Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi
Maqomi amalda
Maqsadi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish
Ishga tushgan sanasi 4-mart, 1996-yil(1996-03-04)
Vazir general-mayor
Abdulla Qoʻldoshev
Vebsayti fvv.uz
Hamkor tashkilotlari Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi
Map

Oʻzbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi — Oʻzbekiston Respublikasida fuqaro muhofazasi sohasida davlat boshqaruv organidir[1].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fuqaro muhofazasi va favqulodda vaziyatlar rahbarlar tarkibini tayyorlash boʻyicha Respublika markazi 1992-yili tashkil etilib, 1996-yilgacha faoliyat koʻrsatgan. Oʻzbekiston Prezidentining 1996-yil 4-martdagi farmoni bilan tashkil etilgan[1].

Vazifalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etadi, aholi hayoti va salomatligini, tinchlik va harbiy davrda favqulodda vaziyatlar vujudga kelganda ularning oqibatlarini tugatadi. Zararlarni kamaytirish sohasida davlat siyosatini ishlab chiqadi va amalga oshiradi. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish harakatlarini boshqarishning davlat tizimi (FVDT) faoliyatini taʼminlaydi. Oʻzbekiston fuqaro muhofazasi ishiga rahbarlik qiladi. Vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kenashi, hokimliklarning aholini va milliy boyliklarini muhofaza qiladi. Avariyalar, halokatlar va tabiiy ofatlar tufayli vujudga kelgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etishga doir faoliyatini muvofiqlashtirib boradi. Mamlakat hududini muhofaza qilishga hamda xalq xoʻjaligi obyektlari faoliyatining barqarorligini oshirishga, aholini, mansabdor shaxslarni hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday hollardagi harakatlarni boshqarishning davlat tuzilmalarini tayyorlashga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqishni amalga oshiradi. Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish uchun moliya, oziq-ovqat, tibbiyot va moddiy-texnika resurslarining davlat favqulodda zaxira fondlarini tashkil etishga doir ishlarni muvofiqlashtirib boradi[2].

Tashkiliy tuzilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Yongʻin xavfsizligi xizmati[3]
  • Tezkor shtab
  • Profilaktika boshqarmasi
  • Qutqaruv kuchlari boshqarmasi
  • Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va maʼlumotlar boshqarmasi
  • Fan va texnologiyalarni rivojlantirish boʻlimi
  • Moliya boshqarmasi
  • Moddiy texnik taʼminot boshqarmasi
  • Kapital qurilish boshqarmasi
  • Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv markazi
  • FV oldini olish harakat tizimi boshqarmasi
  • Kadrlar boshqarmasi
  • Ishlar boshqarmasi
  • Tibbiyot boshqarmasi
  • Xalqaro hamkorlik boʻlimi
  • Yuridik boʻlim
  • Qamchiq dovoni maxsus qidiruv-qutqaruv boshqarmasi
  • Girometeorologiya markazi
  • Seysmologiya markazi
  • Tez harakat qilish Respublika markazi
  • Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi
  • Davsuvxoʻjaliknazorat
  • Markaziy baza[1]

Vazirlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 „ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ФАВҚУЛОДДА ВАЗИЯТЛАР ВАЗИРЛИГИНИНГ ФАОЛИЯТИНИ ТАШКИЛ ЭТИШ МАСАЛАЛАРИ ТЎҒРИСИДА“.
  2. „Фавқулодда вазиятлар тузилмаларининг фаолиятини янада такомиллаштириш бўйича ташкилий чора-тадбирлар тўғрисида“.
  3. YOXBB FVV tizimiga oʻtkazildi
  4. B.E. Qosimovni Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimidan ozod qilish toʻgʻrisida, qaraldi: 2019-08-13
  5. R.H. Haydarovni Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri etib tayinlash toʻgʻrisida, qaraldi: 2019-08-13
  6. Новым министром чрезвычайных ситуаций Узбекистана стал Бахтиер Субанов

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]