Kontent qismiga oʻtish

Ibrohim Abdurahmonov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ibrokhim Abdurakhmonov
Ibrokhim Yulchiyevich Abdurakhmonov
 Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri
 
Mansab davri
2023-yil 25-oktyabr
Hukumat boshligʻi Abdulla Aripov
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Aziz Voitov
 1-Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri
 
Mansab davri
2022-yil 30-dekabr – 2023-yil 25-oktyabr
Hukumat boshligʻi Abdulla Aripov
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi lavozim taʼsis etilgan
Vorisi Odil Abdurahmonov
 1-Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri
 
Mansab davri
2017-yil 29-noyabr – 2022-yil 30-dekabr
Hukumat boshligʻi Abdulla Aripov
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi lavozim taʼsis etilgan
Vorisi lavozim tugatilgan
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 19-fevral 1975-yil (1975-02-19) (50 yosh)
Chust tumani, Namangan viloyati, Oʻzbekiston SSR
Taʼlim Oʻzbekiston milliy universiteti
Texas qishloq xoʻjaligi va mexanika universiteti
Ilmiy unvoni Akademik

Ibrokhim Yulchiyevich Abdurakhmonov (1975-yil 19-fevral, Gʻovasoy, Chust tumani, Namangan viloyati, Oʻzbekiston SSR) – oʻzbekistonlik Davlat arbobi va olim[1]. 2012-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Academiyasining Genomika va Bioinformatika markaziga asos solgan. Paxta genomikasi va biotexnologiyasiga qoʻshgan ulkan hissasi uchun 2010-yilda TWAS va 2013-yilda ICAC mukofotlari sovrindori boʻlgan. 2017–2022-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion [2]rivojlanish vaziri lavozimida faoliyat yuritgan[3]. 2022-yilda Xitoy Xalqaro Madaniy Almashuvlar Markazi (CICEC) hamda Global People oynomasi tomonidan „Ipak yoʻli doʻstlik elchisi“ unvoni bilan taqdirlangan. 2023-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri etib tayinlangan[4]. 2023-yil oktyabr oyida Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri lavozimiga tayinlangan[5]. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi hamda Jahon Fanlar Akademiyasi aʼzosi[6][7][8].

Ibrokhim Abdurakhmonov 1975-yil 19-fevralda Namangan viloyati, Chust tumani, Gʻovasoy qishlogʻida tugʻilgan.

1997-yilda Toshkent davlat universitetining (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti) biotexnologiya fakultetini bitirgan. “Umid” jamgʻarmasi stipendiyasi sohibi. 2001-yilda Texas A&M universitetida oʻsimliklar seleksiyasi boʻyicha fan magistri darajasini olgan, soʻngra ilmiy faoliyatini davom ettirish uchun Oʻzbekistonga qaytib kelgan[9].

Mehnat faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

19971998-yillarda Genetika va Oʻsimliklar Eksperimental Biologiyasi institutida kichik ilmiy xodim va aspirant sifatida ishlagan. 20022012-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Genetika va Oʻsimliklar Eksperimental Biologiyasi instituti Genomik texnologiyalar markazi laboratoriyasida loyiha menejeri boʻlgan[10].2002–2008-yillarda amerikalik olimlar bilan hamkorlikda paxta genomikasi boʻyicha tadqiqotlar olib borgan. Bu tadqiqotlar natijasida yuqori sifatli, uzoq tolali, serhosil va ertapishar, ildiz tizimi rivojlangan gʻoʻza navlarini olishning gen-nokaut texnologiyasi ishlab chiqilgan[11].

2008-yilda molekulyar genetika yoʻnalishi boʻyicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib, biologiya fanlari doktor ilmiy darajasini olgan. 2011-yilda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining Molekulyar genetika va molekulyar biotexnologiya yo‘nalishi bo‘yicha professori unvoni berilgan. Ibrokhim Abdurakhmonov 2012-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasida yangi mustaqil tadqiqot markazi – Genomika va Bioinformatika markazini tashkil etish jarayoniga rahbarlik qilgan va keyinchalik ushbu tashkilot rahbari etib tayinlangan. 2016-yilda mazkur markaz Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasining eng yirik ilmiy muassasasi hisoblangan[12].

