Joʻrabek Mirzamahmudov
- Vikipediyada ismi Joʻrabek va familiyasi Mirzamahmudov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
| Mirzamahmudov Joʻrabek Tursunpoʻlatovich | |
|---|---|
Мирзамаҳмудов Жўрабек Турсунпулатович | |
|
| |
| Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vaziri | |
|
Mansab davri 2022-yil 29-sentyabrdan – 2026-yil 27-iyulgacha | |
| Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov (siyosatchi) |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Alisher Sultonov[1] |
| Vorisi | Sherzod Xoʻjayev |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi |
1979-yil 13-yanvar Uychi tumani, Namangan viloyati |
| Siyosiy partiyasi | Oʻzbekiston Liberal Demokratik Partiyasi |
| Mukofotlari |
|
Joʻrabek Tursunpoʻlatovich Mirzamahmudov (oʻzbekcha: Жўрабек Турсунпулатович Мирзамаҳмудов) — 2022-yildan 2026-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vaziri, 2020—2022-yillarda — Atom energetikasini rivojlantirish agentligi bosh direktori.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1997—1999 — Toshkent kimyo texnologiyalari instituti talabasi.
1999—2001 — Umid jamgʻarmasi yoʻllanmasi boʻyicha AQShning Alabama universiteti talabasi.
2002—2003 — Buxoro neftni qayta ishlash zavodi muhandisi.
2003—2006 — „Oʻzlitineftgaz“ OAJ neft va gazni qayta ishlash texnologik-kompleksi boʻlimida muhandis, neft va gazni qayta ishlash va transportni gazga tayyorlash boʻlimi ilmiy-texnik kompleksi muhandisi, kichik ilmiy xodim, loyihalash boʻlimi 1-toifali muhandisi, yetakchi muhandisi.
2006—2012 — Oʻzbekneftgaz milliy xolding kompaniyasi tashqi iqtisodiy aloqalar va investitsiyalarni jalb qilish boshqarmasi bosh mutaxassisi, boshqarma boshligʻi oʻrinbosari, investitsiyalar dasturi va resurslarni prognozlashtirish bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari — „Neftegazinvest“ korxonasi direktori.
2012—2014 — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirining oʻrinbosari.
2014—2017 — „Oʻzkimyosanoat“ davlat kompaniyasi boshqaruv raisining istiqbolli rivojlanish va investitsiyalar boʻyicha oʻrinbosari.
2017—2018 — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari axborot tahlil departamenti mudiri.
2018—2019 — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi „Oʻzatom“ agentligi bosh direktori.
2019—2022 — Oʻzbekiston Respublikasi Eneretika vazirining birinchi oʻrinbosari — „Oʻzatom“ agentligi bosh direktori.
2022-2026 — Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vaziri[2].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2024-yil 24-avgustda Doʻstlik ordeni bilan mukofotlangan[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Jo‘rabek Mirzamahmudov bosh vazir o‘rinbosari — energetika vaziri etib tayinlandi“. gazeta.uz.
- ↑ Oʻzbekiston Respublikasi atom energetikasini rivojlantirish agentligi bosh direktori
- ↑ „Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг ўттиз уч йиллиги муносабати билан давлат хизматчилари ҳамда ишлаб чиқариш ва ижтимоий-иқтисодий соҳалар ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида“.