Osiyo Olimpiya Kengashi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya



{{{name}}}


Osiyo Olimpiya Kengashi (OOK) — Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi (XOQ) tan olgan, Milliy Olimpiya qoʻmitalaridan tashkil topgan, beshta qitʼalararo assotsiatsiyadan biri. Osiyo Olimpiya Kengashi — bu 45 ta mamlakatni oʻz ichiga qamrab olgan Osiyo mamlakatlarida Olimpiya harakatini boshqaruvchi organ hisoblanadi.

OOK — Osiyodagi MOQlari faoliyatini tashkil qilish, ishtirokchi mamlakatlarning xalqaro nufuzini koʻtarish, butun Osiyo qitʼasida sportni targʻib etish, shuningdek, yoshlarda jismoniy barkamollik, ahloqiy sifatlarini sport musobaqalari va sport tadbirlari orqali, oʻzaro hurmat, doʻstlik va halol oʻyin sifatlarini oshirish maqsadida tashkil etilgan Osiyo Olimpiya Kengashi, Osiyodigi mamlakat aʼzolarining sport faoliyatini muvofiqlashtiradi, muntazam ravishda Osiyo oʻyinlari (yozgi, qishki, sohil sporti, jang sanʼati va yopiq inshootlardagi Osiyo oʻyinlari) ni tashkil qilishni kafolatlaydi, shuningdek, Osiyo qitʼasida Olimpiya harakatini idealini targʻib qilishdagi bosh organ hisoblanadi. Osiyo Olimpiya Kengashi nafaqat hududiy oʻyinlar tashkilotchisi, balki xalqaro musobaqalar, aʼzo mamlakatlar oʻrtasida bahsli muammolar yuzaga kelganda, ularni koʻrib chiqish vakolatiga ega boʻlgan organdir. OOK ning bosh qarorgohi Quvaytda joylashgan.

OOK ning tashkil qilinish tarixi[tahrir]

Osiyo Olimpiya Kengashi tashkil qilinishi 1948-yili Londondagi 14-Olimpiya Oʻyinlari davomida, Osiyo mamlakatlari ishtrokchilari, Osiyo oʻyinlari sport assotsiatsiyasini tashkil qilish tashabbusi bilan chiqishdi. 1949-yil Nyu-Delidagi assambleyada Osiyo Oʻyinlari Federatsiyasi maqomi ostida tashkil qilindi. Osiyo Oʻyinlari Federatsiyasining 1981-yil 26-noyabrdagi yigʻilishida Osiyo Olimpiya Kengashi (OOK)ni tashkil qilishga kelishib olindi. Yigʻilish mobaynida OOKning Ustavi va asosiy tamoyillar qabul qilindi va 1982-yilda Nyu-Delidagi Osiyo oʻyinlaridan keyin kuchga kirishi tasdiqlandi. Rasmiy ravishda Osiyo Olimpiya Kengashi 1982-yil 16-noyabrda Nyu-Delidagi Bosh Assambleya davomida tashkil qilingan. Xuddi shu yili Osiyo Olimpiya Kengashi, Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi eʼtirofiga sazobor boʻldi. 34 ta davlat OOK ning birinchi aʼzo mamlakatlari sifatida qayd qilindi.

OOK ramzi[tahrir]

Osiyo Olimpiya Kengashi ramzi rasmiy ravishda 2006-yilning 2-dekabrida OOKning 25-Bosh Assambleyasida tasdiqlandi. U oʻzida qizil rangdagi 16 ta porlab turgan quyosh nurini, markazda oq rangdagi aylana, quyosh atrofida Ajdar va Lochin aks ettirligan, pastki qismda „Osiyo Olimpiya Kengashi“ yozuvi joylashtirilgan. Ajdar — Sharq va Janubiy-Sharqiy Osiyo xalqlari ramzi boʻlib, omad, boylik, muvaffaqiyat, davlat, mardlik, poklik, joʻshqinlik ramzi hisoblanadi. Lochin — togʻli hududlar ramzi boʻlib, Himolay, Janubiy va Markaziy Osiyo xalqlari ramzi hisoblanadi. U aniqlik, nafosat, kuch, ziyraklik, tezlik, iroda va chiidamlilik sifatlarini oʻzida mujassam etadi.

OOK shiori:[tahrir]

„Doimo olgʻa“ - "Ever onward"

OOK bayrogʻi[tahrir]

Osiyo Olimpiya Kengashi bayrogʻi Osiyo Olimpiya Kengashi emblemasi tikilgan oq matoni oʻzida namoyon etadi. Osiyo Olimpiya Kengashining barcha ramzlari OOK ning mulki hisoblanadi, ulardan Osiyo Olimpiya Kengashi Prezidenti ruxsatisiz foydalanish mumkin emas.

OOK aʼzo mamlakatlari[tahrir]

Quyida Osiyo Olimpiya Kengashiga aʼzo mamlakatlar koʻrsatilgan. Toʻrtinchi qatordagi birinchi yil Milliy Olimpiya qoʻmitasiga asos solingan yilini bildirsa, ikkinchisi Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi tomonidan tan olingan yilni bildiradi. Misol Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasiga 1992-yil asos solingan, 1993-yil XOQ tomonidan tan olinilgan.