2014-yil 26-oktyabrda Maskat shahrida Ibrokhim Abdurakhmonov Jahon Fanlar Akademiyasining aʼzosi boʻldi[13]. 2017-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi vitse-prezidenti vazifasini bajaruvchi qilib tayinlandi.

2017-yil 29-noyabrda Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion (Wayback Machine saytida 2021-04-15 sanasida arxivlangan) rivojlanish vaziri lavozimiga tayinlangan[1][14][15]. Abdurakhmonov rahbarligida “20192021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasi” va “20222026-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasi” ishlab chiqildi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlandi.[16] [17]Prezidentning 2022-yil 7-iyuldagi farmoni bilan Ibrokhim Abdurakhmonov Paxtachilik kengashi raisi etib tayinlandi.[18][19]

2022-yil oxirida Oʻzbekistonda hukumat tarkibi qayta tuzildi. Prezident farmoni bilan Ibrokhim Abdurakhmonov Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimiga tayinlandi[20]. 2023-yilning 24-oktyabrdan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri lavozimida faoliyat yuritmoqda[21].

Ilmiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ibrokhim Abdurakhmonov oʻsimliklar genomikasi, germplazma xarakteristikasi, genetik xaritalash, marker seleksiyasi, transgenomika, proteomika va bioinformatika boʻyicha tadqiqotlarga ixtisoslashgan. Abdurakhmonovning bevosita rahbarligida dunyoda birinchi marta “muvozanatsiz bogʻlanish” usuli yordamida gʻoʻzaning elita navlarini koʻpaytirishda qoʻllaniladigan markerlar aniqlangan[22]. Oʻzbekistonda yetishtiriladigan gʻoʻza navlarining molekulyar genetik pasportlari ham yaratilgan.

Ibrokhim Abdurakhmonov Texas universiteti va AQSH Qishloq xoʻjaligi departamentidagi hamkasblari bilan hamkorlikda gʻoʻza genlarini (RNK interferensiyasini) “oʻchirish” hamda ushbu texnologiyani amaliyotda qoʻllash usullarini ishlab chiqdi. Ushbu gen-nokaut texnologiyasi yordamida yuqori sifatli, uzoq tolali, serhosil va ertapishar, ildiz tizimi rivojlangan gʻoʻza navlari olindi[23][24][25][26].

U quyidagi loyihalarga rahbarlik qilgan:

“Oʻzbekiston paxta germplazmasi resurslaridan foydalangan holda tola hosildorligi va sifat genlarini molekulyar xaritalash”,

“Gʻoʻza fitoxromlari va gullash genlarini xarakterlash va molekulyar xaritalash”,

“Fuzarioz vilti kasalligining miqdoriy belgi gen/lokuslarining molekulyar tavsifi va assotsiatsiyasi”,

“Yaxshilangan gʻoʻza germplazmasini ishlab chiqish”,

“Gʻoʻza germplazmasining ildiz oʻt nematodasi va Fuzarioz vilti kasalligiga qarshi potentsial chidamliligini baholash va nomzod gen markerlarini ishlab chiqish”“[27].

Professor Abdurakhmonov Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining biologiya, qishloq xoʻjaligi fanlari va veterinariya yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy unvonlar berishni muvofiqlashtiruvchi va attestatsiyadan oʻtkazuvchi Ijroiya qoʻmitasi aʼzosidir. Shuningdek, u Xalqaro paxta genomi tashabbusi (ICGI) va Xalqaro paxta tadqiqot assotsiatsiyasi (ICRA) Ijroiya qoʻmitasi aʼzosi hisoblanadi.

Bugungi kunda olim oʻsimlikshunoslik boʻyicha bir qator xalqaro va milliy ilmiy jurnallar tahririyat kengashiga aʼzo, jumladan: American Journal of Plant Sciences, Plant Genomics, Integrated OMICS, Technologies of 21st Century va boshqalar.

