Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Fayl:Bayr.jpg
Turi Harbiy, Huquqiy
Maqomi Vazirlik
Shiori "Kuch adolatda"
Masqadi Xavfsizlik
Ishga tushgan sanasi 1991-yil 25-avgust
Hududiy hizmati Oʻzbekiston
Vazir Poʻlat Bobojonov[1]
Ishchilar soni 80 000 dan ortiq
Vebsayti mvd.uz/uz
Til(lar)i Oʻzbek tili

O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi ijroiya hokimiyati organi hisoblanib, o‘z vakolatlari doirasida fuqaro va inson erkinligi va huquqlarini himoyalashda davlat boshqaruvini amalga oshiradigan, huquq-tartibotni saqlash, jamoat xavfsizligini taʼminlash va bevosita O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari va Ichki ishlar vazirligining ichki qo‘shinlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini amalga oshiradi[2].

Tarixi[tahrir]

Ichki ishlar idoralari faoliyatini takomillashtirish va tartibga solish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi hukumati yuqori organlarining ko‘plab qonunlari va qarorlari qabul qilingan. Ularga, 1919 yil 26 iyunda Turkiston ASSR Ichki Ishlar Xalq Komissariatining „Rossiya Sovet Federatsiyasining Turkiston Respublikasidagi Sovet ishchi-dehqon militsiyasi to‘g‘risidagi Nizom“, o‘sha yilning iyul oyida qabul qilingan „Turkiston ASSRda, jinoiy qidiruvni tashkil etish to‘g‘risidagi Nizom“, 1948 iilda qabul qilingan „Militsiya postlari va patrul xizmatining Nizomi“, 1953 yil 20 iyuldagi O‘zbekiston SSR Vazirlar Kengashining „O‘zbekiston SSRda jinoyatchilikka qarshi kurashni kuchaytirish va jamoat tartibini saqlash choralari to‘g‘risida“gi qarori, sobiq SSSR Oliy Kengashi Rayosatining 1962 yil 26 sentabridagi har yili 10 noyabrni „Militsiya kuni“ deb belgilab, uni bayram qilish to‘g‘risidagi Farmoni, ichki ishlar idoralarida dastlabki tergov yuritish huquqini bergan sobiq ittifoq Oliy Kengashi Rayosatining 1963 yil 6 apreldagi „Jamoat tartibini saqlash idoralariga dastlabki tergovni olib borish huquqini berish to‘g‘risida“gi Farmonlari kiradi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng, barcha huquqni muhofaza qilish idoralari qatori ichki ishlar idoralari faoliyatida ham ko‘plab o‘zgarishlar amalga oshirildi. Bugungi kunda, O‘zbekiston Respublikasi IIV Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 8 yanvardagi 16—sonli „Ichki ishlar idoralarida xizmat o‘tash tartibi haqidagi vaqtinchalik Nizom“ asosida faoliyat ko‘rsatmoqda. Mana shu vaqtinchalik Nizomga asosan ichki ishlar idoralari oddiy va rahbar xodimlar tarkibining ichki ishlar idoralarida xizmat qilish tartibi belgilab qo‘yilgan.

2001 yil 27 mart kuni Oʻzbekiston Prezidentining „Ichki ishlar idoralari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida“gi farmoni chiqdi. Ushbu Farmon Vazirlar Mahkamasining shu masalaga bog‘liq bir nechta qarorining qabul qilinishiga turtki bo‘ldi. Mazkur Farmon va qarorlar asosida IIVning yetakchi xizmatlarining deyarli hammasida islohotlar amalga oshirilmoqda[3]. O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligining Nizomi va tuzilmasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1991 yil 25 oktabrdagi № 270-sonli qarori bilan tasdiqlangan[2].

IIV maxsus belgilari[tahrir]

IIV bayrogʻi[tahrir]

IIVning bayrogʻi namunasi — toʻq kulrang toʻgriburchakli matodir, uning old va orqa tomonlari markazida geralʹdik belgi — diametri 98 sm boʻlgan ajylana ichiga chizilgan IIVning emblemasi tasvirlangan.

