Toshkent kimyo-texnologiya instituti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Toshkent kimyo-texnologiya instituti — kimyo va oziqovqat sanoati sohalari boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti. Toshkent politexnika institutining kimyo texnologiya fakulteti asosida 1991 yilda tashkil etilgan. Institutda 6 ft (fundamental fanlar, informatsion texnologiyalar, test va boshqalar), 39 kafedra mavjud, ularda kimyoviy texnologiya, neft va neftgazni qayta ishlash, yogʻochni qayta ishlash texnologiyasi, mashina va jihozlari, biotexnologiya, oziq-ovqat texnologiyasi, atrofmuhitni muhofaza qilish, kasbhunar taʼlimi, menejment, marketing , informatika va informatsion texnologiya yoʻnalishlari boʻyicha 2000 dan ortiq talaba taʼlim oladi (2004). Institutda markazlashgan tahlil laboratoriya, litsey, kutubxona (149 ming asar), sport majmuasi, kompyuter xonalari, instituternet xizmati va boshqa bor. 235 oʻqituvchi, shulardan 5 akad., 47 fan doktori, 167 fan nomzodi va dotsent ishlaydi.

Institutda sanoat chiqishshlaridan foydalanish, ekologik xavfsiz, import oʻrnini bosuvchi va eksportga moʻljallangan texnologiyalarni ishlab chiqish, energiyani tejovchi maxalliy mineral xom ashyo bazasi tashkil qilish va ulardan samarali foydalanish, neft va gazlardan olinadigan mahsulotlar turlarini koʻpaytirish ustida ilmiy tadqiqotlar ishlari olib boriladi.

Institut faoliyati K.S. Axmedov, M. N. Nabiyev, A. S. Sultonov, H. R. Rustamov, M. A. Asqarov, M. I. Niyozov, F. M. Mirzayev, F. X. Tojiyev, S. Toʻxtayev, B. M. Beglov, A. I. Glushenkova va boshqa nomi bilan bogʻliq.