Shuningdek, u Toshkent agrar universiteti va Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarga molekulyar genetika, genetik muhandislik, biotexnologiya va inson genetikasi boʻyicha maxsus kurslarni olib boradi. Oliy oʻquv yurtlari bakalavriat talabalari ishiga rahbarlik qilgan, shuningdek, bir qator nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalariga ilmiy maslahatlar bergan.

Akademik Ibroxim Abdurahmonov o‘simliklar genomicasi va “omika” fanlari bo‘yicha 20 ta ochiq, xalqaro miqyosda foydalanish mumkin bo‘lgan monografiyalarni nashr etdi, ular hayotshunoslik sohalari tadqiqotchilari va talabalari uchun foydali o‘quv manbalari hisoblanadi.[28]

Professor Ibrohim Abdurahmonov 7000 nafar o‘zbekistonlik ko‘ngillida Xitoy-O‘zbekiston yangi rekombinant koronavirus (ZF-UZ-VAC2001) vaktsinasining 3-bosqich klinik sinovlarini olib borishda yetakchilik qildi va bu vaksina O‘zbekistonda ommaviy favqulodda vaziyatlarda foydalanishga ruxsat etildi. O‘zbekistonda 48 million dozadan ortiq ZF-UZ-VAC2001 ishlab chiqarilgan va emlangan aholining ~67 foizi (14 milliondan ortiq kishi, 45 million doza kiritilgan) ushbu vaksinani olgan, bu esa O‘zbekistonda COVID-19 bilan bog‘liq o‘lim holatlarini sezilarli darajada kamaytirishga yordam berdi[29][30][31].

