Sulton Segizboyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Sulton Segizboyev
Сұлтан Сегізбаев
Flag of Uzbek SSR 1937.gif
 Oʻzbekiston SSR Xalq Komissarlari Soveti Raisi
Emblem of the Uzbek SSR (1931).svg
 
Mansabda
1937-yil oktabr — 1938-yil iyulgacha
Oʻtmishdoshi Abdulla Karimov
Vorisi Abdujabbor Abdurahmonov
Symbol-hammer-and-sickle.svg
 VKP(b) Qozogʻiston KP(b) Shimoliy Qozogʻiston viloyat ijroiya qoʻmitasining Birinchi kotibi
Mansabda
1937-yil 3-aprel — noyabrgacha
Oʻtmishdoshi Maksim Ammosov
Vorisi Nikolay Kuznetsov
Symbol-hammer-and-sickle.svg
 Turkiston KP(b) MQ Fargʻona viloyat ijroiya qoʻmitasi masʼul kotibi
Mansabda
1923-yil avgust — oktabrgacha
Oʻtmishdoshi Vasiliy Burov-Petrov
Vorisi Abdulla Karimov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1899-yil oktabr
Jagʻalbayli ovuli, Toshkent uyezdi, Sirdaryo viloyati, Rossiya imperiyasi
Vafoti 1939-yil 25-fevral
Moskva, SSSR
Fuqaroligi SSSR
Millati qozoq
Mukofotlari
SU Order of the Red Banner ribbon.svg

Sulton Segizboyev (1899.15.7, hozirgi Oqqoʻrgʻon tumani — 1938.15.6) — siyosat va jamoat arbobi. Avval qishloq maktabida, soʻng Toshkent gimnaziyasida oʻqigan. Iqtisod fanlari boʻyicha professor (1930). Segizboyev 1916-yil Turkistondagi milliy ozodlik harakatida qatnashgan. 1918-yildan xoʻjalik sohasida rahbarlik lavozimlarida. Turkiston oʻlka "Qoʻshchi" tashkiloti masʼul kotibi (1921—22). Fargʻona viloyati partiya komiteti kotibi (1923), Turkiston KP MK tashkiliy boʻlimi mudiri, Toshkent uyezdi partiya komiteti kotibi (1924). Ukraina Starobelsk okrug partiya komiteti yoʻriqchisi (1925). 1925—30 yillarda Qizil professura instituti (Moskva)da oʻqigan, shu institut huzuridagi kechki universitet dekani. Butunittifoq qishloq xoʻjaligi akademiyasining Oʻrta Osiyo filiali va Paxtachilik instituti direktori, Oʻrta Osiyo universitetida kafedra mudiri (1930—31). VKP (b) Qozogʻiston oʻlka komitetida boʻlim mudiri (1932—36), Shimoliy Qozogʻiston viloyat partiya komiteti 1kotibi (1937). Oʻzbekiston XKS raisi, SSSR Oliy Soveti Ittifoq Soveti raisi oʻrinbosari (1937—38). Gazeta, jurnalarga muharrirlik qildi, iqtisod va tarixga oid koʻplab maqolalar yezdi. 1938-yil Toshkentda qamoqqa olinib, qatagʻon qilindi. Oʻlimidan soʻng oqlandi. Segizboyev xotirasi abadiylashtirilgan. Oqqoʻrgʻon tumanidagi shirkat xoʻjaliklari (2 ta), maktab, mahalla, koʻcha, Mirzachoʻl tumanidagi shirkat xoʻjaligi, Guliston shahridagi tibbiyot kolleji, Toshkent shahridagi koʻchalardan biri uning nomi bilan ataladi, Mirzachoʻl va Oqqoʻrgʻon tumanlarida Segizboyev byusti oʻrnatilgan.[1]

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Oʻzbekiston tarixi (1917—1991-yil), T., 2000; Muhiddinova F.P., Hasanov Q. Sulton Segizboyev, T., 1978.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil