„Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti“ Milliy tadqiqot universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti“ Milliy tadqiqot universiteti
(TIQXMMI MTU)
Xalqaro nomi ingl. Tashkent Institute of Irrigation and Agricultural Mechanization Engineers[1]
Asos solingan 1934
Oʻquv yurti turi Universitet
Rektori Bahodir Mirzayev
Talabalari 4860+[2]
Bakalavriat 25 ta yoʻnalish[2]
Magistratura 25 ta mutaxassislik[2]
Fan doktorlari 31[2] ta
Manzili Qori Niyoziy koʻchasi, 39, Toshkent shahri, 100000, Oʻzbekiston
Vebsayti tiiame.uz

Koordinatalari: 41°19′23.52″N 69°17′45.600000000023″E / 41.3232000°N 69.29600000000000648°E / 41.3232000; 69.29600000000000648 G O

„Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti“ Milliy tadqiqot universiteti — Oʻzbekistondagi yirik oliy oʻquv yurtlaridan biri. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tasarrufida. Institut 1934-yilda Oʻrta Osiyo irrigatsiya injenerlari va texniklari instituti hamda Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash instituti asosida tashkil etilgan. 2004-yilning mart oyigacha Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 30-martdagi qarori bilan Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutiga aylantirildi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-son farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan vazifalar ijrosini izchil taʼminlash maqsadida, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti „Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti“ milliy tadqiqot universiteti deb qayta nomlandi.