  • 1998-yil – Texas qishloq xoʻjaligi va mexanika universiteti taʼlim olishi uchun „Umid“ jamgʻarmasi stipendiyasi.
  • 2004 va 2006-yillar – ISTEʼDOD jamgʻarmasining xorijda tahsil olayotgan mutaxassislar uchun oʻtkazilgan konferensiyalarda faol ishtirok etgani uchun birinchi darajali diplomi.
  • 2010-yil – Qishloq xoʻjaligidagi fundamental tadqiqotlar va paxta genomining genetik xilma-xilligiga qoʻshgan hissasi uchun TWAS Xalqaro Fanlar Akademiyasi mukofoti[32].
  • 2010-yil – „Koʻkrak nishoni“ davlat mukofoti.
  • 2010 – 2013-yillar Paxta genomikasi va biotexnologiyasiga qoʻshgan hissasi uchun Xalqaro Paxta Maslahat Qoʻmitasi (ICAC) tomonidan „Yilning eng yaxshi paxta tadqiqotchisi“ deb topilgan[33][34].
  • 2014 yilda qishloq xo'jaligi fanlari bo'yicha Jahon Fanlar Akademiyasi (TWAS) a'zosi etib saylangan.[35]
  • 2016-yil – mamlakatimiz fan va texnikasini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun „Oʻzbekiston mustaqilligiga 25-yilligi“ koʻkrak nishoni sohibi.
  • 2017-yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi etib saylangan.[36]
  • 2018-yil – „Elsevier“ ilmiy nashriyoti va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim vazirligi hamkorligida „Qishloq xoʻjaligining eng yaxshi olimi SCOPUS AWARD-2018“ bilan taqdirlangan[37].
  • 2021-yil – Oʻzbekiston Respublikasida fan, texnologiya va innovatsiyalar sohasidagi islohotlarga qoʻshgan ulkan hissasi uchun „Xizmat koʻrsatgan ixtirochi va ratsionalizator“ davlat mukofoti sohibi.
  • 2021-yil – Fan va texnika rivojiga qoʻshgan hissasi uchun „Oʻzbekiston mustaqilligiga 30 yilligi“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.
  • 2022-yil – Xalqaro ilmiy tashkilotlar ittifoqi (ANSO), Xitoy xalqaro madaniy almashinuv markazi (CICEC) va Xalqaro xalq jurnali (GPM) tomonidan xorijiy mamlakatlar oʻrtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun „Ipak yoʻli doʻstlik elchisi“ mukofoti bilan taqdirlangan[38].
  • 2023-yil – UNESCOning tabiiy fanlar sohasidagi tadqiqotlar boʻyicha xalqaro mukofoti sohibi[39].
  • 2023-yil – VCANBIO va Xitoy Fanlar Akademiyasining biologik fanlar va meditsina xalqaro mukofoti sohibi[40].
  • 2024-yilda — Qozog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining xorijiy a’zosi, 2024-yil 31-may.
  • 2024 yil — Xitoy qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining (CAAS) faxriy professori,[41] Pekin, 2024 yil 23 yanvar, Xitoy.
  • 2025 yil — Xitoy Fanlar Akademiyasining (CAS) xorijiy aʼzosi, Pekin, 2025-yil 14-noyabr, Xitoy[42].[43][44]
  1. 1,0 1,1 „O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirigi (Rahbariyat)“. 2022-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-avgust.
  2. „Innovation Rivojlanish vazirligi“ (2025-yil 27-noyabr). Qaraldi: 2025-yil 27-noyabr.
  3. „O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi“ (en). Qaraldi: 2023-yil 29-yanvar.[sayt ishlamaydi]
  4. „O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI“.
  5. „Qishloq xoʻjaligi vazirligiga yangi rahbar tayinlandi“. Oyina.uz. Qaraldi: 25-oktabr 2023-yil.
  6.  Davletov(oʻzb.) Telegram mesenjerida
  7.  PMX(oʻzb.) Telegram mesenjerida
  8. „Prezident farmoni bilan 17 ta yangi lavozim tayinlovi amalga oshirildi“ (uz). Kun.uz. Qaraldi: 2022-yil 30-dekabr.
  9. „administraciya“.
  10. https://twas.org/article/twas-announces-2010-prize-winners
  11. „Meet the Uzbek scientist pioneering genetic breakthroughs in cotton, wheat and global food security“ (2025-yil 9-fevral). Qaraldi: 2025-yil 12-may.
  12. „Администрация“ (2021-yil 21-yanvar). 2021-yil 21-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-avgust.
  13. https://twas.org/directory/abdurakhmonov-ibrokhim
  14. arxiv nusxasi, 2021-04-14da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-04-14
  15. „O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi“ (en). Qaraldi: 2023-yil 29-yanvar.[sayt ishlamaydi]
  16. „O‘zbekistonni Innovatsion rivojlantirish strategiyasi qabul qilindi“ (oz-UZ). Газета.uz (2018-yil 21-sentyabr). Qaraldi: 2025-yil 27-noyabr.
  17. „2022-2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida“ (2025-yil 27-noyabr). Qaraldi: 2025-yil 27-noyabr.
