Kontent qismiga oʻtish

Oʻrtaqoʻrgʻon jome masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Oʻrtaqoʻrgʻon jome masjidi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Shahar Toshkent viloyati
Manzil Bo`ka tumani
Mulkdor Oʻzbekiston musulmonlari idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik

Oʻrtaqoʻrgʻon jome masjidi  — Toshkent viloyati Boʻka tumanida joylashgan masjid[1].

Boʻka tumanidagi „Oʻrtaqoʻrgʻon“ jome masjidi SSSR davrida uzoq vaqt tashlandiq axlatxona boʻlgan.

1960-yillarda qarovsiz holga kelgan ushbu masjidni tuman markazidan chetroqqa Boʻka tumani markaziy qabristoni yoniga koʻchirilgan. Masjid oldi tomonida esa oʻzga din vakillarining qabristoni boʻlgan. Shu tariqa ikki qabriston oʻrtasiga Oʻrtaqoʻrgʻon jomeʼ masjidi qurilgan.

1993-yili Aʼzamxontoʻra, Abdugʻaffor ota, Abduvahhob ota boshchiligida Oʻrtaqoʻrgʻon jomeʼ masjidini yangitdan oʻz joyiga qurish tashabbusi bilan chiqildi. 2002 — 2005-yillarda Aʼzamxontoʻra, Abdugʻaffor ota, Ismoil ota, Olim ota boshchiligida umumhashar yoʻli bilan masjid qaytadan barpo etildi.Masjid hududi 1,2 ga. maydonni tashkil etadi. Masjid balandligi 23 metr, eniga 30 metr, boʻyiga 24 metr hajmda 2 qavatli qilib klassik va zamonaviy uslubda qurib bitkazildi. Masjid ichida 8 ta ustun boʻlib, 4 tasi balkon va 4 tasi gumbaz uchun oʻrnatilgan."Oʻrtaqoʻrgʻon" jomeʼ masjidida 1500 nafar namozxon ibodat qilish imkoniyatiga ega. Masjid atrofi 200 dan ortiq archa daraxti bilan oʻralgan.Masjidga kirish darvozasi peshtoqidagi kitobada „kalimai toyyiba“ bitilgan. Masjid xonaqohiga kirish peshtoqidagi kitobada „Jin“ surasi 18 oyat „suls“ xatida bitilgan. Uning bilan birga peshtoqda „ الملك لله“  „mulk Allohnikidir“ degan yozuv „kufiy“ xatida 3 marta va „الملك لله وحده“ „Mulk faqat Allohnikidir“ jumlasi bir marotaba bitilgan.

Masjid imom-xatibi: Sharipov Bahriddin

Masjid manzili: Toshkent viloyati, Boʻka tumani, Guliston koʻchasi[2]