Haj
Din asoslari |
Allohning birligi • Tavhid Farishtalar • Kitoblar Paygʻambarlar • Qiyomat Qazo va Taqdir |
Asosiy ibodatlar |
Kalimai shahodat Namoz • Roʻza Haj • Zakot |
Muhim Shaxslar |
Muhammad•
Abu Bakr • Umar • Usmon • Ali • Sahobalar • Ahli bayt • Ashari mubashshara |
Muqaddas matnlar |
Qurʼon • Hadis • Shariat Islom huquqi Muhammadning hayoti Makonlar • Islom falsafasi |
Islomdagi mazhablar |
Siyosiy mazhablar Eʼtiqodiy mazhablar Fiqh mazhablari • Soʻfizm |
Jamoat |
Islom taqvimi Jihod • Bayramlar Muborak kechalar |
Islom portali |
Haj (arabcha: ziyorat) — islomning 5 asosiy ruknidan biri[1]. Haj qilish es-hushi butun, sogʻlom, balogʻat yoshiga yetgan va oilasi nafaqasidan tashqari safar xarajatlariga kifoya qilgudek mablagʻi boʻlgan har bir musulmonga (umrida bir marta) farz qilingan. Haj qiluvchi kishilar miyqot (ehromni bogʻlash uchun oldindan belgilab qoʻyilgan maxsus joy)dan boshlab tozalanib, sochlarini olib yoki qisqartirib Makkaga borish uchun hozirlik koʻradilar. Soʻngra ehromga kirib 2 rakat namoz oʻqiladi. Hajda Kaʼba 7-marta tavof qilinadi. Ziyoratchilar hajar al-asvad (qora tosh)ni oʻpib, keyin Safo va Marva tepaliklari orasida 7-marta yuguradilar, soʻngra zamzam suvidan ichadilar. Arafa kuni (zulhijja oyining 9-kuni) Hajning asosiy marosimi — Arafot vodiysi va togʻida turish (vuquf) boshlanadi. Ziyoratchilar u yerda xutba eshitadilar, ibodat qiladilar va namoz oʻqiydilar. Bu turish kun botguncha davom etadi. Soʻngra hojilar Muzdalifa vodiysiga yoʻl oladilar. U yerda tongga qadar ibodat bilan mashgʻul boʻlinadi. Zulhijja oyining 10-kuni (qurbon hayiti) dan boshlab 3—4 kun Mino vodiysida shaytonlarga tosh otiladi va jonliq soʻyib qurbonlik qilinadi. Madinaga borib Muhammad qabrini ziyorat qilish ham Haj vaqtida bajariladigan amalga aylangan. Bir kishi boshqa odam uchun Haj arkonlarini ado etishi ham mumkin. Bu hajji badal deb ataladi. Vafot etgan odam hamda moddiy taʼminlangan, ammo salomatligi yoki qariligi tufayli Haj ziyoratiga bora olmaydiganlar uchun hajji badal qilish mumkin boʻladi.
Hadisga koʻra, Haj qilishning asosiy qoidalari Muhammad tomonidan 632-yili „Vidolashuv Haji“ (Hajjat alvadoʻ)da belgilab berilgan. Keyinchalik asosiy huquqiy mazhab namoyandalari Haj ziyorati qoidalarini islom manbalari asosida batafsil ishlab chiqqanlar.
Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, yurtimiz musulmonlariga Haj amalini ado etish uchun imkoniyatlar yaratib berildi. 1991-yilda H.ga boruvchilar 1500 kishini tashkil etgan boʻlsa, 2004-yilda bu raqam 4000 dan ortiqni tashkil etdi. Mustaqillik davrida 53056 kishi Haj ibodatini ado etdi (2005).
Bu ibodatlar bandaning gunohlardan poklanishi uchun katta sinovdir. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: „Kim bu Uy (Baytulloh)ga kelib, yomon soʻzlarni soʻzlamasa va fosiqlik kilmasa, onasidan yangi tugʻilgan kunidagi kabi (uyiga) qaytadi“ (Imom Muslim, 2/ 983; „Sahih ut-Termiziy“, 1/ 245).
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Amr ibn Os raziyallohu anhuga: "…Hajning xam oʻzidan avvalgi narsa (gunox) larni yoʻkotishini bilmaysanmi?!"- dedilar (Imom Muslim, 1/ 112).
Rasulullox sollAllohu alayxi va sallamdan: „Kaysi amal afzaldir?“ deb soʻralganida:
— „Alloh va rasuliga iymon keltirish“.
— „Keyinchi?“
— „Alloh yoʻlidagi jixod“.
— „Keyinchi?“
— „Mabrur (Alloh tarafidan bekamu-koʻst kabul kilingan) Haj“- deb javob berganlari nakl kilingan (Fatxul-Boriy", 3/ 381).