Institutda: gidromelioratsiya; suv xoʻjaligi inshootlari; suv xoʻjaligini avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash; boshqaruv va iqtisodiyot; yerdan foydalanish va yer kadastri fakultetlari, magistratura va sirtqi boʻlim bor, ularda suv xoʻjaligi va melioratsiya; suv xoʻjaligi inshootlari; ekologiya va atrof muhit muhofazasi; suv resurslari va ularni boshqarish; suv xoʻjaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash; suv xoʻjaligida avtomatlashtirish va telemexanika; kasb taʼlimi; iqtisodiyot; buxgalteriya hisobi va audit; menejment; yer tuzish va yer kadastri kabi yoʻnalishlar boʻyicha bakalavrlar hamda magistratura boʻlimida 31 ta mutaxassislik boʻyicha kadrlar tayyorlanadi. Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumanida maydoni 1609 ga boʻlgan oʻquv tajriba xoʻjaligiga ega. 2003/04-oʻquv yilida institutda 5 mingdan ortiq talaba oʻqidi. 30 dan ziyod kafedralarda 500 ga yaqin professor oʻqituvchilar, shu jumladan 41 fan doktori professorlar 200 ga yaqin fan nomzodi va dotsentlar ishladi. Shuningdek, institut tarkibida oʻquv, oʻquv-uslubiy, malaka oshirish, xalqaro aloqalar, ilmiy tadqiqot, nashriyot, aspirantura va doktorantura boʻlimlari, kutubxona (630 ming asar) bor. Institut huzurida Buyuk Britaniyaning London shahridagi Instituternational House London litseyi taʼsischi boʻlgan iqtisodiyot va xorijiy tillar yoʻnalishi boʻyicha Instituternational House Tashkent va tabiiy fanlar yoʻnalishidagi akademik litseylar faoliyat koʻrsatadi. Institutda A.N.Askochenskiy, Y.A.Zamarin, Yanishevskiy, T.N.Qori-Niyoziy kabi yirik olimlar ishlagan. Professorlar Sh.U.Yoʻldoshev, A.A.Rachinskiy, E.F.Fayziboyev, Sh.Murodov, T.S.Xudoyberdiyev va boshqa olimlar faoliyat koʻrsatmoqdalar. Institut tashkil etilgandan buyon xalq xoʻjaligi tarmoqlari uchun 52 mingdan ziyod mutaxassis tayyorlandi. Institut huzurida nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilish boʻyicha ixtisoslashgan kengash ishlaydi. Institut bir necha nufuzli oliy oʻquv yurtlari, ilmiy-tadqiqot institutlari AQShning Vashington, Ayova, Niderlandiyaning Vageningen, Buyuk Britaniyaning Lisfasi, Germaniyaning Gamburg universitetlari bilan ilmiy aloqa oʻrnatgan va talabalar, professor oʻqituvchilar almashinish, ilmiy-tadqiqot grantlari olish yoʻlga qoʻyilgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti 1923-yilda Turkiston Davlat Universiteti Texnika fakultetining Gidrotexnika boʻlimi Melioratsiya muxandisligi fakultetining tuzilishidan boshlangan. 1923-yilda 24 nafar talaba agranom, 16 nafar talaba gidromelioratsiya muhandisi sifatida institutni tamomlab, birinchi bitiruvchilari boʻlishgan. 1929-yili Melioratsiya muhandisligi fakulteti negizida mexanika qurilishi va suv xoʻjaligi fakultetlari ochilib, Oʻrta Osiyo paxtachilik irrigatsiya politexnika instituti tashkil etildi. Institutning tashkil etilishi respublikaning qishloq va suv xoʻjaliklari xodimlariga boʻlgan kuchli ehtiyojni qondira boshlagan. Shu vaqtlarda Oʻrta Osiyo respublikalarida yer suv islohotining amalga oshirilishi hamda irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirishning yanada rivojlantirilishi yaxlit oliy texnika oʻquv mexanizatsiyasining tashkil etilishini taqazo qilgan. 1934-yilda Oʻrta Osiyo irrigatsiya muhandislari va texniklari instituti Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligini irrigatsiyalash va mehanizatsiyalashtirish muhandislari instituti nomi bilan birlashtirilib shu yilning 11 noyabiridan Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari institutiga aylantirilgan. Dastlab uning tarkibida ikkita gidromelioratsiya va mexanizatsiya fakultetlari boʻlgan. Ulugʻ vatan urishidan keyingi davrda mamlakatning qishloq xoʻjaligi iqtisodiyotida yuksalish roʻy berdi, yangi tarmoqlar ochila boshladi. Institutda esa yer qurilishi 1945-yilda, gidromelioratsiya ishlarini mexanizatsiyalashtirish 1946-yilda, gidroenergetika qurilishi 1946-yilda, qishloq xoʻjaligi mashinalarini taʼmirlash texnologiyasi va uni tashkil etish 1974-yilda, umummuhandislik 1979-yilda fakultetlarini ochilishi Oʻzbekistonda iqtisodiy ijtimoiy oʻsish bilan chambarchas bogʻliq. Mustaqillik yillariga kelib institutning rivojlangan horijiy davlatlar universitetlari bilan oʻquv ilmiy tajribalar almashishlari boʻyicha hamkorliklar rivojlandi. Institutda oʻqitiladigan fanlarning oʻzbek tilidagi adabiyotlari yaratildi. Talaba yoshlarni tillarni oʻrganishga, chet el oliy taʼlim muassasalarida oʻqishlarini davom etirishlariga keng imkoniyatlar yaratildi, jumladan iqtidorli talabalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida joriy etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi, „Beruniy“, „Navoiy“ nomidagi davlat stipendiyalari tanlovida hozirga qadar qishloq va suv xoʻjaligi yoʻnalishi boʻyicha 20 nafardan ortiq talabalarimiz sovrindor boʻlishgan. 2004-yil 30-martda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining qarori bilan Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash injinerlari instituti Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutiga aylantirildi. Institut hozirgi kunda tom manoda yangi masulyatli davrni boshidan kechirmoqda. Respublikada qishloq va suv xoʻjaligi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash dolzarb masala hisoblanadi. Hozirda institutda 4860 dan ortiq talaba 18 taʼlim yoʻnalishi, 15 magistratura mutaxasisliklari boʻyicha 5 ta fakultetda taʼlim olib kelmoqdalar. Institutda ularga 30 ta kafedrada 353 nafar malakali professor oʻqituvchilar taʼlim berishib, ularning 31 nafari fan doktori professorlar, 157 nafari fan nomzodi dotsentlardir. Institut zamon talablariga javob beradigan toʻrtda oʻquv, uchta oʻquv laboratoriya binolari, zamonaviy oʻquv ilmiy markazlar, umumiy fondi 700 ming nusxaga yaqin axborot resurs markazi, 1200 oʻrinli 3 ta talabalar uyi, 460 oʻrinli talabalar oshxonasi va istirohat bogʻiga ega. Institut jamoasining asosiy eʼtibori taʼlim toʻgʻrisidagi qonun va kadrlar tayorlash milliy dasturining vazifalaridan kelib chiqib bozor iqtisodiyoti sharoitida suv xoʻjaligi uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan.

Mashhur bitiruvchilari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Tashkent Institute of Irrigation and Melioration“ (inglizcha). University Directory. Qaraldi: 17-iyul 2014-yil.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 „TIMI tarixi“. TIMI. 24-iyul 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 17-iyul 2014.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]