Sankt-Peterburg universitining yuridik fakultetini tugatgan (1975). Oʻqishni tugatgach, Davlat xavfsizlik organlariga ishga yuborilgan. Germaniya Demokratik Respublikasida ishlagan (1985—1990).
1990-yildan Sankt-Peterburg universiteti rektorining yordamchisi,
Sankt-Peterburg shahar kengashi raisi maslahatchisi. SanktPeterburg shahri meriyasida tashqi aloqalar boʻyicha qoʻmita raisi (1991—1994), ayni paytda Sankt-Peterburg hukumati raisining birinchi oʻrinbosari (1994—1996),
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Ish boshqaruvchisi oʻrinbosari (1996—1998),
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti maʼmuriyati rahbari oʻrinbosari — Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Bosh nazorat boshqarmasi boshligʻi (1997—1998), Rossiya Federatsiyasi Prezidenti maʼmuriyati rahbarining birinchi oʻrinbosari (1998-yil may — iyul),
Rossiya Federatsiyasi Federal xavfsizlik xizmati direktori (1998-yil iyul — 1999-yil avgust), ayni vaqtda Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik Kengashi kotibi (1999-yil mart — avgust).
Rossiya Federatsiyasi hukumat raisi (1999-yil avgust — 2000-yil may), ayni paytda 1999-yil 31-dekabrdan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi.
2000-yildan 26-martdan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti (2004-yil 14-martda ikkinchi muddatga Rossiya Federatsiyasi Prezidenti etib saylandi).
2012-yil 7-maydan eʼtiboran yana Rossiya Federatsiyasi Prezidenti[6].
Shaxsiy hayoti
Oilali. 1983-yil 28-iyul kuni Lyudmila Aleksandrovnaga nikohlangan. Oʻzaro nikohdan ikki farzandi Mariya (1985-yilSankt-Peterburgda tugʻilgan) va Katerina (1986-yilDrezdenda tugʻilgan) ismli qizlari bor. 6-iyun kuni „Rossiy 24“ telekanaliga intervyu bera turib, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va uning turmush oʻrtogʻi ularning nikohi yakuniga etganini eʼlon qilishdi[7]. Ushbu qadamni izohlab, Vladimir Putin bu „umumiy qaror“ boʻlganini maʼlum qildi. Oʻz navbatida, Lyudmila Putinaning qayd etishicha, soʻnggi vaqtlarda er-xotinlar „deyarli koʻrishishayotgani yoʻq, har birining oʻz hayoti bor“.