Abdullox ibn Mas’ud raziyAllohu anxu dedi: "Rasulullox sollAllohu alayxi va sallam dedilar: „Umra va Haj kilishda davom etingiz! Chunki Haj ila umra boskon oltin va kumush ustidagi kirlarni ketkazganidek, fakirlik va gunoxlarni ketkazadi. Mabrur Hajning jannatdan boshqa mukofoti yoʻkdir“ (Nasoiy, Termiziy, ibn Mojja, imom Axmad va boshqalar rivoyat kildilar. Alboniy „Saxixu ibn Mojja“ da saxix dedi, 2/553).
Abu Xurayra dedi: "Rasulullox sollAllohu alayxi va sallam: Allohning karvoni uchtadir: Goziylar, xojilar va umra kiluvchilar"- dedilar" (Alloma Alboniy, „Saxixun-Nasoiy“, 2/ 557; „Saxixul-Jomeʼ“, 6/108 da bu xadisni saxix degan).
Rasulullox sollAllohu alayxi va sallam dedilar: "Alloh yoʻlida jixodga chikkan, Haj va umra qilgan odamlar Allohning karvonidirlar. Alloh ularni chakirdi va ular chakirikka itoat kilib keldilar. Ular xam Undan tiladilar va U xam ularning tilaklarini berdi" (Ibn Xibbon, ibn Mojja va boshqalar rivoyat kildilar. Alboniy „Saxixu ibn Mojja“, 2/ 149 va „al-Axadisus-Saxixa“, 4/ 433 da bu xadisni saxix dedi).
Rasulullox sollAllohu alayxi va sallam dedilar: "Allohning Arafa kunidagi kabi jaxannamdan kullarini ozod kiladigan boshqa bir kun yoʻkdir. U kunda Alloh juda xam yakin keladi va xoji kullarini farishtalarga maktaydi va: „Ular (duo kilib) nimalarni tiladilar?“- deydi" (Imom Muslim rivoyati, 2/983).
Haj axkomlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqola bir necha turkumdan iborat |
![]() |
Kaʼba qismlari |
|
Yana qarang |
![]() |
Haj — Alloh taʼoloning Kitobi, rasulullox sollAllohu alayxi va sallamning sunnati va ummatning ijmoʻsi bilan farz boʻlgan ibodatdir.
Alloh taʼolo Kurʼon Karimda dedi:
"… Kaʼbani haj (kasd) qilish, yoʻliga qodir boʻlgan odamlar zimmasidagi Allohning xakkidir…" (Oli Imron: 97).
Rasululloh sollAllohu alayxi va sallam dedilar:
„Islom besh narsa asosiga koʻrilgan: … haj kilish“ (Imom Buxoriy rivoyati, „Fatxul-Boriy“, 1/49; Imom Muslim rivoyati: 1/45).
Oisha raziyAllohu anxo: „Ey, Allohning rasuli, xotin-kizlarga xam jixod bormi?“- deb bergan savollariga rasulullox solAllohu alayxi va sallam: „Xa, ularga urushi boʻlmagan jixod bor. U — Haj va umradir“ — deb javob berdilar (Ibn Mojja va imom Axmad rivoyatlari: "al-Musnad, 6/156. Alboniy bu xadisni „Saxixu ibn Mojja“ kitobida saxix dedi 2/151).
Islom ummati Hajning sharʼiy ibodat ekaniga ijmoʻ qilgan.
Hajning shartlari Haj va umra besh shartga ega boʻlgan odamlar uchun xayotlari davomida bir marta farzdir.
Birinchi shart: Musulmonlik.[tahrir | manbasini tahrirlash]
Chunki Alloh taʼolo: „Mushriklar najasdirlar va bu yildan soʻngra Masjidul-Xaromga yakinlashmasinlar“- deb amr qilgandir (Tavba: 28).
Abu Xurayra raziyAllohu anxu dedi: „Rasulullox sollAllohu alayxi va sallam Abu Bakr raziyAllohu anxuni amir kilib Haj kilish uchun yuborgan gurux ichida meni: „Bu yildan soʻngra xech bir mushrik Haj kila olmas va Baytulloxni yalangoch odam tavof eta olmas!“- deb eʼlon kilishim uchun yubordilar“ („Fatxul-Boriy“, 3/483; Imom Muslim rivoyati, 2/982; Navaviy sharxi, 9/115).
Ikkinchi shart: Aklli boʻlish.[tahrir | manbasini tahrirlash]
Boshka ibodatlarda boʻlgani kabi Hajda xam, bandaning aklli boʻlishi shart kilinadi. Rasulullox sollAllohu alayxi va sallam dedilar: „Kalam uch kishidan koʻtarilgan (yaʼni ularga gunox yoʻkdir): akli ketgan aklsiz xushiga kelguniga kadar, uxlagan uygongunicha va bola balogat yoshiga etguniga kadar“ („Sunan“ mualliflari va imom Axmad rivoyat kildilar. Alboniy bu xadisni saxix dedi. „Irvaul-Galil“, 3/3-7).
