Jamshid Xoʻjayev
Jamshid Xo'jayev | |||||||||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| |||||||||||||||||||||||
Shaxsiy maʼlumotlari | |||||||||||||||||||||||
Tavalludi |
3-mart 1979-yil (43 yosh) Fargʻona viloyati | ||||||||||||||||||||||
Maʼlumoti |
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Birmingem universiteti |
Jamshid Abduhakimovich Xoʻjayev (1979-yilda tugʻilgan, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek moliyachisi va davlat arbobi, 2017-yildan 2019-yilgacha Oʻzbekiston tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri, 2019-yil 28-yanvar Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi vazirligi.
Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]
Jamshid Xoʻjayev 1979-yilda Fargʻona viloyatida tugʻilgan. 2000-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2003-yilda Birmingem universitetini (Birlashgan Qirollik) tugatgan. Bank tizimida 2000-yildan beri ishlagan, Oʻzbekiston Markaziy banki tarkibidagi 14 yillik ishdan 8 yil davomida rahbar lavozimida ishlagan.
2017-yilda Oʻzbekiston tashqi iqtisodiy ishlar milliy banki raisining birinchi oʻrinbosari boʻlib ishlagan, u erda gʻaznachilik, tashqi iqtisodiy faoliyat, axborot texnologiyalari, loyihalarni moliyalashtirish va boshqalarni boshqargan. 2017-yil avgust oyida Hisob palatasi raisining birinchi oʻrinbosari — Davlat byudjetiga tushumlarning toʻliqligini nazorat qilish inspektsiyasi boshligʻi lavozimini egalladi[1].
2017-2019-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri boʻlib ishlagan[2].
2019-yil 28-yanvarda Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jamshid Xoʻjaevni Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi vaziri etib tayinladi[3].
2020-yil 1- sentyabrda Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi siyosiy kengashi aʼzosi sifatida tasdiqlandi[4].
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ https://www.gazeta.uz/ru/2019/01/28/agro/
- ↑ https://centrasia.org/person2.php?st=1511976626
- ↑ arxiv nusxasi, archived from the original on 2019-01-31, https://web.archive.org/web/20190131114311/http://uz.utro.news/zhamshid-hodzhaev-vozglavil-ministerstvo-selskogo-hozyaistva-19012809540969.htm, qaraldi: 2021-04-20
- ↑ https://uzlidep.uz/ru/