Osiyo Olimpiya Kengashiga aʻzo mamlakatlar
Mamlakat Kod Milliy Olimpiya qoʻmitasi Tashkil topgan yil/
Tan olingan yil
Manba
Afgʻoniston bayrogʻi Afgʻoniston AFG Afgʻoniston Milliy Olimpiya qoʻmitasi 1935/1936 [1]
Bruney bayrogʻi Bruney BRN Bahrayn Olimpiya qoʻmitasi 1978/1979 [2]
Bangladesh bayrogʻi Bangladesh BAN Bangladesh Olimpiya Assotsatsiyasi 1979/1980 [3]
Butan bayrogʻi Butan BHU Butan Olimpiya qoʻmitasi 1983 [4]
Bruney bayrogʻi Bruney BRU Bruney Milliy Olimpiya Kengashi 1984 [5]
Kambodja bayrogʻi Kambodja CAM Kambodja Milliy Olimpiya qoʻmitasi 1983/1994 [6]
Xitoy Taypeyi bayrogʻi Xitoy Taypeyi TPE Xitoy Taypeyi Olimpiya qoʻmitasi 1960 [7]
Shimoliy Koreya bayrogʻi Shimoliy Koreya PRK Koreya Xalq Respublikasi Olimpiya qoʻmitasi 1953/1957 [8]
Gon Kong bayrogʻi Gon Kong HKG Sports Federation and Olympic Committee of Hong Kong, China 1950/1951 [9]
Hindiston bayrogʻi Hindiston IND Hiundiston olimpiya Assotsatsiyasi 1927 [10]
Indoneziya bayrogʻi Indoneziya Indoneziya INA Indoneziya Olimpiya qoʻmitasi 1946/1952 [11]
Iroq bayrogʻi Iroq IRQ Iroq Milliy Olimpiya qoʻmitasi 1948 [12]
Eron bayrogʻi Eron IRI Eron Islom Respublikasi Milliy Olimpiya qoʻmitasi 1947 [13]
Yaponiya bayrogʻi Yaponiya JPN Yaponiya Olimpiya qoʻmitasi 1911/1912 [14]
Iordaniya bayrogʻi Iordaniya JOR Iordaniya Olimpiya qoʻmitasi 1957/1963 [15]
Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston KAZ Qozoqiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi 1990/1993 [16]
Janubiy Koreya bayrogʻi Koreya Respublikasi KOR Koreya Olimpya qoʻmitasi 1946/1947 [17]
Quvayt bayrogʻi Quvayt KUW Quvayt olimpiya qoʻmitasi 1957/1966 [18]
Qirgʻiziston bayrogʻi Qirgʻiziston KGZ Qirgʻiziston Milliy Olimpiya qoʻmitasi 1991/1993 [19]
Laos bayrogʻi Laos LAO Laos Milliy Olimpiya qoʻmitasi 1975/1979 [20]
Livan bayrogʻi Livan LBN Livan Olimpiya qoʻmitasi 1947/1948 [21]
Malayziya bayrogʻi Malayziya MAS Malayziya Olimpiya Kengashi 1953/1954 [22]
Maldivalar bayrogʻi Maldivalar MDV Maldiv orollari Olimpiya qoʻmitasi 1985 [23]
Mogʻuliston bayrogʻi Moʻgʻuliston MGL Mongoliya Milliy Olimpiya qoʻmitasi 1956/1962 [24]
Burma bayrogʻi Myanma MYA Myanmar Olimpiya qoʻmitasi 1947 [25]
Nepal bayrogʻi Nepal NEP Nepal Olimpiya qoʻmitasi 1962/1963 [26]
Oman bayrogʻi Oman OMN Ummon Milliy Olimpiya qoʻmitasi 1982 [27]
Pokiston bayrogʻi Pokiston PAK Pokiston Olimpiya qoʻmitasi 1948 [28]
Falastin bayrogʻi Falastin PLE Falastin Olimpiya qoʻmitasi 1995 [29]
Xitoy bayrogʻi Xitoy CHN Xitoy Xalq Respublikasi Olimpiya qoʻmitasi 1910/1979 [30]
Filippin bayrogʻi Filippin PHI Fillipin Milliy Olimpiya qoʻmitasi 1911/1929 [31]
Qatar bayrogʻi Qatar QAT Qatar Milliy Olimpiya qoʻmitasi 1979/1980 [32]
Saudiya Arabistoni bayrogʻi Saudiya Arabistoni ] KSA Saudiya Arabistoni Milliy Olimpiya qoʻmitasi 1964/1965 [33]
Singapur bayrogʻi Singapur SIN Singapur Milliy Olimpiya qoʻmitasi 1947/1948 [34]
Shri Lanka bayrogʻi Shri Lanka SRI Shiri-Lanka Milliy Olimpiya qoʻmitasi 1937 [35]
Suriya bayrogʻi Suriya SYR Suriya Olimpiya qoʻmitasi 1948 [36]
Tojikiston bayrogʻi Tojikiston TJK Tojikiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi 1992/1993 [37]
Tailand bayrogʻi Tailand THA Tailand Milliy Olimpiya qoʻmitasi 1948/1950 [38]
Sharqiy Timor bayrogʻi Sharqiy Timor TLS Sharqiy Timor Milliy Olimpiya qoʻmitasi 2003 [39]
Turkmaniston bayrogʻi Turkmaniston TKM Turkmaniston Milliy Olimpiya qoʻmitasi 1990/1993 [40]
BAA bayrogʻi Birlashgan Arab Amirliklari UAE Birlashgan Arab Amirliklari Milliy Olimpiya qoʻmitasi 1979/1980 [41]
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston UZB Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi 1992/1993 [42]
Vyetnam bayrogʻi Vyetnam VIE Vietnam Olimpiya qoʻmitasi 1976/1979 [43]
Yaman bayrogʻi Yaman YEM Yaman Olimpiya qoʻmitasi 1971/1981 [44]

Havolalar[tahrir]