Kontent qismiga oʻtish

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
Qisqartma MMTV
Turi Davlat idorasi
Maqomi Vazirlik
Ishga tushgan sanasi 1991-yil
Joylashuvi Toshkent, Shayxontohur tumani, Navoiy koʻchasi, 2a
Vazir Eʼzozxon Karimova
Til(lar)i Oʻzbek
Vebsayti uzedu.uz

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“ PF-269-sonli qarori asosida Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tashkil etildi.

Vazirlik Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining taʼlimga doir konstitutsion huquqlariga rioya etilishini taʼminlovchi, maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun javob beradigan vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi. Vazirlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadi va hisobot beradi.

Vazirlikning asosiy vazifalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vazirlikning asosiy vazifalari:

  • umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim sohasida oʻquvchilarning maʼnaviy-axloqiy, intellektual va jismoniy rivojlanishi darajasini yanada yuksaltirishga yoʻnaltirilgan yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • maktabdan tashqari taʼlimga boʻlgan umumiy oʻrta taʼlim davlat taʼlim standartlari va davlat taʼlim talablariga muvofiq umumtaʼlim muassasalari faoliyatini metodik boshqarishni amalga oshirish;
  • oʻqituvchi kasbining maqomi va obroʻsini koʻtarish, umumtaʼlim muassasalari xodimlari, shuningdek, xalq taʼlimi tizimi xodimlarining moddiy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlanishini taʼminlash, ularning samarali mehnat faoliyati uchun munosib sharoitlar yaratish;
  • oʻquv-tarbiya jarayoniga taʼlimning innovatsion shakllarini, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini, kasbiy yoʻnaltirishning samarali uslublarini, oʻquvchilarning oʻquv, psixologik va jismoniy yuklamalari optimallashuvini inobatga olgan holda oʻqitish va tarbiyalashni joriy qilish;
  • umumtaʼlim muassasalarida chet tilini oʻqitishning samaradorligini taʼminlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
  • mazmun va sifat jihatidan xalqaro talablarga javob beradigan, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllagan holda yangilangan oʻquv rejalari va dasturlariga muvofiq ishlab chiqilgan oʻquv va oʻquv-metodik adabiyotlarning yangi avlodi yaratilishi va nashr etilishini tashkil qilish;
  • nodavlat taʼlim xizmatlari sektorini yanada rivojlantirish, xalq taʼlimi sohasida davlat-xususiy sheriklik uchun qulay sharoitlar yaratish;
  • pedagogik kadrlarni tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha ilgʻor va shaffof tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni joriy etish;
  • „Mehribonlik“ uylari faoliyatini takomillashtirish, ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarning ijtimoiy-psixologik reabilitatsiyasini va huquqiy himoya qilinishini taʼminlash, ularning ijtimoiy-mehnat koʻnikmalarini hosil qilishiga va jamiyatga uygʻunlashuviga koʻmaklashish;
  • jismoniy rivojlanishida turli nuqsonlari boʻlgan hamda davolanish va sogʻlomlashtirishga muhtoj boʻlgan bolalarga ijtimoiy kafolatlarni taʼminlovchi chora-tadbirlar samaradorligini yanada oshirish, ularning taʼlim va tarbiya (shu jumladan, inklyuziv) olishlariga koʻmaklashuvchi mos muhitni yaratish, imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari (maktablar, maktab-internatlar) faoliyatini takomillashtirish;
  • oʻquvchilarni umuminsoniy qadriyatlar, yuksak maʼnaviyat, insonparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga mustaqillik gʻoyalarini yanada chuqur singdirish, milliy mentalitetga yot gʻoyalarga qarshi immunitetni mustahkamlash;
  • umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari tomonidan davlat taʼlim standartlari va talablarining bajarilishining tizimli monitoringini olib borish;
  • umumtaʼlim muassasalarining 10-11-sinflari oʻquvchilariga kasb-hunar taʼlimini taʼminlash boʻyicha faoliyatni muvofiqlashtirish;
  • xalq taʼlimi tizimidagi muassasalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularning bino va inshootlaridan foydalanish boʻyicha ishlar monitoringini olib borish va ushbu ishlarni muvofiqlashtirish

Vazirlikning asosiy funksiyalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vazirlik oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

  • umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim sohasida, oʻquvchilarning maʼnaviy-axloqiy, intellektual va jismoniy rivojlanishi darajasini yanada yuksaltirish borasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • umumiy oʻrta taʼlim davlat taʼlim standartlari va maktabdan tashqari taʼlimga qoʻyiladigan davlat taʼlim talablariga muvofiq umumtaʼlim muassasalari faoliyatini metodik boshqarish;
  • oʻqituvchi kasbi mavqeyi va obroʻsini oshirish, umumtaʼlim muassasalari xodimlari, shuningdek, xalq taʼlimi tizimi xodimlarining moddiy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlanishini taʼminlash, ularning samarali faoliyati uchun munosib sharoitlar yaratish;
  • oʻquv-tarbiya jarayoniga taʼlimning innovatsion shakllarini, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini, kasb-hunarga yoʻnaltirishning samarali shakl va uslublarini kiritish hamda oʻquvchilarning oʻquv, psixologik va jismoniy yuklamalarining maqbullashuvini inobatga olgan holda oʻqitish va tarbiyalashni kiritish;
  • umumtaʼlim muassasalarida chet tillarini oʻrgatishning samaradorligini taʼminlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
  • yangilangan oʻquv rejalari va dasturlariga muvofiq ishlab chiqilgan, mazmun va sifat jihatidan xalqaro talablarga javob beradigan, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllagan holda yangi avlod oʻquv va oʻquv-metodik adabiyotlarini tayyorlash va nashr qilinishini tashkil qilish;
  • taʼlim xizmatlari nodavlat sektorini rivojlantirish, xalq taʼlimi sohasida davlat-xususiy sheriklik uchun qulay sharoitlarni yaratish.
  • pedagogik kadrlarni tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning ilgʻor va shaffof tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini joriy etish
  • „Mehribonlik“ uylari faoliyatini takomillashtirish, ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarning ijtimoiy-psixologik reabilitatsiyasini va huquqiy himoya qilinishini taʼminlash, ularning ijtimoiy-mehnat koʻnikmalarini hosil qilishiga va jamiyatga uygʻunlashuviga koʻmaklashish
  • rivojlanishida turli nuqsonlari boʻlgan hamda davolanishga va sogʻlomlashtirishga muhtoj boʻlgan bolalarning ijtimoiy kafolatlarini taʼminlovchi chora-tadbirlar samaradorligini oshirish, ularning taʼlim-tarbiya (shu jumladan inklyuziv) olishlari uchun moslashuv muhitini yaratish, imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar (maktab-internatlar) faoliyatini takomillashtirish
  • oʻquvchilarni umuminsoniy qadriyatlar, yuksak maʼnaviyat, insonparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga mustaqillik gʻoyalarini yanada chuqur singdirish, milliy mentalitet uchun gʻoyalarga qarshi immunitetni mustahkamlash
  • umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari tomonidan davlat taʼlim standartlari va talablari bajarilishining tizimli monitoringini olib borish
  • umumtaʼlim maktablarining 10-11-sinf oʻquvchilariga kasb-hunarga yoʻnaltirish hamda umumiy oʻrta taʼlimning davlat taʼlim standartlariga va maktabdan tashqari taʼlimga qoʻyiladigan davlat taʼlim talablariga muvofiq xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda oʻquvchilarga kasb-hunarga yoʻnaltirishda metodik rahbarlik qilish
  • taʼlim muassasalarida bino va inshootlardan samarali foydalanish ishlarini muvofiqlashtirish va monitoringini olib borish

Vazirlikka Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi maʼqullaganidan keyin kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan Vazir boshchilik qiladi. Vazir oʻz maqomiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzosi hisoblanadi. Vazirning besh nafar oʻrinbosari, jumladan, bir nafar birinchi oʻrinbosari boʻladi. Vazirning birinchi oʻrinbosari va boshqa oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

Lavozim F. I. Sh
1. Vazir Eʼzozxon Gapirjanovna Karimova
2. Vazirning birinchi oʻrinbosari Shin Agrippina Vasilyevna
3. Vazirning birinchi oʻrinbosari Sharifxodjayev Usman Ulfatovich
4. Vazir oʻrinbosari Begimqulov Uzoqboy Shoimqulovich
5. Vazir oʻrinbosari Kenjayev Dilshod Mutalibovich
6. Vazir oʻrinbosari Komilov Temurjon Kalandarovich

Vazirlik huzuridagi Respublika tashkilotlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abdulla Avloniy nomidagi Xalq taʼlimi muammolarini oʻrganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti

Respublika taʼlim markazi

Psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazi[sayt ishlamaydi]