IIV maxsus belgisi (gerbi)[tahrir]

Geraldik belgi — IIVning emblemasi (oʻng tomondagi suratda, tahr.) chetlari bronza rangda hoshiyalangan halqali to‘q kumush aylana ko‘rinishiga ega. Ichki chiziq markazida hayotiy kuchni ifodalovchi qizil rangli yo‘l-yo‘l chiziq tushirilgan. Halqali chiziqning tepa qismida idoraviy mansublikni ko‘rsatuvchi so‘zlar yozilgan, yozuvlar qatʼiyat, matonat va shon-sharafni ifodalovchi ikkita sakkiz qirrali yulduz bilan bir-biridan ajratilgan. Aylana o‘rtasida chetlari milliy ornament bilan bezatilgan, ichki va tashqi tahdidlardan himoyani ifodalovchi qalqon tasvirlangan. Uning markazida doira ichiga chizilgan o‘ngga aylanishni aks ettiruvchi oktogramma bo‘lib, u tartib, muvozanat va kamolotga yetishishni anglatadi. Qalqon ortida — tig‘i pastga qaratilgan va diagonal tarzda kesishgan ikki shamshir — kuch va himoyaning qadimiy ramzi joylashgan. Qalqon va shamshirlar ortida tilla rangda ishlangan, qanotlari yoyilgan, omad va baxt ramzi bo‘lgan Xumo qushi tasvirlangan.

Tashkiliy tuzilishi[tahrir]

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi markaziy devoni quyidagi organlardan tuzilgan[4][5]:

  • Vazir (Bobojonov Poʻlat Razzoqovich)
Kotibiyat
Tashkiliy-inspektorlik boshqarmasi
Shaxsiy tarkib bo‘yicha maxsus inspeksiya
Huquqiy taʼminlash va ommaviy axborot vositalari bilan aloqa qilish boshqarmasi
Harbiy safarbarlik ishlari va fuqarolar mudofaasi bo‘limi
Nazorat-taftish inspeksiyasi
Ikkinchi boʻlim
Inson huquqlarini himoya qilish boʻlimi
  • Vazirning birinchi oʻrinbosari (Toshpoʻlatov Aziz Anvarovich)
Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi
Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlari
Safarbarlik maxsus otryadlari boshqarmasi
Yettinchi boshqarma
Portlovchi moddalarni aniqlash, zararsizlantirish va yoʻq qilish ishlari boʻlimi
  • Vazir oʻrinbosari (Jo'rayev Muhiddin O'tkirovich)
Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi
Huquqbuzarliklarni oldini olish bosh boshqarmasi
Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi
Migratsiya va fuqarolik ishlari bosh boshqarmasi
  • Vazir oʻrinbosari (Ergashev Rustam Mashrabjonovich)
Moddiy—texnika va harbiy taʼminot boshqarmasi
Moliya—iqtisod boshqarmasi
Xoʻjalik boshqarmasi
Kapital qurilish va taʼmirlash boshqarmasi
Aloqa boʻlimi
  • Vazir oʻrinbosari (Tashxodjaev Doniyor Baxiyorovich)
Tergov bosh boshqarmasi
Ekspert—kriminalistika boʻlimi
Axborot markazi
  • Vazir oʻrinbosari (Hotamov Rustam Abduganiyevich)
Shaxsiy tarkib bilan ishlash xizmati
Tibbiyot boshqarmasi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi
Birlashgan tahririyat
Dinamo jismoniy tarbiya va sport jamiyati Respublika kengashi
"Jar" sport markazi
  • Vazir oʻrinbosari (Adilov Baxrombek Qahramonovich)
Qorovul qoʻshinlari bosh boshqarmasi
Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi
Harbiy va maxsus yuklarni tashish bo‘limi
  • Vazir oʻrinbosari (Kadirov Doniyor Baxtiyorovich)
Transportdagi ichki ishlar boshqarmasi
Xavfsiz turizm boshqarmasi

Hududiy boshqarmalari[tahrir]

Shuningdek qarang[tahrir]

Manbalar[tahrir]

Havolalar[tahrir]