Baxtiyor Saidov
Baxtiyor Odilovich Saidov (tugʻ. 1981-yil, Samarqand, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbek iqtisodchisi va diplomati, elchisi va davlat arbobi. 2021-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri.
Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
2002-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.[1] Vazirlar Mahkamasi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida ishlagan. 2016-yil yanvar oyida „Oʻzbekengilsanoat“ AK boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari, bosh menejeri[2] sifatida faoliyat yuritgan. 2017-yil 26-iyuldan Oʻzbekistonning Xitoydagi elchisi[3] boʻlib ishlagsn. 2018-yil 4-apreldan u bir vaqtning oʻzida Moʻgʻulistondagi elchi[4], 2019-yil iyul oyida — qarorgohi Pekinda boʻlgan Filippindagi elchi[5] bõlib ham ishlagan.
2021-yil 17-noyabr kuni Oʻzbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari Saidov nomzodini Xalq taʼlimi vaziri lavozimiga maʼqulladi[6].
Favqulodda va Muxtor Elchi diplomatik unvoniga ega.
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ TsentrAziya“ . centrasia.org. Qaraldi: 18-noyabr 2021-yil.
- ↑ Kun uz. „Депутаты одобрили кандидатуру Бахтиёра Саидова на пост министра народного образования“(rus.) . Kun.uz. Qaraldi: 18-noyabr 2021-yil.
- ↑ https://uznews.uz/ru/article/6289/
- ↑ „Бахтиёр Саидов назначен послом Узбекистана в Монголии“ . newslineuz.com. Qaraldi: 18-noyabr 2021-yil.
- ↑ „Бахтиёр Саидов назначен новым министром народного образования“(aniqlanmagan). Газета.uz (18-noyabr 2021-yil). Qaraldi: 18-noyabr 2021-yil.
- ↑ „В Узбекистане утверждены новые главы Мининфокома и МНО“(rus.) . UzReport.news. Qaraldi: 18-noyabr 2021-yil.