haqida oʻtgan yillar davomida, mahalliy aholi vakillari, tadbirkorlar, homiylar, mahalla va Angren shahar faollari, hamda, homiylar tomonidan amalga oshirilgan. Yangi masjid binosi namozxonlar uchun zarur qulayliklarga ega boʻlib, zamon talablariga mos keladi. Angren shahar Qoraboshboy jome masjidi 1998-yil, 29-sentabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan diniy tashkilot sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 „ҚОРАБОШБОЙ ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. masjid.uz. Qaraldi: 26-noyabr 2023-yil.
  2. „Информация о компании“. uzorg.info. uzorg.info. Qaraldi: 26-noyabr 2023-yil.
  3. 3,0 3,1 „"QORABOSHBOY" MASJIDI“. allcompanies.by. allcompanies.by. Qaraldi: 26-noyabr 2023-yil.