Botir Zokirov (siyosatchi)
Batir Irkinovich Zakirov | |
---|---|
![]() | |
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vaziri | |
Mansabda 2019-yildan — hozirgi vaqtgacha | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Abduqahhor Toʻxtayev |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
28-iyul 1963-yil (58 yosh) Toshkent, OʻzSSR |
Kasbi | quruvchi-muhandis |
Maʼlumoti | Toshkent davlat texnika universiteti |
Botir Zokirov (1963 -yil 28-iyulda tugʻilgan) — Oʻzbekiston qurilish vaziri (2019-yildan)[1], Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazir oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish sanoati masalalari boʻyicha majmua rahbari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi (2011-2018). 2008 yildan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzosi[2].
Tarjimai hol[tahrir | manbasini tahrirlash]
Botir Irkinovich Zokirov 1963 yil 28-iyul Toshkent shahrida tavallud topgan. Toshkent politexnika institutini (Hozirgi Toshkent davlat texnika universiteti) quruvchi-muhandis mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.
1980 yilda Toshkent asbob-uskuna ishlab chiqarish zavodida ish faoliyatini boshlagan.
1985-1990-yillarda Montaj va maxsus ishlar boʻyicha Vazirlik huzuridagi “Toshsantexmontaj” trestida ishlagan.
1990 yilda “Boshtoshqurilish” uyushmasining “12-trest” iga ishga oʻtib, u yerda ustalikdan boshqaruv raisi lavozimigacha koʻtarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga koʻra, 2011 yildan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi etib tayinlangan.
2018-yilda Davlat qoʻmitasi Qurilish vazirligiga aylantirildi va Zokirov vazirning birinchi oʻrinbosari lavozimini egalladi.
2019-yilda fevral oyida Zokirov Qurilish vaziri etib tayinlangan edi.
2012 yildan Botir Zokirov Erkinovich Oʻzbekiston ogʻir atletika Federatsiyasi prezidenti hisoblanadi. [3][4][5]
Eslatmalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ Руководство | Министерство строительства
Республики Узбекистан (Beta) - ↑ "Новый состав правительства РУз"/Ислам Каримов подписал указ об утверждении нового состава Кабинета Министров.
- ↑ Федерации тяжёлой атлетики Узбекистана
- ↑ Персональный состав Кабинета Министров
- ↑ Новым вице-премьером Узбекистана назначен Батыр Закиров, archived from the original on 2019-01-10, https://web.archive.org/web/20190110035409/http://www.ca-portal.ru/article:618, qaraldi: 2022-04-13