Kongratbay Sharipov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kongratbay Avezimbetovich Sharipov
A8A1925.jpg
Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri
Mansab davri
2-fevral 2024-yil – hozirgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Bosh vazir Abdulla Aripov
Oʻtmishdoshi Odil Abdurahmonov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 24-mart 1963-yil (1963-03-24) (60 yosh)
Qoʻngʻirot tumani, Qoraqalpoq ASSR, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlim Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash
Alma mater TIIIMSH Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash fakulteti
Ilmiy unvoni Texnik fanlari doktori
Unvoni Professor

Kongratbay Avezimbetovich Sharipov (24-mart, 1963-yil, Qoʻngʻirot tumani, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, OʻzSSR) — oʻzbekistonlik olim, texnika fanlari doktori[1], professor, Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri[2]. 2019-yil Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari[3], 2017—2019-yillari Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori, 2017—2019-yillar – Toshkent shahar Olmazor tumani kengashi deputati[4], 2019—2024-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori[5][4] lavozimida faoliyat yuritgan.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kongratbay Sharipov 1963-yil 24-martda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoʻngʻirot tumanida xizmatchi oilasida tugʻilgan. 1980-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoʻngʻirot tumanidagi Pushkin nomidagi oʻrta maktabni tamomlagan. 1980—1981-yillarda Qoʻngʻirot paxtachilik sovxozida avtomexanik boʻlib ishlagan. 1981-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash fakultetiga oʻqishga kirgan.

1986—1987-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoʻngʻirot paxtachilik sovxozida mexanizator boʻlib ishlagan. 1988-yilda V. P. Goryachkin nomidagi Moskva qishloq xoʻjaligi muhandislari institutida oʻqituvchi boʻlib ishlagan, 1989—1992-yillarda esa kunduzgi boʻlimda aspiranturada oʻqigan. 1992-yildan texnika fanlari nomzodi. 1992-yil 20-yanvarda 05.20.03 – „Qishloq xoʻjaligi mashinalarini ishlatish, taʼmirlash va qayta tiklash“ ixtisosligi boʻyicha „Ultrafiltratsiya orqali sanoat moylarini qayta tiklash“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan[6].

2005-yil 22-martda 05.05.03 – „Avtomobillar va traktorlar“ ixtisosligi boʻyicha „Oʻzbekiston sharoitida foydalanilgan avtomobil va traktor motor moylarini qayta tiklashning yangi tamoyillari“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan va texnika fanlari doktori ilmiy darajasi Toshkent avtomobil yoʻllar instituti qoshidagi malaka komissiyasi tomonidan berilgan[7].

1995-yilda „Traktor va avtomobillar“ kafedrasi dotsenti ilmiy unvonini olgan.

1992—2003-yillarda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti „Traktor va avtomobillar“ kafedrasi oʻquv ustasi, assistenti, dotsenti, „Agrosanoat majmuasining resurs tejovchi texnika va texnologiyalari“ muammoli tadqiqot laboratoriyasi mudiri (20022003) lavozimlarida ishlagan.), qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash fakulteti dekan oʻrinbosari (20012002).

2003-yildan 2007-yil avgust oyi oxirigacha Toshkent DEU Markazi bosh direktori lavozimida ishlagan (2005—2008-yillarda „Avtomobillar va avtomobil texnologiyalari“ kafedrasi professori lavozimida yarim stavkada ishlagan).

2007-yilning avgustidan 2009-yilning yanvarigacha TOSHAFUS Oʻzbekiston—Koreya qoʻshma korxonasi bosh direktori lavozimida ishlagan.

2009-yilning yanvar-iyul oylarida „GM Uzbekistan“ bosh menejeri lavozimida ishlagan.

2009-yil iyuldan 2010-yil sentyabrgacha Toshkentdagi Turin politexnika universiteti rektori lavozimida ishlagan.

2010-yil oktyabr oyidan Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida moliya va iqtisod boʻyicha birinchi prorektor lavozimida ishlab kelgan.

2017-yil avgustidan 2019-yilgacha Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori lavozimida ishlagan[4].

2019-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻrinbosari lavozimida ishlagan[8][4][9][10].

2019—2024-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori[4][11].

2024-yil 2-fevraldan Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri[2][12].

Kongratbay Avezimbetovich Sharipov 1 nafar fan doktori (DSc) va 6 nafar falsafa doktori (PhD) tayyorlagan. Kongratbay Sharipov 450 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi, 8 ta darslik, jumladan, 14 ta yakka va hammualiflikda monografiyalar nashr ettirgan va keng jamoatchilik eʼtirofiga sazovor boʻlgan[13]. Xorijiy jurnallarda 70 ta maqola, jumladan, yuqori martabali jurnallarda 188 ta, milliy jurnallarda 201 ta maqolasi chop etilgan. Scopus, ScienceDirect va Web of Science jurnallarida 2 ta maqola chop etgan. Iqtisodiyot boʻyicha 50 dan ortiq ilmiy maqolalari chop etilgan.

Kongratbay Avezimbetovich Sharipov 2018—2020-yillarda 56 nafar kadr buyurtmachilari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻydi, 56 ta ilmiy-tadqiqot institutlarining ilmiy rahbarlari hamda 10 nafar doktorantlarni ishga olgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Sharipov К.А.“. 7universum.com. Qaraldi: 2022-yil 12-fevral.
  2. 2,0 2,1 „Kongratbay Sharipov Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri etib tayinlandi“. xabar.uz (2024-yil 2-fevral). 2024-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-fevral.
  3. Kun uz. „Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari tayinlandi“ (ru). Kun.uz. Qaraldi: 2022-yil 12-fevral.
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 „Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga yangi rektor tayinlandi“ (ru). ИА Regnum. Qaraldi: 2022-yil 12-fevral.
  5. „Qo‘ng‘ratbay Sharipov Toshkent iqtisodiyot universitetining yangi rektori bo‘ldi“ (ru). Review.uz. Qaraldi: 2022-yil 12-fevral.
  6. Конгратбай Авезимбетович Шарипов. Регенерация отработанных индустриальных масел методом ультрафильтрации: автореферат дис. … кандидата технических наук: 05.20.03. — M., 1992.
  7. „Докторские диссертации, защищенные сотрудниками и соискателями ТИТЛП за период 2000-2012 годы. 2000 год. Шаймарданов Бахтир Пардаевич: «Технологические основы и обоснование схемы и параметров средств механизации безотходной переработки плодов дыни»“. Netess.ru. Qaraldi: 2022-yil 12-fevral.
  8. „Назначен первый замминистра высшего образования“ (ru). Xabar.uz (2019-yil 29-may). Qaraldi: 2022-yil 12-fevral.
  9. „Назначен первый замглавы Минвуза“ (ru). Газета.uz (2019-yil 29-may). Qaraldi: 2022-yil 12-fevral.
  10. „Ректор Туринского политехнического университета назначен первым замом министра высшего и среднего специального образования“ (ru). Podrobno.uz. Qaraldi: 2022-yil 12-fevral.
  11. „Professor Kongratbay Sharipov, PHD, DSC“ (en). ISEF-LSEUOL. 2022-yil 12-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-fevral.
  12. „Oliy ta’lim vazirligiga yangi rahbar tayinlandi“. kun.uz (2024-yil 2-fevral). 2024-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-fevral.
  13. „Kongratbay A. Sharipov (ORCID 0000-0003-1690-4859)“ (en). scholar.google.com. Qaraldi: 2022-yil 12-fevral.