Telegram
Telegram | |
Muallif |
|
---|---|
Ishlab chiquvchi | ByCot FF LLZ, ByCot Messenger Inc. |
tashkil topdi: | 14-avgust, 2013-yil |
So‘nggi versiyasi | 10.9.1 (04.03.2024) |
Operatsion tizim | Android, IOS, MACOS, WINDOWS |
Platforma | Android, iOS, Windows Phone, Windows NT, macOS, Linux, Veb platforma |
Yozilgan til(lar)i | English, arabic, russian, spanish, uzbek, french, turkish |
Janr | Xabar almashgich |
Litsenziya | GNU GPLv2 yoki GPLv3 |
Vebsayt: | telegram.org |
Telegram – tezkor xabar almashish vositasi. Oddiy foydalanuvchilar matn xabarlashuvdan tashqari bir-birlariga hajmi 2 GB gacha boʻlgan tasvir, video, audio va har xil fayllar yuborishlari hamda ovozli va video qoʻngʻiroqlarni amalga oshirishlari, kanal va guruhlarda ovozli hamda video chatlarda qatnashishlari mumkin.
Dastur Google, Android, Apple iOS, Microsoft Windows, Blackberry, MacOS, Linux va Windows Phone uchun mavjud.
Telegram foydalanuvchilari oʻz mobil telefon raqamlari orqali roʻyxatdan oʻtadilar. „Telegram“ loyihasi Shaxiyor tomonidan oʻylab topilgan.
Dunyodagi eng tezkor xabar almashish ilovasi. Bu bepul va xavfsiz.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Telegram 2013-yilda aka-uka Shaxriyor Ikromov tomonidan ishlab chiqilgan. 2013-yilning oktabr oyida Telegramda kunlik 100,000 foydalanuvchi bor edi. 2014-yil 24-martda esa Telegram oʻzida 35 million oylik va 15 million kunlik foydalanuvchisi borligini eʼlon qildi. 2014-yil dekabr oyida Telegram kunlik 1 milliard xabar yuboradigan 50 million foydalanuvchisi borligini va auditoriyasi haftasiga bir millionga koʻpayayotganini eʼlon qildi.
2018-yil martida Telegram 200 millionlik oylik faol foydalanuvchiga erishdi. Oʻtgan yili, 2020-yil aprel oyida 400 million faol foydalanuvchiga erishganligini maʼlum qildi. 2021-yil yanvar oyi esa bu koʻrsatkich 500 milliondan oshdi.
Ushbu foydalanuvchilar oʻsishi sababli esa Telegram Sentabr oyida maʼlumotlar saqlash formatini int32’dan int64’ga oʻtkazdi. Bu esa eski versiyalarni qoʻllab-quvvatlashni toʻxtatish majburiyatini hosil qildi va Dekabr oyida eski versiyalar ishlashdan toʻxtadi.
2013-yil 14-avgustda iOS kompaniyasi Apple foydalanuvchilariga „Telegram“ dasturini taqdim qildi. Shu yili 22-avgustda esa Android foydalanuvchilari bu dasturda foydalana boshlashdi.
Telegram dasturi MTProto protokoli asosida ishlaydi.
Telagram messenjeri obligasiyalar sotish orqali 1 milliard dollarlik sarmoya jalb qildi. Durovning maʼlum qilishicha, Telegramʼning asosiy maqsadi kelajakda oʻnlab yillar yoki asrlar davomida insoniyatga xizmat qilishi mumkin boʻlgan moliyaviy barqaror loyihaga aylanish boʻlib, 1 milliard dollar sarmoyaning jalb qilingani ushbu maqsadga erishish yoʻlidagi yana bir qadam boʻlgan. Investorlar orasida BAAning „Mubadala Investment Company“ hamda „Abu Dhabi Catalyst Partners“ kompaniyasi bor[1].
Foydalanilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2013-yil oktyabr oyida Telegram har kuni 100 000 faol foydalanuvchiga ega ekanligini e'lon qildi[2].
2014-yil 24-martda Telegram oyiga 35 million va har kuni 15 million faol foydalanuvchiga ega ekanligini e'lon qildi[3]. 2014-yil oktabr oyida Janubiy Koreya hukumati tomonidan kuzatuv rejalari ko'plab fuqarolarni KakaoTalk ilovasidan Telegramga o‘tishga undadi[4]. 2014-yil dekabr oyida Telegram 50 million faol foydalanuvchiga ega ekanligini, kuniga 1 milliard xabar jo‘natilganini va har hafta 1 million yangi foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tishini e’lon qildi[5], besh oy ichida trafik ikki baravar ko‘payib, kuniga 2 milliard xabarni tashkil etdi[6]. 2015-yil sentabr oyida Telegram ilovaning 60 million faol foydalanuvchiga ega ekanligini va har kuni 12 milliard xabar yetkazib berilayotganini e’lon qildi[7].
2016-yil fevral oyida Telegram oyiga 100 million faol foydalanuvchiga ega ekanligini, kuniga 350 000 yangi foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tishini va 15 milliard xabar yetkazib berilishini e’lon qildi[8]. 2017-yil dekabr oyida Telegram oyiga 180 million faol foydalanuvchiga yetdi[9]. 2018-yil mart oyiga kelib, bu ko'rsatkich ikki baravar oshib, Telegram 200 million oylik faol foydalanuvchiga yetdi[10].
2019-yil 14-martda Pavel “so‘nggi 24 soat ichida Telegramga 3 million yangi foydalanuvchi qo‘shilganini” aytdi[11]. U bunday ko‘p sonli yangi ro‘yxatdan o‘tishlarga nima sabab bo‘lganini aniq aytmadi, biroq bu davr Facebook va uning Instagram kabi ilovalar oilasida uzoq muddatli texnik nosozlik kuzatilgan davrga to‘g‘ri kelgan edi[12]. AQSh Qimmatli qog'ozlar va birjalar komissiyasiga ko‘ra, 2019-yil oktabr oyida Telegram butun dunyo bo‘ylab 300 million oylik faol foydalanuvchiga ega edi[13].
2020-yil 24-aprel kuni Telegram 400 million oylik faol foydalanuvchiga yetganini e'lon qildi[14].
2021-yil 8-yanvar kuni Pavel o‘z blogida Telegram “taxminan 500 million” oylik faol foydalanuvchiga yetganini e’lon qildi[15]. Avgust oyida TechCrunch Telegramning eng yirik bozori Hindiston ekanligini, mintaqadagi umumiy o‘rnatmalarining 22 foiz ulushiga ega ekanligini xabar qildi[16]. 2021-yil 5-oktabr kuni Facebook va uning sheriklarida ro‘y bergan uzilish natijasida Telegram 70 milliondan ortiq yangi foydalanuvchini qo‘lga kiritdi[17].
2022-yil mart oyida Telegramning Rossiyadagi ulushi 63% ga oshib, WhatsAppning 32% ulushidan oshib ketib, mamlakatdagi eng mashhur tezkor xabar almashish ilovasiga aylandi[18]. 2022-yil 19-iyun kuni Telegram 700 million oylik faol foydalanuvchiga yetganini e'lon qildi[19][20].
2023-yil iyul oyida Telegramda 800 milliondan ortiq oylik faol foydalanuvchi bor edi[21].
2023-yil iyul oyidan boshlab, Telegram Rossiyadagi eng mashhur ijtimoiy tarmoqqa aylandi va 2023-yil dekabr oyiga kelib 46,8% bozor ulushiga ega bo‘ldi[22].
2024-yil mart oyi holatiga ko‘ra, Pavelning ma'lumotiga ko‘ra, Telegram oylik 900 milliondan ortiq faol foydalanuvchiga ega[23].
Yangilanishlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Telegram dasturi 2021-yil mart oyida cheksiz foydalanuvchilarni qoʻshgan holda muloqot qilish imkonini beruvchi ovozli chatni taqdim etdi[24]. Iyul oyida esa 30 kishiik videokonferensiyasida har bir ishtirokchi oʻz ekranidan skrin koʻrsata olish imkoniyatiga ega boʻldi[25]. Avgust oyi oxirida esa Telegram Ovozli va Video chatlarni Jonli efirlar[26] deya nomladi. Sentabr oyidagi yangilanishda esa Jonli efirlarni yozib olish imkoniyatini ham taqdim etdi[27]. Shunday qilib biz 2021-yilni Reaksiyalar, Yashirin matn, Tarjimon va QR-Kodlar bilan tugatdik.[1]
2022 -yil mart oyida telegram yana bir yangilanishni eʼlon qildi. Bunda koʻra telegram botlarini yaratishda yangi dasturlash tili (JavaScript) qoʻshildi. Endi telegram botlar saytlardan deyarli farq qilmaydi deb xabar qiladi telegram oʻz rasmiy saytida. Bundan tashqari telegram yangi emojilar, stikerlar va toʻgʻridan toʻgʻri kanallar va guruhlardagi postlarni telegramdan chiqmagan xolatda boshqa tillarga tarjim qilish imkoniyati ham yaratdi.
2022-yil 21-iyun kuni Telegram foydalanuvchilari soni 700 milliondan oshganini eʼlon qildi va shu munosabat bilan Telegram Premium obunasini eʼlon qildi.
Telegram Premium
[tahrir | manbasini tahrirlash]Telegram Premium obunasi oʻz ichiga bir qancha qulayliklarni jamlaydi. Shu jumladan, oʻzaro har birining hajmi 4 GB gacha fayl (video, audio, tasvir va boshqa) lar almashinish imkoniyati, katta tezlikda fayllar yuklanishi, xabarlar tarkibidagi bejirim animatsion emojilar, 1 000 ta gacha (oddiy versiyasida 500 ta gacha) kanallarga va katta guruhlarga aʼzo boʻla olish, 20 ta gacha chatlar jildlari, 10 ta gacha (oddiy versiyasida 5 ta gacha) qadalgan chatlar, 400 ta gacha (oddiy versiyasida 200 ta gacha) saqlangan animatsiya (gif) lar, „Oʻzingiz haqingizda“ boʻlimida uzunroq tavsif, ovozli habarlarni matn shaklida qabul qilish, noyob stikerlar va reaksiyalar jamlanmalari, nikneym oxiridagi premium belgisi va boshqa koʻplab funksiyalar. 29-avgust 2022-yil holatiga koʻra Telegram rasmiy saytidan yuklab olingan ilovasi uchun premium obuna narxi bir oyga 3.99 AQSH Dollarini tashkil qiladi. Oʻzbekistonlik foydalanuvchilar uchun 1 oylik obuna narxi 35 990 soʻmni, 1 yillik obuna narxi esa 269 990 soʻmni tashki etadi.Yaqin kunlarda Telegram premim obunasi oshishi kutilmoqda
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Telegram облигациялар сотиш орқали 1 млрд доллар сармоя жалб қилди“. Bugun.uz. 2022-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 23-mart.
- ↑ Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; no text was provided for refs namedTechCrunch
- ↑ „Telegram Hits 35M Monthly Users, 15M Daily With 8B Messages Received Over 30 Days“. TechCrunch (2014-yil 24-mart). 2015-yil 24-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 25-iyun.
- ↑ Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; no text was provided for refs namedTheVergeKorea
- ↑ „Telegram Reaches 1 Billion Daily Messages“. Telegram (2014-yil 8-dekabr). 2019-yil 24-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 8-dekabr.