Uchunchi shart: Balogat yoshiga etish.[tahrir | manbasini tahrirlash]
Balogat yoshiga etmagan bolalarga Haj kilish farz emasdir. Birok, Haj kilsalar ota-onalariga savob yoziladi. Bir xotin bolasini koʻtarib, rasululllox sollAllohu alayxi va sallamga karata: „Buning Haji Haj boʻladimi?“- deb savol berganida, rasulullox sollAllohu alayxi va sallam: „Xa, sen uchun xam savob boʻladi“- deb javob berdilar („Fatxul-Boriy“, 4/71, Imom Muslim: 2/974).
Rasulullox sollAllohu alayxi va sallam dedilar: „Biron bir bola Haj kilsa, balogat yoshiga etganidan soʻng Haj kilishi farzdir. Biron bir kul Haj kilsa, ozodlikka (erishib, xur boʻlganidan soʻngra) Haj kilishi farzdir“ (Fatxul-Boriy": 4/71; „Irvaul-Galil“: 4/156).
Toʻrtinchi shart: Toʻla erkinlik.[tahrir | manbasini tahrirlash]
Kul va choʻrining Haj kilish farz emasdir. Haj kilsa, Haji durustdir, ammo farz ibodat oʻrniga oʻtmas. Yukoridagi xadis bunga dalildir.
Beshinchi shart: Imkonli boʻlish.[tahrir | manbasini tahrirlash]
Haj, Haj kilinadigan makonlarga borish imkoni boʻlgan kishilar uchungina farzdir. Yoʻllari osuda, Haj kilishga etarli molu-mulki boʻlmagan odamlarga Haj kilishlari farz emasdir.
Xotin-kizlar uchun aloxida bitta shart bordir. U — maxramlarining boʻlishidir. Maxramlari — ularning otalari, aka-ukalari, togalari, amakilari, oʻgillari, erkak nabiralari, umr yoʻldoshlaridir. Bu shart, odamlar bilan bir gurux ichida borib-kelishlariga karamay, garchi ular oʻrtasida xotin-kizlar koʻp boʻlsa xam, sokit boʻlmaydi.
Rasulullox sollAllohu alayxi va sallam dedilar: „Xech bir erkak xotin-kizlar bilan, ularning maxramlari boʻlmasa, safarga chikmasin. Xotin-kiz fakatgina maxrami bilangina safar kiladilar“ („Fatxul-Boriy“, 6/143; Imom muslim rivoyati, 3/978).
Shuni xam eslatishimiz kerakki, agar xotin-kizlar maxramsiz Haj kilsalar, Hajlari farz Haj oʻrniga oʻtadi. Birok, bu xotin-kizlar maxramsiz Haj qilganlari uchun gunoxkor boʻladilar.
Mazkur besh shartni oʻzida koʻrgan xar bir odam, vaqtni boy bermay Haj kilishga shoshilishi kerak. Chunki rasulullox sollAllohu alayxi va sallam farz boʻlgan Hajni kasd etib: „Haj kilish uchun shoshilingiz! Chunki sizlarning xech biringiz nimalarga duch kelishingizni bilmaysiz“- dedilar (Imom Axmad rivoyati, 1/14, Alboniy, „Irvaul-Galil“, 4/168; „Saxixu Abi Dovud“, 1/325; „Saxixu ibn Mojja“, 2/147).
Umar raziyAllohu anxudan nakl kilinadi. U zot dedilar: „Shu oʻlkalarga baʼzi odamlarni yuborsam va ular imkoni boʻla turib Haj kilmayotgan kimsalarni aniklab, ularga jizya-solik belgilashlarini oʻylab turibman. Unday odamlar musulmon emaslar, ular musulmon emaslar“ (Ibn Hajar, „at-Talxisul-Xabir“, 2/223).
U zotdan kuyidagi xabar xam nakl kilingan: „Imkoni bor, yoʻllari xavfsiz va toʻla xurriyat soxibi boʻla turib, Haj kilmagan odam, xohlasa yaxudiy, xohlasa nasroniy boʻlib oʻlsin!“ (Bayxakiy, "as-Sunan al-Kubro, 4/334; Ibn Hajar, „at-Talxisul-Xabir“, 2/223).
Haj kilish uchun vakolat berish[tahrir | manbasini tahrirlash]
Kasalligi, oʻta kariligi yoki boshqa bir sabab bilan oʻzi Haj kila olmaydigan odamlarning Haj kilish vakolatini boshqalarga berishlari mumkin. Hajjatul-vadoʻda otasining oʻta kariligi sababli Haj kila olmaganini eslatgan va uning nomidan Haj kilishni xohlagan bir ayolga rasulullox sollAllohu alayxi va sallam: „Uning oʻrniga Haj qil!“, degan edilar (Imom Muslim rivoyati, 2/974).
Vakolat bilan Haj qiladigan odam, Allohdan koʻrkkan xamda Haj va umra axkomlarini yaxshi bilgan boʻlishi kerak. Bundan tashkari, u, Haj vakolatini bergan odamning majburiyatini ado etayotganini toʻla xis etishi kerak.
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ Palomnichestvo v Mekku, 6–yanvar 2015–yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 6–yanvar 2015–yil
{{citation}}
: CS1 maint: date format ()
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |