Abdujabbor Abdurahmonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abdujabbor Abdujabborovich Abdurahmonov
Flag of Uzbek SSR 1937.gif
 Oʻzbekiston SSR Xalq Komissarlari Soveti (1946-yildan Ministrlar Soveti) raisi 
Mansab davri
1938-yil 23-iyul — 1950-yil 21-avgustgacha
Oʻtmishdoshi Sulton Segizboyev
Vorisi Abdurazzoq Mavlonov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1907-yil
Toshkent, Sirdaryo viloyati, Rossiya imperiyasi
Vafoti 1975-yil 3-oktabr
Moskva, SSSR
Millati oʻzbek
Siyosiy partiyasi VKP (b) (1928-yildan)
Mukofotlari
Order of Lenin ribbon bar.png Order of Lenin ribbon bar.png Order of Lenin ribbon bar.png Order of Lenin ribbon bar.png Order of Lenin ribbon bar.png
1-darajali Vatan urushi ordeni Orderredbannerlabor rib.png Orderredbannerlabor rib.png Order badge of honor rib.png

Abdujabbor Abdurahmonov (1907-yil — Toshkent — 1975-yil 3-oktabr) — Oʻzbekiston XKS raisi (1938—1950). Margʻilon, Fargʻona, Yangiyoʻl va Qoʻqon shaharlari, Buxoro viloyatida rahbarlik lavozimlarida ishlagan (1929—1937). 1954—1957-yillarda Oʻzbekiston SSR Ministrlar Soveti raisining oʻrinbosari va Oʻzbekiston SSR Davlat reja komissiyasining raisi. Vetnamdagi elchixonada iqtisodiy masalalar yuzasidan maslahatchi (1960—1964), Oʻzbekiston SSR Mahalliy sanoat vaziri (1965—1971), Oʻzbekiston hukumatining SSSR Ministrlar Soveti huzuridagi doimiy vakili (1971—1975) lavozimlarida ishlagan. Abdujabbor Abdurahmonov xotirasi abadiylashtirilib, Toshkentdagi politexnikum, koʻcha, Toshkent tumanidagi jamoa xoʻjaligi uning nomiga qoʻyilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Abdujabbor Abdurahmonov" OʻzME. A-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]