- ↑ „Telegram Hits 2 Billion Messages Sent Daily“. Telegram (2015-yil 13-may). 2019-yil 12-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 31-iyul.
- ↑ Lomas, Natasha „Telegram Now Seeing 12BN Daily Messages, up From 1BN in February“. Techcrunch (2015-yil 21-sentyabr). 2015-yil 27-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 19-noyabr.
- ↑ Burns, Matt „Encrypted Messaging App Telegram Hits 100M Monthly Active Users, 350k New Users Each Day“. TechCrunch (2016-yil 23-fevral). 2019-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 23-fevral.
- ↑ „This $5 Billion Encrypted App Isn't for Sale at Any Price“ (2017-yil 12-dekabr). 2019-yil 20-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 22-dekabr.
- ↑ „200,000,000 Monthly Active Users“. Telegram (2018-yil 22-mart). 2018-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 22-mart.
- ↑ Lomas, Natasha „Telegram gets 3M new signups during Facebook apps' outage“. TechCrunch (2019-yil 14-mart). 2019-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 14-mart.
- ↑ Shieber, Jonathan „Update: Facebook, Instagram and Messenger were down for many users“. TechCrunch (2019-yil 13-mart). 2019-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 14-mart.
- ↑ „SECURITIES AND EXCHANGE COMMISSION, ::Plaintiff, :19 Civ. 9439(PKC):-against -:ECF Case:TELEGRAM GROUPINC.andTON ISSUERINC.“. The US Securities and Exchange Commission (2019-yil 11-oktyabr). 2020-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 17-oktyabr.
- ↑ „Telegram hits 500M monthly active users“ (en-US). Telegram. 2021-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-yanvar.
- ↑ „"Respect your users": Telegram founder Pavel Durov slams Facebook“. The Hindu Business Line (2021-yil 9-yanvar). 2021-yil 9-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-yanvar.
- ↑ „Telegram tops 1 billion downloads“. TechCrunch (2021-yil 30-avgust). Qaraldi: 2022-yil 1-may.
- ↑ Porter, Jon „Telegram gains 70M new users in just one day after Facebook outage“ (en-US). The Verge (2021-yil 6-oktyabr). 2021-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-oktyabr.
- ↑ „Telegram surpasses WhatsApp to become Russia's top messenger“ (en). Business Recorder (2022-yil 21-mart). Qaraldi: 2022-yil 21-mart.
- ↑ „700 Million Users and Telegram Premium“. Telegram (2022-yil 21-iyun). Qaraldi: 2022-yil 8-iyul.
- ↑ Singh, Manish „Telegram raises $210 million through bond sales“. TechCrunch (2023-yil 18-iyul). Qaraldi: 2023-yil 2-avgust.
- ↑ „Explaining The Rise of Telegram“. Riddle Russia.
- ↑ „Telegram hits 900mn users and nears profitability as founder considers IPO“. Financial Times. 2024-yil 12-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 12-mart.
- ↑ „Telegram яна бир янги функцияни ишга туширади“. Bugun.uz. 2021-yil 21-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 12 март.
- ↑ „Telegram янги функцияларни ишга туширди“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021 йил 31 июль.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Jonli efirlar, moslashuvchan uzatish sozlamalari, kanallar orasida tezkor oʻtish va ommabop stikerlar“. telegram.org. Qaraldi: 2021-yil, 31-avgust.
- ↑ „Chat mavzulari, interaktiv emojilar, guruhlarda oʻqilganlik hisobotlari va jonli efirni yozib olish“. telegram.org. Qaraldi: 2021-yil, 19-sentabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Rasmiy sayti
- Telegram versiyalari roʻyxati (ingl.)
- API Telegram (ingl.)
- Telegram. Pavel Durov tomonidan yaratilgan eng tez xabarlashuv dasturi (Wayback Machine saytida 2-aprel 2015-yil sanasida arxivlangan) (rus.)