Respublika bolalar kutubxonasi (Wayback Machine saytida 2022-04-23 sanasida arxivlangan)

Innovatsiya, texnologiya va strategiya markaziDUK

Respublika „Barkamol avlod“ bolalar maktabi

Maktabgacha taʼlim agentligi (Wayback Machine saytida 2023-01-04 sanasida arxivlangan)

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Vazirlik tizimida muhim sanalar va hujjatlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Sana Hujjat
11.05.2022 2022—2026-yillarda xalq taʼlimini rivojlantirish boʻyicha milliy dasturni tasdiqlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-134-sonli Farmoni qabul qilindi
11.05.2022 Xalq taʼlimini rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-241-sonli qarori qabul qilindi
06.11.2021 Taʼlim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4884-sonli qarori qabul qilindi
06.11.2021 "Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot davrida taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6108-sonli Farmoni qabul qilindi
15.10.2021 Taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarga malakali oʻqituvchi-pedagoglarni jalb qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasining 646-sonli qarori qabul qilindi
13.10.2020 Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga taʼlim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4860-sonli qarori qabul qilindi
23.09.2020 Yangi tahrirdagi „Taʼlim to ‘gʻrisida“gi qonun qabul qilindi
03.05.2019 Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4306-sonli qarori qabul qilindi
29.04.2019 Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5712-sonli Farmoni qabul qilindi
20.02.2019 Prezident maktablarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida risida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4199-sonli qarori qabul qilindi
19.02.2019 Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida Vazirlar Mahkamasining 146-sonli qarori qabul qilindi
08.12.2018 "Xalq taʼlimi fidoyisi" koʻkrak nishonini taʼsis etish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasining 998-sonli qarori qabul qilindi
05.09.2018 Xalq taʼlimini boshqarish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5538-sonli Farmoni qabul qilindi
05.09.2018 Xalq taʼlimi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3931-sonli qarori qabul qilindi
15.03.2017 Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida Vazirlar Mahkamasining 140-sonli qarori qabul qilindi
10.12.2012 Chet tillarni oʻrganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1875-sonli qarori qabul qilindi
07.01.2008 Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi qonuni qabul qilindi
21.05.2004 2004-2009 yillarda maktab taʼlimini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi tasdiqlandi
29.08.1997 „Taʼlim to ‘gʻrisida“gi qonun yangi tahrirda qabul qilindi
29.08.1997 Kadrlar tayyorlash milliy dasturi tasdiqlandi
27.12.1996 Oʻqituvchi va murabbiylar kunini belgilash toʻgʻrisida qonun qabul qilindi
02.07.1992 Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Kengashi tomonidan „Taʼlim to ‘gʻrisida“gi qonunning ilk tahriri qabul qilindi

Vazirlar roʻyxati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
# F. I. Sh Boshlanish Tugashi Muddat Lavozimi
1 Joʻra Yoʻldoshev 22.07.1991 11.08.2000 9 yil 1 oy Xalq taʼlimi vaziri
2 Risboy Joʻrayev 11.08.2000 7.05.2004 3 yil 8 oy Xalq taʼlimi vaziri
3 Turobjon Joʻrayev 7.05.2004 26.03.2008 3 yil 10 oy Xalq taʼlimi vaziri
4 Gʻayrat Shoumarov 28.04.2008 26.02.2010 1 yil 9 oy Xalq taʼlimi vaziri
5 Avazjon Marahimov 2.03.2010 30.06.2011 1 yil 3oy Xalq taʼlimi vaziri
6 Temur Shirinov 4.07.2011 7.02.2013 1 yil 7oy Xalq taʼlimi vaziri
7 Ulugʻbek Inoyatov 7.02.2013 20.06.2018 5 yil 4 oy Xalq taʼlimi vaziri
8 Sherzod Shermatov 20.06.2018 17.11.2021 3 yil 4 oy Xalq taʼlimi vaziri
9 Baxtiyor Saidov 17.11.2021 30.12.2022 1 yil 1 oy Xalq taʼlimi vaziri
10 Hilola Umarova 30.12.2022 14.07.2025 2 yil 7 oy Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri
11 Eʼzozxon Karimova 14.07.2025 hozirgacha Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri

Xalqaro tadqiqotlarda ishtirok

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etib kelinmoqda. Jumladan 2021-yilda PIRLS, 2022-yilda PISA tadqiqotlarida mamlakatimiz ishtirok etdi. 2023-yilda TIMMS tadqiqotida ishtirok etish rejalashtirilgan.