  18. „Cotton Growing Council being created under the President“ (2022-yil 29-iyun). Qaraldi: 2025-yil 27-noyabr.
  19. „A Cotton Council will be established under the leadership of the Minister of Innovative Development“ (2025-yil 27-noyabr). Qaraldi: 2025-yil 27-noyabr.
  20. „В Узбекистане утверждён новый состав правительства (список)“ (2022-yil 30-dekabr).
  21. „Қишлоқ хўжалиги вазирлигига янги раҳбар тайинланди“. Kun.uz. Qaraldi: 25-oktabr 2023-yil.
  22. Darmanov, Mukhtor M.; Makamov, Abdusalom K.; Ayubov, Mirzakamol S.; Khusenov, Naim N.; Buriev, Zabardast T.; Shermatov, Shukhrat E.; Salakhutdinov, Ilkhom B.; Ubaydullaeva, Khurshida A.; Norbekov, Jurabek K. (2022-05-24). „Development of Superior Fibre Quality Upland Cotton Cultivar Series 'Ravnaq' Using Marker-Assisted Selection“. Frontiers in Plant Science (English). 13-jild. doi:10.3389/fpls.2022.906472. ISSN 1664-462X.{{cite magazine}}: CS1 maint: unrecognized language ()
  23. Abdurakhmonov, Ibrokhim Y.; Buriev, Zabardast T.; Saha, Sukumar; Jenkins, Johnie N.; Abdukarimov, Abdusattor; Pepper, Alan E. (2014-01-16). „Phytochrome RNAi enhances major fibre quality and agronomic traits of the cotton Gossypium hirsutum L“. Nature Communications (inglizcha). 5-jild, № 1. 3062-bet. doi:10.1038/ncomms4062. ISSN 2041-1723.
  24. https://web.archive.org/web/20171225074854/http://paxtasanoatilm.uz/ru/ibroxim-abduraxmonov-direktor-centra-genomiki-i-bioinformatiki-pri-akademii-nauk-ministerstve-selskogo-i-vodnogo-xozyajstva-i-associacii-uzpaxtasanoat-stal-chlenom-vsemirnoj-akademii-nauk/
  25. https://science.tamu.edu/news/2014/01/texas-am-biologist-former-student-develop-a-longer-stronger-cotton-fiber/
  26. https://geneticliteracyproject.org/2014/01/21/gene-technology-develops-longer-stronger-cotton-fiber/
  27. „Резюме“ (2021-yil 26-fevral). 2021-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-avgust.
  28. „Prof. Abdurakhmonov's Profile“ (novemeber 22, 2025). Qaraldi: novemeber 22, 2025.
  29. „Worldometer's COVID-19 data“ (noyabr 27, 2025). Qaraldi: noyabr 27, 2025.
  30. Dai, Lianpan; Gao, Lidong; Tao, Lifeng; Hadinegoro, Sri R.; Erkin, Musabaev; Ying, Zhifang; He, Peng; Girsang, Rodman T.; Vergara, Hugo (2022-06-01). „Efficacy and Safety of the RBD-Dimer–Based Covid-19 Vaccine ZF2001 in Adults“. New England Journal of Medicine. 386-jild, № 22. 2097–2111-bet. doi:10.1056/NEJMoa2202261. ISSN 0028-4793.
  31. Abdurakhmonov, Ibrokhim Y. (2023-02-22), „Introductory Chapter: Global Research Efforts toward the Development of COVID-19 Vaccines“, COVID-19 Vaccines - Current State and Perspectives (inglizcha), IntechOpen, ISBN 978-1-80355-358-0, qaraldi: 2025-11-27
  32. „TWAS Announces 2010 Prize Winners“. twas.org. Qaraldi: 30-sentabr 2023-yil.
  33. https://www.cottongrower.com/cotton-news/researcher-from-uzbekistan-honored-by-icac/
  34. https://web.archive.org/web/20210414123657/https://twas.org/directory/abdurakhmonov-ibrokhim
  35. „Forty-six new TWAS Fellows“ (2025-yil 22-noyabr). Qaraldi: 2025-yil 22-noyabr.
  36. „Действительными членами Академии наук стали 32 человека“ (ru). Газета.uz (2017-yil 30-dekabr). Qaraldi: 2025-yil 22-noyabr.
  37. „arxiv nusxasi“. 2021-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 19-avgust.
  38. https://uzdaily.uz/ru/post/69468
  39. „UNESCO-Equatorial Guinea International Prize for Research in the Life Sciences“ (inglizcha). unesco.org. Jibuti, Equatorial Guinea: UNESCO Prizes. Qaraldi: 11-mart 2023-yil.
  40. „26人获选!这一大奖连评8年,超百位科学家脱颖而出“. mp.weixin.qq.com. Qaraldi: 2023-yil 30-sentyabr.
  41. „CAAS faxriy professori“ (2024-yil 24-yanvar). Qaraldi: 2025-yil 27-noyabr.
  42. „Узбекистанский государственный деятель и ученый избран иностранным академиком Китайской академии наук“ (2025-yil 21-noyabr). Qaraldi: 2025-yil 21-noyabr.
  43. „Узбекистанский государственный деятель и ученый Иброхим Абдурахмонов стал иностранным академиком Китайской академии наук“ (2025-yil 21-noyabr). Qaraldi: 2025-yil 21-noyabr.
  44. „Chinese Academy Sciences“ (2025-yil 22-noyabr). Qaraldi: 2025-yil 22-noyabr.