Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi
| Maqomi | Vazirlik |
|---|---|
| Ishga tushgan sanasi | 2018-yilda |
| Tugatilgan | hozirgacha |
| Joylashuvi | Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Qorasuv-4 mavzesi, 11-uy |
| Hududiy xizmati |
|
| Vazir | Shavkat Hamroyev |
| Bosh mahkamasi | Vazirlik |
| Til(lar)i | Oʻzbek, Rus |
| Vebsayti | gov.uz/uz/suvchi |
![]() | |
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi – Oʻzbekistonda suv resurslarini boshqarish, suv hisobi, hisoboti va balansini yuritish, shuningdek, suvdan foydalanish hamda suv isteʼmoli qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1991-yilda Qishloq xoʻjaligi va melioratsiya vazirligi tashkil topgan. 1996-yilda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligiga aylantirilgan. 2018-yil 12-fevralda ikkita vazirlikka: Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Suv xoʻjaligi vazirligiga ajratildi[1].
Vazifalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining asosiy vazifalari suv resurslarini boshqarish, suv hisobi va balansini yuritish, suvdan foydalanish hamda suv isteʼmoli ustidan nazoratni tashkil etishdan iborat.
Vazirlik quyidagi yoʻnalishlarda faoliyat yuritadi:
- suv resurslarini boshqarish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
- aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va atrof-muhitning suvga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish uchun shart-sharoit yaratish;
- suv xoʻjaligi obyektlarini modernizatsiya qilish, qurish va rekonstruksiya qilish ishlarini tashkil etish;
- xavf darajasi yuqori boʻlgan gidrotexnika inshootlari xavfsizligi va ishonchli ishlashini nazorat qilish;
- suv xoʻjaligida bozor mexanizmlari, davlat-xususiy sheriklik va autsorsingni joriy etish;
- suvni tejaydigan texnologiyalar, zamonaviy qurilish materiallari va ilgʻor xorijiy tajribani qoʻllash;
- suv hisobi, hisobot, Davlat suv kadastri va maʼlumotlar bazalarini yuritishda raqamli texnologiyalarni joriy qilish;
- elektr energiyasidan samarali foydalanish va isteʼmol shaffofligini taʼminlash;
- transchegaraviy suv resurslarini boshqarish boʻyicha davlatlararo hamkorlikni rivojlantirish;
- suv xoʻjaligi sohasida kadrlar malakasini oshirish, taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan integratsiyani kuchaytirish.
Funksiyalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vazirlik oʻz vakolatlari doirasida suv xoʻjaligini rivojlantirish konsepsiyasi va strategiyalarini ishlab chiqadi, yagona suv balansini shakllantiradi, Davlat suv kadastrini yuritishni tashkil etadi hamda suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilari boʻyicha maʼlumotlar bazasini shakllantiradi.
Shuningdek, vazirlik suv resurslaridan oqilona foydalanish, suv obyektlarining zararli taʼsirining oldini olish, Orolboʻyi hududida suv xoʻjaligi holatini barqarorlashtirish, gidrotexnika inshootlari xavfsizligini taʼminlash, suvni tejovchi texnologiyalarni joriy etish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Vazirlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Qishloq va suv xoʻjaligi vazirlari
- 1996—2002 – Nosirjon Yusupov
- 2002—2005 – Abduvohid Joʻrayev
- 2005—2009 – Sayfiddin Ismoilov
- 2009—2013 – Zafar Roʻziyev
- 2013—2016 – Shuhrat Teshayev
- 2016—2018 – Zoir Mirzayev
- 2018—2022 – Jamshid Xoʻjayev
- Suv xoʻjaligi vazirlari
- 2018-yildan – Shavkat Hamroyev
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Telegram - https://t.me/suvchi_v
Facebook - https://www.facebook.com/suvchiv
Instagram - https://www.instagram.com/suvchi_v/
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ arxiv nusxasi, 2017-05-03da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2017-05-03
