Hokim

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Hokim — viloyat, tuman, shaharda oliy mansabdor shaxs. U mahalliy vakillik va ijro etuvchi hokimiyat boshligʻi. Hokim lavozimining joriy etilishi oʻzbek milliy davlatchiligi anʼanalari va tarixiy tajribalarga asoslangandir. Iskandar Makduniy zamonida mahalliy aholi vakillaridan Artaboz — Baqtriyada, Oksiart va Xoriyen — Soʻgʻdiyona hududlarida Hokimlik qilganlar. Amir Temur va temuriylar davrida davlat boshqaruvi oliy darajadagi amaldorlardan tashkil topgan markaziy boshqaruv va viloyat Hokimlari qoʻlidagi mahalliy boshqaruvdan iborat boʻlgan. Hokimlar mamlakatning amaldagi haqiqiy egalari edilar. Oʻrta Osiyo xonliklarida muayyan bir shahar va uning atrofidagi qishloqlar ustidan rahbarlikni amalga oshirish uchun bel-gilab qoʻyilgan amaldorlar Hokim deb atalgan.

Mustaqillikning ilk kunlaridanoq Oʻzbekistonda mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini kuchay-tirish maqsadida Hokim lavozimi taʼsis etildi. „Oʻzbekiston Respublikasi mahalliy hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish toʻgʻrisida“ Oliy Ken-gash tomonidan qabul qilingan qonun (1992-yil 4-yanvar) Hokim va hokimlik tuzilmasining asosiy vazifalarini belgilab berdi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitupiyasining 99-moddasiga binoan, „Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga boʻysunadigan shaharlardan, shuningdek shahar tarkibiga kiruvchi tumanlardan tashqari) hokimlar boshchilik qiladigan xalq deputatlari Kengashlari hokimiyatning vakillik organlari boʻlib, ular davlat va fuqarolarning manfaatlarini koʻzlab oʻz vakolatlariga taalluqli masalalarni hal etadilar“. Xalq deputatlari Kengashlari va Hokimlarning vakolat muddati — 5 yil. Vakillik va ijroiya hokimiyatini tegishligiga qarab viloyat, tuman va shahar Hokimlari boshqaradi. Viloyatlar Hokimlari va Toshkent shahri Hokimi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiklanadi. Shaharlardagi tumanlarning Hokimlari tegishli shahar Hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda xalq deputatlari shahar Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Tumanlarga boʻysunadigan shaharlarning Hokimlari tuman Hokimi tomonidan tayinlanadi va lavo-zimidan ozod qilinadi hamda xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Hokimlar yakkaboshchilik prinpipida ish olib boradi va ularning chiqargan hujjatlari shu hududda bajarilishi shart. Hokim oʻzining qarorlarigina emas, oʻzi rah-barlik qilayotgan organlarning qarorlari va faoliyati uchun ham shaxsan javobgardir. Hokim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan miqdorda birinchi oʻrinbosar va oʻrinbosarlarga ega boʻladi.

Hokimlarning va xalq deputatlari mahalliy Ksngashlarining faoliyatini tashkil qilish, ularning vakolat doirasi „Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida“gi Oʻzbekiston Respublikasining .qopuni (1993-yil 2-sentabr)da belgilangan.

Manbalar[tahrir]