Kontent qismiga oʻtish

Zulayho Mahkamova

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Zulayho Bahriddinovna Mahkamova
Zulayho Mahkamova
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi
Mansab davri
2024-yil 21-noyabrdan
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Bosh vazir Abdulla Aripov
Oʻtmishdoshi lavozim taʼsis qilingan
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 28-avgust 1968-yil (1968-08-28) (57 yosh)
Namangan viloyati Yangiqoʻrgʻon tumani
Fuqaroligi Oʻzbekiston
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni
Vebsayti https://gov.uz/wcu

Zulayho Bahriddinovna Mahkamova – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi[1].

Tarjimai holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1968-yil 29-avgustda Namangan viloyati Yangiqoʻrgʻon tumanida tugʻilgan.

1975-yili Yangiqoʻrgʻon tumanidagi 1-sonli maktabga oʻqishga kirib, 1986-yilda aʼlo baholar bilan oʻqishni tamomlagan, shundan soʻng 1986-yili Namangan davlat pedagogika institutini, Prezident huzuridagi Davlat va Jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan[2].

Mehnat faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mehnat faoliyatini 1989-yilda Yangiqoʻrgʻon tumanidagi 1-maktab oʻqituvchisi sifatida boshlagan, 1998-yilga qadar xalq taʼlimi sohasida turli lavozimlarda mehnat qilgan (oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari, boʻlim mudirasi, katta oʻqituvchi), 1998—2011-yillarda Yangiqoʻrgʻon tumani hokimining oila, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish masalalari boʻyicha oʻrinbosari etib saylanadi va keyinchalik xotin-qizlar qoʻmitasi raisi lavozimida, soʻngra Fermer va dehqon xoʻjaliklari uyushmasi Yangiqoʻrgʻon tuman vakilligi, Fermerlar uyushmasi Yangiqoʻrgʻon tumani fermer xoʻjaliklariga xizmat koʻrsatish markazi direktori, Yangiqoʻrgʻon tumani hokimining oʻrinbosari – xotin-qizlar qoʻmitasi raisi lavozimlarida faoliyat koʻrsatgan. 2011—2017-yillarda Namangan viloyati kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasi raisi, 2017—2018-yillarda viloyati hokimi oʻrinbosari, xotin-qizlar qoʻmitasi raisi lavozimlarida ishlagan[2].

Zulayho Mahkamova 2018-yil 24-apreldan Oʻzbekiston xotin-qizlar qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari boʻlib ishlab kelgan va 2020-yildan 4-martdan boshlab Toʻraqoʻrgʻon tumani hokimi vazifasiga oʻtgan. U Oʻzbekistondagi beshinchi ayol hokim boʻldi[3].

2022-yil 1-martdan Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi sifatida ishlab kelmoqda[1].

Oilali, 2 nafar farzandi bor.

  1. 1,0 1,1 „O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zolarini tayinlash to‘g‘risida“. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati (21/11/2024). Qaraldi: 18-avgust 2022-yil.
  2. 2,0 2,1 „Zulayho Mahkamova Toʻraqoʻrgʻon tumani hokimi etib tayinlandi“ (2020-yil 4-mart). Qaraldi: 18-avgust 2022-yil.
  3. „Zulayho Mahkamova Toʻraqoʻrgʻon tumaniga hokim etib tayinlandi. U Oʻzbekistondagi beshinchi ayol hokim boʻldi“. daryo.uz. Qaraldi: 15-avgust 2022-yil.
  4. „Трудовая слава Зулайхо Махкамовой“ (ru). nampravda.uz (2021-yil 4-mart). Qaraldi: 2024-yil 13-dekabr.