Hilola Umarova
| Hilola Umarova | |
|---|---|
|
| |
| Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri | |
|
Mansab davri 2022-yil 30-dekabr – 2025-yil 14-iyul | |
| Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov (siyosatchi) |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Lavozim yangi joriy etilgan |
| Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining taʼlimni isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari | |
|
Mansab davri 2025-yil 14-iyuldan – hozirgacha | |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi |
1988-yil 9-avgust Germaniyaning Veymar shahri |
| Mukofotlari |
|
Hilola Umarova Oʻktamovna (1988-yil, Veymar, Germaniya Demokratik Respublikasi) – 2020-yildan Prezident taʼlim muassasalari agentligi direktori lavozimida ishlab kelgan[1]. 2022-yil 30-dekabrda maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga tayinlangan va 2025-yil 31-iyul kuni lavozimidan ozod etilgan. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan.
Mutaxassisligi – tashqi iqtisodiy faoliyat. Oʻzbek, rus, ingliz tillarini mukammal biladi[2].
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Umarova Xilola Uktamovna 1988-yili Olmoniyaning Vaymer shahrida tugʻilgan. Millati oʻzbek, maʼlumoti oliy. 2010-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini, 2013-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan.
Mehnat faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mehnat faoliyatini 2014-yilda Toshkent shahridagi Inha universiteti hujjat taʼminoti va nazorati guruhi 1-toifali mutaxassisligidan boshlagan.
- 2016—2018 – Toshkent shahridagi Inha universiteti hamkorlikni rivojlantirish va homiylarni jalb etish boʻlimi yetakchi mutaxassisi.
- 2018 – Toshkent shahridagi Inha universiteti xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari.
- 2018 – Toshkent shahridagi Inha universiteti xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi.
- 2018 – Oʻzbekiston Respublikasi Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi tadqiqotchisi.
- 2018—2020 – Toshkent shahridagi Inha universitetining faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash masalalari boʻyicha bosh menejeri[2].
- 2020—2022 – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori[3].
- 2022-yil 30-dekabrdan 2025-yil 14-iyulgacha Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri[4].
- 2025-yil 14-iyuldan – 2026-1-fevralgacha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining taʼlimni isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan[5].
- 2026-yil 17-fevraldan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining pedagogik taʼlimni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari va Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti rektori etib tayinlandi[6][7][8].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Hilola Umarova Prezident maktablari agentligiga rahbar bo‘ldi“ (2020-yil 9-oktyabr). 2023-yil 2-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-yanvar.
- 1 2 „Umarova Hilola Uktamovna“ (2018-yil 1-avgust). 2018-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-yanvar.
- ↑ „Hilola Umarova yangi lavozimga tayinlandi“ (2020-yil 9-oktyabr). 2023-yil 2-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-yanvar.
- ↑ Oʼzbekiston hukumatining yangi tarkibi tasdiqlandi
- ↑ „Hilola Umarova PA rahbariga o‘rinbosar bo‘ldi“ (uz) (kun.uz). 2025-yil 29-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 14-iyul.
- ↑ „Hilola Umarova PA rahbari o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi“ (gazeta.uz). 2026.02.16da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 17-fevral.
- ↑ „Hilola Umarova PA o‘rinbosari lavozimidan ketdi“ (kun.uz). 2026-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 17-fevral.
- ↑ „Хилола Умарова Низомий номидаги Ўзбекистон миллий педагогика университети ректори лавозимига тайинланди“ (uza.uz). 2026-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 17-fevral.